Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana05.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1426721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-mavzu yosh

Shubhalanish hissi kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarda tо‘liq 
rivojlanmagan bо‘lib, bu his asta-sekinlik bilan о‘quv jarayonida bolaning о‘zi 
chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bо‘lib, ular bilan tо‘qnashib qolganida 
tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bо‘lib, u tо‘plangan dalillarni 
va aytilgan qoidalarni har tomonlama tekshirib kо‘rishga rag‘batlantiradi. 


“Samarali ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan qaramoq va о‘z-о‘zingni 
tekshirib turmoq zarur” ( I.P. Pavlov) Bu hislar bola qiyinchiliklarni engib, о‘z 
ishida ma’lum muvafaqqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravishda rivojlanadi. 
Kichik maktab Yoshidagi bola о‘qish va yozishni bilib olganida, о‘zi misol yoki 
masalani echishni о‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan 
kechiradi. О‘quvchilarda о‘z mehnatidan xursand bо‘lish hissini iloji boricha 
kо‘proq yuzaga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish 
boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab 
Yoshidagi о‘quvchilarning intellektual hislari uning bilish qiziqishlari bilan 
bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf о‘quvchisi nima bо‘lganiga, qayerda, qachon va 
qanday qilib bо‘lganiga juda qiziqadi, Shuningdek uni ”Nima uchun bо‘ldi?”
savoliga javobga nisbatan shu voqea bilan bog‘liq bо‘lgan faktlarning о‘zi 
qiziqtiradi. 
Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchi doskaga chaqirilganda u о‘qib berishga 
yoki yozib berishga qо‘rqib, uyalib hijolat torsa, bunday о‘quvchilarni tez-tez 
doskaga chiqara berish kerak, ana shunda u tortinmaydigan bо‘lib qoladi. 
Qayta-qayta doskaga chiqaverish natijasida qо‘rquv hissi susaya beradi va u 
nihoyat butunlay «sо‘nib qolishi» va yо‘k bо‘lib ketishi mumkin. 
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorlana berishi emas
balki odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol о‘ynaydi. 
"Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez о‘tib ketadigan hislarga ya’ni, 
bolaga bir xilda tasir qiluvchi va mazmuni chuqur bо‘lmagan obektlar sababli 
tug‘iladigan hislargagina taalluqlidir. Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni 
tug‘dirgan obyektlar bizga qayta-qayta ta’sir о‘tkaza berganida yо‘q bо‘lib 
ketmaydi, balki, aksincha, yana ham kuchli va barqaror bо‘lib qoladi. Masalan, 
muzika asarlarini qayta-kayta eshitish natijasida bizning estetik hislarimiz chuqur 
va kuchli bо‘lib qoladi. О‘zimiz yaxshi kо‘rgan, о‘zimiz uchun qadrli bо‘lgan 
joylarga har safar borganimizda bizning shu joylarga bо‘lgan hislarimiz, 
mehrimiz, odatda, kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «sо‘nib
qolishi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar ba’zi 
nisbatlarda bir-birini yо‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bо‘lib 
turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan sabab paydo bо‘lib qolsa, u holda 
salbiy his sо‘nib qolishi, yо‘qolishi mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yig‘lab 
turibdi. Onasi shu paytda kelib qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning 
paydo bо‘lishiga kuchli sababchi bо‘ladi, Shuning uchun ham bolada kо‘z Yoshi 
о‘rniga kulish, xursandlik paydo bо‘ladi. О‘quvchidagi chо‘chib turish hissini 
qayta-qayta doskaga chiqarish yо‘li bilangina yо‘q qilib qolmasdan, balki bolada 
qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yо‘li bilan ham bu chо‘chishlikni oldini olish 
mumkin. Masalan, birinchi sinf о‘quvchisining xavotirligining sababi uning о‘z 
kuchiga ishonmaganligida bо‘lsa, unga oson bajara oladigan vazifalarni berish 
kerak. Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi, 
maqtalinishi bolada ijobiy hislarning tug‘ilishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa 
yо‘qoladi. Shuning uchun ham doska oldida u о‘zini dadilroq his etadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy hislar
о‘rtoqlik, dо‘stlik hislari katta о‘rin ola boshlaydi. Vatanparvarlik, vijdoniy 


burch hissi va shu kabi hislar paydo bо‘ladi va о‘sadi. Axloqiy hislarning 
rivojlanishiga jamoaviy ishlar, о‘qish mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va 
shubhasiz о‘qituvchining shaxsiy namunasi ta’sir kо‘rsatadi. О‘qishning 
boshida aynan shu о‘qituvchi shaxsi kichik maktab Yoshidagi о‘quvchining 
juda kо‘p axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi. Birinchi 
vaqtlarda о‘quvchi sinf jamoasi bilan о‘qituvchisi orqaligina bog‘langan 
bо‘ladi. О‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-ye’tibori va hislari 
qaratilingan markaziy figura bо‘lib hisoblanadi. Bilimli, mahoratli, bolalarni 
sevuvchi pedagog о‘qishning keyingi bosqichlarida ham о‘quvchilarining 
о‘ziga bо‘lgan shunday munosabatini saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu 
muhabbat,bog‘liqlik ustozi va sinf jamosi, о‘rtoqlari, dо‘stlari о‘rtasida 
bо‘linadi. Shunga qaramasdan boshlang‘ich sinf о‘quvchisi uchun 
о‘qituvchi asosiy avtoritet hisoblanadi. U о‘qituvchisi haqida uyida jо‘shib 
va hurmat bilan gapiradi. О‘qituvining ta’siri ostida asta-sekinlik bilan 
о‘quv, mehnat va о‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun tashvishlanish, 
jamoa (kollektivizm) hissi paydo bо‘ladi. Bu esa bolalardagi о‘rtoqlik 
hissining 
rivojlanishiga 
zamin 
bо‘ladi.Bolalar 
о‘qishda past 
о‘zlashtirayotgan о‘rtoqlariga yordam berishga harakat qiladilar. Bu 
motivlar shunchalik chuqur va kuchli bо‘ladiki, ular maqsadlariga erishish 
uchun 
juda 
kо‘p 
qiyinchiliklarni: 
о‘zlashtirmayotgan о‘rtog‘ining 
dangasaligi, о‘zining darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa 
hatto ota-onalarning qarshiliklarini ham engishi kerak. Bunday vaziyatlarda 
bolada shakllanayotgan ma’suliyat hissi qiyinchiliklarni engishga va о‘z 
ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi sinfda о‘quvchi 
о‘qituvchisinng tanbehlari о‘rtoqlarining oldida yoki о‘ziga yolg‘iz 
berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda о‘rtoqlari oldida berilgan 
tanbehlardan uyaladigan bо‘lib qolishi bolaning о‘zini jamoa a’zosi sifatida 
tо‘liq his etayotganidan va о‘rtoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan 
dalolat beradi. 
Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni idrok qilish 
jarayonida namoyon bо‘ladi.Uchinchi sinfga borib bolalar ustozi о‘qiyotgan 
she’rlarning nafaqat mazmuniga, balki о‘qilishidagi gо‘zalligiga ham e’tibor 
beradilar. 
Badiiy 
asarlarni 
о‘qiyotganlarida 
va 
kinofilmlarni 
kо‘rayotganlarida bolalar asosan asar qahramonlaring axloqiy sifatlarini 
baholaydilar. Badiiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga 
kо‘rsatilishi kerak. Ana shunday о‘rgatish bо‘lgan taqdirdagina kichik 
maktab Yoshidagi bolalar ularga mos bо‘lgan musiqiy asarlarga emotsional 
baho bera oladilar. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling