Mavzu: kichik maktab yoshi davrida xotira jarayonlari, psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari mundarija: Kirish i-bob. Kichik maktab yoshi davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari


Kichik maktab yoshi davrida xotiraning rivojlanishi


Download 104.66 Kb.
bet4/8
Sana17.10.2023
Hajmi104.66 Kb.
#1706180
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chuliyeva Asila

1.3.Kichik maktab yoshi davrida xotiraning rivojlanishi.

Kichik maktab yoshiga kirgan bolalarda ta’lim olish munosabati bilan logik, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi, esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. Bolalar faqat (asosan) mexanik esda olib qoladilar, degan fikr xotiraning bu xilini biror materialni aynan yod olish bilan aralashtirib yuborishdir, xolos. Ma’lumki, mexanik ravishda, ma’nosiga tushunmasdan esda qoldirishni aynan yod olishdan farq qila bilish kerak: mazmuni aniq o‘qib olingan biror matnni aynan, so‘zma-so‘z esda qoldirish mumkin. Mana shu tariqa yod olish ko‘pincha bolalarda uchraydi.


Kichik maktab yoshiga kirgan bolalarda ta’lim olish munosabati bilan logik, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi, esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. To‘g‘ri, shunday ham bo‘ladiki, quyi sinf o‘quvchilari ko‘pincha hatto mazmuni tushunarli materialni ham mazmuniga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib oladilar. Ammo bu holat shu yoshdagi bolalarda muqarrar boladigan narsa emas. Mexanik esda qoldirishning ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarda logik xotirani o‘stirishga yetarli e’tibor ber- magan hollarda ko‘rish mumkin.
Maktabning birinchi sinfiga kirgan bolada xayol yetarli ravishda rivoj topgan boradi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina boyligiga ega bo‘ladi. Birinchi sinflarda o‘qish natijasida u faqat idrokka va xotira tasavvurlarigagina tayanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasav- vurlarga ham tayanib, o‘qitilayotgan materialni asosan yaqqol tarzda o‘zlashtira beradi.
O‘qish ishida — darsni eshitish, kitob o‘qish, masalalarni yechishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Shuning bilan birga, o‘qish jarayonining o‘zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va barqarorligining o‘sishiga yordam beradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqat bilan ishlash qobiliyatini o‘stirib borish maxsus tarbiya vazifalaridan biridir. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi vazifalarga, jumladan, o‘quvchilar irodasi va intizomini tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash vazifasi ham kiradi. Bolalaming yoshlari ulg‘aygan sari, diqqatning ayrim sifatlari, uning ko‘lami, ko‘chuvchanligi, bo‘linuvchanligi, kuchi va barqarorligi o‘sa boradi.
Bolalaming diqqati, avvalo, ko‘lamning torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko‘chishi va zo‘rg‘a bo‘linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda biz, faqatgina juda tor konsentratsiya- lashgan diqqatni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, agar bir qo‘lida olma ushlab turgan bolaning ikkinchi qo‘liga ham olma bersak, u paytda ikkinchi olmani olishi bilanoq, awalgi ushlab turgan olmasini tashlab yubo- radi. Demak, bunda bolaning diqqati o‘z qo‘lida ushlab turgan ikkita narsaga ham taqsimlay olmaydi. Keyinchalik diqqatning bo‘linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalaming o‘yin faoliyatlarida, o‘qish jarayonida va amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi. amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi.
Bolalaming yoshlari ulg‘aygan sari, diqqatning kuchi va barqarorligi o‘sa boradi. Diqqatning bu xususiyatlari bolalaming o‘yin faoliyatlarida, mehnatda va asosan o‘qish jarayonida o‘sadi. O‘qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo‘lishligi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o‘sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o‘sishi katta yordam beradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar diqqatining kuchi va barqarorligi ularning tabiatidagi hissiyotchanlik bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu yoshdagi bolalaming hissiyotlari davomli va barqaror bo‘lmaganidek, ularning diqqatlari ham aytarli barqaror bo‘lmaydi. Lekin bolalaming hissiyotlari ko‘pincha juda kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari, garchi qisqa vaqt ichida davom etsa ham, kuchli bo‘ladi.
Maktab yoshidagi bolalaming hissiyotlari anchagina barqaror bo‘la boshlaydi. Shuning uchun pedagog o‘qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, bu bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishga yordam beradi. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlaming keyingi taraqqiyoti ham irodaning taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.



Download 104.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling