Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu yosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining shaxs xususiyatlari
- Bu qiziqishlar bolaning kо‘pincha e’tiborga olinmaydigan
- masalalar echimlarining umumiy yо‘llarini mustaqil ravishda topish
kо‘nikmalari; -о‘quv vazifalarini ajrata olish, topish va о‘zlashtirish; -о‘zini va о‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qila olish; -faoliyatda о‘zini-о‘zi boshqara olish; - mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish; -umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foydalana olish; -jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish; - yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bо‘lish. Lekin aksariyat hollarda kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning о‘quv faoliyati maktab amaliyotida birinchi о‘ringa bolalarni amaliy kо‘nikmalarga, о‘qish, yozish, sanash malakalariga о‘rgatish muammosi turadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf о‘quv faoliyatining asosiy vazifasi - bu о‘quvchilarni “о‘qish”ga, bilim olishga о‘rgatishdir. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy о‘zgarishlar yuz beradi. Bu о‘zgarishlar ularni hayotlarining ma’suliyatli davri bо‘lmish о‘smirlik davriga о‘tish uchun tayyorlaydi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining shaxs xususiyatlari О‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi о‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab Yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. О‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida tо‘liq ijobiy asos bо‘ladi. Buning natijasida bolaning о‘z-о‘zidan oilasi, о‘qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi о‘z о‘rnini anglay boshlaganini kо‘rish mumkin. Yangi faoliyatga о‘tish о‘quvchi bolaning о‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi о‘sa boshlaydi. U о‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qо‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. О‘zini haqiqiy о‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi о‘qishga ehtiyoj paydo bо‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi о‘qish mobaynida muhim о‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi va bola о‘zini о‘zi anglay boshlaydi. U о‘ziga xos bо‘lgan yaxshi-yomon xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u о‘zini “Men”ini his kiladi. О‘zining vazifasi, maqsadi, uni bajarish lozimligi, uyga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekanligi kabilarni anglab etadi. Bu Yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda kо‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning kо‘pincha e’tiborga olinmaydigan Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling