Mavzu: kichik maktab yoshi davrida xotira jarayonlari, psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari mundarija: Kirish i-bob. Kichik maktab yoshi davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari


Kichik yoshdagi bolalar xotirasini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodikalar


Download 104.66 Kb.
bet7/8
Sana17.10.2023
Hajmi104.66 Kb.
#1706180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chuliyeva Asila

2.3.Kichik yoshdagi bolalar xotirasini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodikalar
Kichik maktab yoshi (7-11 yosh ) – 1-4 sinf (boshlang’ich maktab)ga to’g’ri keladi. Maktabgacha yosh bilan taqqoslaganda asosiy faoliyat turi o’qish hisoblanadi. Asosiy faoliyat turining almashinuvi bolaning psixologik rivojlanishiga ham ta’sir etadi. Іar qanday o’tish yoshi kabi, bu yosh ham o’z vaqtida ilg’ash va qo’llab-quvvatlash zarur bo’lgan rivojlanishning yashirin imkoniyatlariga boy. Kichik yoshdagi maktab o’quvchisining jismoniy xususiyatlari quyidagilardan iborat: umurtqa pog’onasining barcha bukumlari shakllanadi, skeletning suyaklanishi hali yakunlanmaydi, 1-2-sinf o’quvchilari tez charchaydi (ayniqsa, yozma ishlarda), yurak mushaklari qon bilan yaxshi ta’minlanadi, bosh miya, ayniqsa, boshning peshona qismi kattalashadi. Maktab hayotining birinchi bosqichi uchun shu narsa xarakterliki, bola sinfdagi va uydagi xulqini nazorat qiluvchi o’qituvchining yangi talablariga bo’ysunadi, shuningdek, o’quv fanlarining mazmuniga qiziqa boshlaydi. Birinchi sinf o’quvchilari boshdan kechiradigan uch asosiy qiyinchilik bor: qiyinchilikning birinchi turi yangi maktab rejimi bilan bog’liq (o’z vaqtida uyg’onish va turish kerak, dars qoldirish mumkin emas, barcha darslarda jim o’tirish talab etiladi, uy vazifalarini bajarish lozim va boshqalar). Ikkinchi tur qiyinchilik o’qituvchi, sinfdoshlar va oiladagi o’zaro munosabatlar xususiyatidan kelib chiqadi. Qiyinchiliklarning uchinchi turi – o’quv yili o’rtalaridan o’quv materiali oshib boradi. Maktabga qadam qo’yish bilan bola hayotida muhim psixologik o’zgarishlar sodir bo’ladi. U yangi rejimning ayrim muhim odat-larini o’zlashtiradi, o’qituvchi va o’rtoqlari bilan ishonchli munosabatlar o’rnatadi. O’quv materiali mazmuniga nisbatan paydo bo’lgan qiziqish asosida unda o’qishga bo’lgan ijobiy munosabat mustahkamlanadi.
Jismoniy jarayonlar rivojlanishi butun kichik maktab yoshi davomida amalga oshadi. Garchi bolalar maktabga yetarli rivojlangan idrok bilan kelishsa-da (ularda ko’rish, eshitish o’tkirlashadi, ular turli shakllar va ranglarni yaxshi farqlaydilar), ularning o’quv faoliyatidagi idroki faqat shakl va ranglarni o’rganish va anglashdan iborat bo’ladi. Birinchi sinfda qabul qilingan predmetlar tarkibiy qismi va xususiyatlarining tizimli tahlili mavjud emas. Bolaning idrok etilgan predmetlarni tahlil qilish va farqlash imkoniyati unda shunchaki his etishdan ko’ra murakkabroq faoliyat turining shakllanishi bilan bog’liq. Kuzatish deb atalgan faoliyat turi maktabda o’qish jarayonida juda intensiv ravishda shakllanib boradi, keyinchalik idrok biror maqsadga qaratila boradi. Bola kuzatuvchanligi haqida shaxsning alohida xususiyati sifatida gapirish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich ta’limda kichik yoshdagi o’quvchilarning barchasida bu muhim xislatni sezilarli rivojlantirish mumkin. Maktabga keluvchi bolalar maqsadli diqqatga ega bo’lmaydilar, ular asosan bevosita o’zlari uchun qiziq bo’lgan, yorqinligi va noodatiyligi bilan ajralib turuvchi (ixtiyorsiz diqqat) narsalarga e’tibor beradilar. Maktab birinchi kundanoq boladan uni qiziqtirmaydigan narsalarni kuzatishni va ma’lumotlarni o’zlashtirishni talab qiladi. Bola asta-sekin diqqatini tashqi tomondan jalb etuvchi narsalarga emas, kerakli narsalarga yo’naltirish va qat’iy saqlashni o’rganib boradi. 2-3-sinfda ko’pchilik o’quvchilar allaqachon ixtiyoriy diqqatga ega bo’ladilar. Ixtiyoriy diqqat, uni u yoki bu masalaga maqsadli yo’naltirish – kichik maktab yoshining muhim yutug’idir. Kichik maktab yoshida diqqatning rivojlanishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning almashinuviga, uning hajmi kengayishiga va turli harakat turlari o’rtasida diqqatni taqsimlay olishga bog’liq.Etti yoshli bola asosan tashqi tomondan yorqin va emotsional jihatdan ta’sirli voqea, tasvir, hikoyalarni eslab qoladi. Lekin maktab hayoti shundayki, boshidanoq bolalardan materialni ixtiyoriy eslab qolish talab etiladi. O’quvchilar kun tartibi, axloq qoidalari, uy vazifalarini maxsus eslab qolishlari, keyin esa ularga rioya etishlari lozim. Xuddi boshqa psixik jarayonlar kabi bolalar emotsiyasining umumiy xususiyatlari ham o’zgaradi. Kichik maktab yoshi davomida emotsiyalarni namoyon etishda o’zini tiyib turish kerakligini anglash kuzatiladi. Emotsional holat barqarorlashuvining ortishi - psixik jarayonlar unumdorligining shakllanishidir. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari kattaroq o’quvchilar, shuningdek, o’smirlarga nisbatan ancha vazminroq. SHunday qilib, kichik maktab yosh davri ham ontogenezning muhim bosqichlaridan biri bo’lib, bola rivojlanishida muhim.
Kichik maktab yosh davri inson hayotida muhim davrlardan biri bo’lib, bolaning jismoniy, ma’naviy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga bu davrda bolalarda turli holatlar, masalan qo’rquv va xavotirlanish holatining ham kuchayishi juda ko’p mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladi. Mazkur muammo bo’yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirilganligiga qaramasdan hali hanuz qo’rquv va xavotirlanish etiologiyasi borasida olimlar bir to’xtamga kelganlari yo’q. Ayniqsa bu holat bolada o’z o’zidan o’tib ketadimi yoki qandaydir psixokorrektsion tadbirlarni amalga oshirish kerakmi, degan masalada olimlar fikri turli va qarama-qarshidir. Shuningdek, mazkur holatlarning kelib chiqishi borasida ayrim tadqiqotchilar boladagi shaxsga xos xususiyatlarni birlamchi deb e’tirof etsalar, boshqa bir tadqiqotlarda qo’rquv va xavotirlanishning yuzaga kelishida ota-onalar ko’pincha sabab bo’lishlari ko’rsatib o’tilgan.
Xotira insonning bilish jarayonlaridan biridir. Alohida psixik jarayon bilish bilan bir qatorda xotira boshqa barcha psixik jarayonlar uchun ham zarur hisoblanadi. Xotira inson hayotida juda katta o‘rin egallaydi. Chunki xotirasiz inson hech qanday o‘tmish tajribaga ega bo‘la olmaydi. Bilimlarni o'zlashtira olmaydi. Xotirada bir necha jarayonlar farqlanadi. Bular: esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish va unitish. Bu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, esda saqlash qanday qilib esda olib qolganligida, tez va puxta esga tushirish qanchalik xotiraga mustahkam saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Insonning o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadiga qarab, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira farqlanadi. Esda saqlash muddatiga ko‘ra xotiraning uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira turlari mavjud. Bulardan tashqari yana harakat xotirasi, so'z 316 mantiq xotirasi, obrazli xotira va emotsional xotira turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Xotira tomonlari uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bir qancha metodikalar ishlab chiqilgan. Shulardan ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. Meyli testi yordamida ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganamiz. R. Meyli testi 1961-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko‘rish xotirasi o‘rganiladi. 2-bosqichda tadqiqotehi o‘qib bergan so‘zlarni, predmetlarning nomlarini eshitib esda olib qolish qobiliyati o‘rganiladi. Quyida xotirani rivojlantirish usullarini keltirib o‘tamiz. 1-mashq. “Qiyinini eslab qol” 0 ‘qituvchi qiyin so'zlar yozilgan kartonni bolalarga ko‘rsatadi. So‘ng diktant tarzida yozdiradi. Hamma so‘zlarni xatosiz yozgan o‘quvchi yutadi. 2-mashq. “Adashib qolgan hikoyachi” Doira shaklida o‘tiriladi. Boshlovchi mavzu tanlaydi. Ketma-ket shu mavzu davom etib ketadi. Bunda mavzular turli xil bo 1 ishi mumkin. Hikoyani davom ettirish duch kelgan o‘quvchiga berilishi mumkin. Shuning uchun ham uni diqqat bilan tinglash kerak. U ham hikoyaning mazmunini o‘zgartirib yuborishi kerak. 3-mashq. “Assotsiatsiya” Ishtirokchilar doira tarzida o‘tiradilar. Boshlovchi duch kelgan ikkita so‘zni aytadi. Bir o‘quvchi shu ikki so‘zni boshlash uchun misollar keltiradi, hamma galma-galdan so‘zlarni bog‘lab chiqadi. Boshlovchi xohlagan odamdan so‘rashi mumkin. 4-mashq. “Domino” Buning uchun otkritkalar, rasmchalar yoki kesilgan kartochkalar kerak bo‘ladi. Ishtirokchilar stol atrofida o‘tiradilar. Ularga kartochkalar rasmi ko‘rsatilmasdan tarqatiladi. 1-ishtirokcbi rasmni ochadi va uni ta’riflaydi. U rasmga suyangan holda ertak, hikoya, latifa sifatida gapiradi. Keyingi ishtirokchi ham rasm ochadi va hikoyani davom ettirgan holda o‘zinikini boshlab 317 ketadi. 0 ‘yin aylana tarzida o‘tadi. O’yin so‘nggida boshlovchi xohlagan rasmni olib voqeani qayta so‘rashi mumkin. 5-mashq. “Taxistoskop” Ishtirokchilar aylana bo‘lib o‘tiradilar. Birinchi aylana markazida o‘quvchi turadi, chiroq o‘chiriladi. Ular biror bir shaklga kirib oladilar. Chiroq ozgina vaqtdan keyin o'chiriladi. Ishtirokchilar joylarida o‘tiradilar. Qolganlar esa ulami batafsil ochib berishga harakat qiladilar. Qanchalik to‘g‘riligini bilish uchun o‘quvchilar yana markazga kelib ko‘rsatib beradilar va gumonlar bartaraf etiladi. 6-mashq. “Razvedkachi” Ishtirokchilardan biri tanlanadi. Boshlovchi “qoting” deb buyuradi va hamma joyida qotadi. Hamma qotgan holatini eslab qolishga harakat qiladi. “Razvedkachi” esa hammani eslab qoladi. Shundan so‘ng u tashqariga chiqadi va qolganlar o‘z turishlarini o‘zgartiradilar. Razvedkachi esa o‘zgarishlarni topa olishi kerak.
Xulosa
Psixologik xizmatning Psixokorreksiya yo‘nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazishni taqozo qiladi. Maktab psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo‘lib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, o‘quvchilar, talabalar) psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qommiyatlarini amaliyotda hisobga olgan holda faoliyat olib borish, o‘qituvcbilar jamoasiga bolalar, o‘quvchilar va talabalar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o‘qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko‘rsatmalar berishdan iborat. Psixologik xizmatning ushbu yo‘nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa - bu bolalar, o‘quvchilar, (rivojlanishida) kechikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta’limda o‘zlashtirishning yomonlashuvi hisoblanadi.
Psixik taraqqiyotni tuzatish “korreksiya qilish” atamasi dastlab defektologiyada kasal bolalarga nisbatan ishlatilgan bo‘Isa, amaliy yosh psixologiyasining rivojlanishi bilan “tuzatish” tushunchasi normal psixik taraqqiyot uchun ham qo‘llanila boshladi. D.B. Elkonin tuzatishning yo‘nalganligi korreksiya 154 xarakteriga bogliq ravishda tuzatishning ikki usulini ajratishni taklif qiladi:
1. Taraqqiyotdan chetlashish belgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish.
2. Taraqqiyotdan chetlashish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish hisoblanadi. Psixologik maslahat berish amaliyotida normal taraqqiyot korreksiyasi nonormal taraqqiyot korreksiyasidan farqlanadi. Normal taraqqiyotda tuzatishning mazmuniga ko‘ra quyidagi turlari ajratiladi: aqliy taraqqiyot korreksiyasi, shaxs taraqqiyoti korreksiyasi, salbiy holatlaming oldini olish korreksiyasidir. Psixolog ishida korreksion vazifalarni yechish maqsadida psixologik yordamni tashkil etishga bogTiq ravishda uning turini ko‘rsatish mumkin: madaniy oqartuv ishlari, maslahat-tavsiyalar berish, individual va guruhiy korreksiya Madaniy oqartuv ishlari - ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan boTadi. Bunda bola taraqqiyoti asosiy qonuniyatlari, yosh psixologik xususiyatlari, har bir yoshning qiyinchiliklari, muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha umumiy tavsiyalar beriladi.
Mehnatni ko‘p talab etadigan psixologning tuzatish ishi - ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki individual tarzda bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi mehnat, vaqt, ko‘p metod va metodikalarni qoTlashni talab etsa ham ancha natijali hisoblanadi. 2. Psixokorreksiya psixologik yordam ko‘rinishi sifatida Psixokorreksion tadbirlar rivojlanishdagi og‘ishlarni to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan. Shu tufayli bir qator dolzarb savollar paydo boTadi: - Rivojlanishdagi ogTshlar deganda nimani tushunish kerak? - Psixologik korreksiyani amalga oshirishga doir qanday ko‘rsatmalar mavjud? - Korreksion masalalaming maqsadga muvofiqligini belgilash mas’uliyatini kim o‘z bo‘yniga oladi va qaror qabul qiladi? - Korreksiya samaradorligini kim va nimaga asoslanib baholaydi?
Psixokorreksion faoliyatni amalga oshirish quyidagi jarayonlardan iborat:
1. Psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalaming yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo‘naltiradi, ijtimoiy o‘sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar muhitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
2. Amaliy psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalaming psixik taraqqiyotidagi, xulqi va muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklami asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar, buzilishni kamaytirish mashqlarini o‘tkazadi, ijodiy (kreativ) qobiliyatlami o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi. 3. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturi o‘z ichiga psixologik va pedagogik muammolami qamrab oladi. Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o‘tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi.
4. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi: a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim bolalar, o‘quvchilar va talabalar bilan alohida o‘tkazilishi rejalashtiriladi; b) psixologlaming boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi; v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
5. Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnoma156 daniyat xususiyatlari o‘z aksini topsin: dasturni xalq, etnos, millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilami hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiq.
6. O‘quvchilar bilan murabbiylar o‘rtasidagi nomutanosiblikni yo‘qotish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar o£tkazish: ulardagi o‘qishdan, ijtimoiy muhitdan, egallagan o‘rnidan, mavqeyidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o‘yinlari, psixodramadan foydalanish. 7. Emotsional zo‘riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jihozlash (xona jahon standartlariga javob berishi, boshqaruv pulti, ekran vositalari, autotrening, sotsial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo‘lishi lozim). 8. Korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo‘yicha o‘tkazilishi shart. Bunda emotsional zo£riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individualtipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak; tuzatish ishlari mashg£ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo£lishi ta’sir o£tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo£llash ham zarur ma’lumotlar to£plash va tanglikni yo£qotish imkonini yaratadi. Bola psixik taraqqiyotini tuzatishning asosiy vazifalari quyidagilardan: bola shaxsiy va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish asosida psixik taraqqiyotdan chetlashishlarni tuzatishdan, shaxsiy va axloqiy taraqqiyotida yoqimsiz salbiy yo£nalishlarning oldini olishdan iboratdir. 3.
Zamonaviy maktab sharoitida psixologik korreksiyani tashkil etish bilan bog£liq muammolar Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo£lganligi uchun maktab psixologi universal mutaxassis bo£lishi va barcha ishlami bajara olishi kerak.

Download 104.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling