Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


Kichik maktab Yoshidagi bolalarning emotsional


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana05.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1426721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-mavzu yosh

Kichik maktab Yoshidagi bolalarning emotsional
xususiyatlari 
Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning hislari о‘zining ancha 
barqarorligi, anglanganligi bilan maktabgacha Yoshdagi bolalarning 
hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bilan о‘tadi, ancha 
chuqur va kuchli bо‘lib qoladi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning 
umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik, ruhiy tetiklik kayfiyati 
ustunlik qiladi. Darslarda va tanaffus vaqtlaridagi о‘yinlarda ular quvnoq 
va tetik bо‘ladilar. Bunday holat esa kichik maktab Yoshidagi 
о‘quvchilarning emotsional hayotida norma bо‘lib hisoblanadi. 
Kichik maktab Yoshidagi bolalarning emotsional hayoti ta’lim va 
tarbiyaning ta’siri ostida ancha kengayadi. Maktabgacha Yoshdagi 
bolalarning hislaridan farqli ravishda kichik maktab davrida hislarning 
yо‘nalganligida katta tabaqalanish yuzaga keladi. Bu Yoshda oliy hislarning 
barcha turlari rivojlanishni boshlaydi. 
Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning his-tuyg‘ulari ularning 
faoliyatida namoyon bо‘ladi va rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi 
о‘quvchilar о‘zlarining har bir faoliyat natijalariga baho bera oladilar. Baho
kishida qoniqish va qoniqmaslik hislarini yuzaga keltirishi mumkin bо‘lib, 
bu hislar bolani yaxshi о‘qishga ruhlantiradi. Ba’zan past baho olish orqali 
yuzaga kelgan salbiy hislar chuqurlashib, о‘qituvchining notо‘g‘ri 
reaksiyasi va kattalarning doimiy tanbeh va tanqidlari oqibatida bolaning 
xarakter 
xislatiga 
aylanib 
qolishi 
mumkin. 
Boshlang‘ich 
sinf 
о‘quvchilarining faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga yordam beruvchi 
asosiy hislardan biri intellektual hislardir. Odamning aqliy faoliyati bilan 


bog‘liq bо‘lgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqish, 
taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsizlik va shubhalanish 
hislari intellektual hislar qatoriga kiradi. 
Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tug‘ilganida, vazifa 
va masalalarni hal qilish chog‘ida, biror yangilikni о‘zlashtirish va bilish 
chog‘ida paydo bо‘ladi va his qilinadi. Kichik maktab Yoshidagi 
о‘quvchilarning intellektual hislari bilish jarayonida rivojlanadi.О‘quv 
faoliyatida bolalar katta hajmdagi bilimlar va faktlarga duch kelib, ular 
bolalarda taajublanish, ishonchsizlik, quvonch, hislarini yuzaga keltirib, 
qiziquvchanlik, urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga 
asos bо‘ladi. 
О‘qish jarayonida Yoshi kattalashib, tajribasi orta borgan sari, oqilona

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling