Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar
Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu yosh
Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat
Birinchi bor maktabga kelgan bola о‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga о‘tadi. U hayotining tubdan о‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki о‘quv faoliyati talablariga bо‘ysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida о‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga Yosh boladek emas, balki о‘z vazifalari, majburiyatlari bor bо‘lgan, о‘z faoliyat natijasiga kо‘ra hurmatga sazovor bо‘lishi mumkin bо‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bо‘ladilar. Oila a’zolarining bola о‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, Shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei о‘zgarganligini tо‘la his etishiga, о‘ziga nisbatan munosabatining о‘zgarishiga asos bо‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi о‘qituvchiga ishonch hissi bо‘lib, bunda о‘qituvchining о‘quvchiga ta’sir kо‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola о‘qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. О‘qituvchining obrо‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh urug‘larining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, bolalar о‘qituvchining har bir sо‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilar rivojida etakchi bо‘lgan о‘quv faoliyati о‘qituvchi shaxsi va о‘quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda kattadir. Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan munosabatlarida katta о‘zgarishlar rо‘y beradi.Bolaning muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan bо‘ladi.Bunga sabab bir tomondan о‘qituvchining doimiy ravishda unga kо‘rsatadigan faol ta’siri bо‘lsa, ikkinchi tomondan о‘quv jamoasining kо‘rsatadigan ta’siridir. О‘qituvchining dars jarayonida har bir о‘quvchiga ta’sir kо‘rsatishi uchun qulay imkoniyati bor. О‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala- munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-katta" munosabati "bola-ota-ona" munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki, о‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan kо‘proq ravishda normativ talablar qо‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va tevarak atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta о‘zgarishlar bо‘ladi . Oilada endi bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari bо‘lgan shaxs sifatida qabul qilinadi va bu о‘z-о‘zidan bola bilan bо‘lgan munosabatlarda о‘z aksini topadi. Atrofdagilar bilan munosabatda esa bola о‘z “Men”ini namoyon etishga harakat qiladi. L.S. Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar ta’sirida bolaning individual xulq-atvori shakllanadi. Faqat о‘qituvchigina о‘quvchisiga turli qat’iy talablar qо‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, bolaning ijtimoiylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar– ijtimoiy maqoni tizimida standartlashuviga olib kela oladi. О‘qituvchining munosabat uslubi о‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchi faolligining asosan uch xil kо‘rinishi mavjud bо‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. О‘qituvchining dars jarayonida har bir о‘quvchiga ta’sir kо‘rsatishi uchun qulay imkoniyati bor. О‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-katta" munosabati "bola-ota-ona" munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki, о‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan kо‘proq ravishda normativ talablar qо‘yadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali о‘zini tо‘liq anglashi va о‘z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat о‘qituvchigina bolaga meyorlar qо‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, о‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda о‘quvchilar о‘qituvchi tomonidan qо‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga tо‘la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun о‘qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bо‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa о‘z-о‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir kо‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning о‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. О‘qituvchining о‘quvchilarga ta’sir kо‘rsatishi va munosabatining quyidagi uslublari mavjud. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling