Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana05.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1426721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-mavzu yosh

urinchoqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning ilmiy tadqiqot ishlari bilan 
samarali shug‘ullanishini rag‘batlantiradi. Bilishga qiziqish maktabgacha 
tarbiya Yoshidagi bolalarga xos bо‘lgan xususiyatlardandir. Bilishga qiziqish 
kichik maktab davrida о‘ziga xos yо‘nalishni oladi.Ular har bir о‘rgangan 
narsalariga taajjublanish bilan qaraydilar. 
Taajjublanish hissi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarda bunday his ularga 
qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror narsa ta’sir qilganida tug‘iladi.
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari kutmagan voqealar sodir bо‘lganida ulardan  
taajjublanadilar. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida 
о‘tadi. Bu hol samarali bilish faoliyatining doimiy yо‘ldoshidir. «Voqealarni
kuzatib borayotganimizda biz о‘zimizda tug‘ilgan hislardan mamnun bо‘lamiz,
bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir (D. R.Dekart). 
Kutilmagan bir narsa sababli tug‘ilgan taajjublanish kichik maktab Yoshidagi 
о‘quvchilarni dastlabki qarashda kam uchraydigan va odatdan tashqari bо‘lib 
kо‘ringan narsalarni diqkat bilan kо‘zdan kechirishga majbur etadi. Shunday 
qilib, taajjublanish boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini hodisalarni bilishga g‘oyat
darajada rag‘batlantiradi. 
Hayron qolish hissi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarda hayron qolish 
hissi kuchli bо‘lib, tushuntirilayotgan yangi materialni, tadqiq qilinayotgan
faktlarning sabablarini topishda qiynalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha 
ma’lum bо‘lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi 
hollarda bolada hayron qolish hissi tug‘iladi. Bu his ham kichik maktab 
Yoshidagi о‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga yо‘llovchi 
kuchli vositadir. 
Ishonch 
hissi. 
Narsa 
va 
hodisalar 
о‘rtasidagi bog‘lanishlar va 
munosabatlarning tо‘g‘riligi kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri 
jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning 
о‘zida yaqqol isbot bо‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling