Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Rejali - ogohlantirish ta’mir tizimi


Download 0.97 Mb.
bet19/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

3. Rejali - ogohlantirish ta’mir tizimi.
Rejali - ogahlantirish ta’mir grafigining hisobi. (ROT )

Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalarida ta’mirlash ishlarini bajarishda rejali - ogohlantirish ta’mirlar tizimi qo’llaniladi. (ROT -PPR) uning mohiyati dastgohlar va uskunalarning texnik xizmati va ta’mirlarini oldindan belgilangan muddatda rejali grafikga asoslangan holda amalga oshirishdir.


Rejali ogohlantirish ta’mir tizimi jixozlar va boshqa asosiy fondlarni muddatdan ilgari puturdan ketmasligini va ularning doimiy yuqori texnikaviy darajada ekspluatatsiyaga hozirligini ta’minlovchi rejali, texnikaviy – tashkiliy xizmat ko’rsatish, nazorat va ta’mirlash ishlarini o’z ichiga oladi.
Ushbu ROT quyidagi ishlardan iborat:
a) ta’mirlararo xizmat ko’rsatish;
b) profilaktik nazorat;
v) mayda (joriy), o’rta va kapital ta’mirlarni o’tkazish.
a) Jixoz va dastgohlarni texnik eksplutatsion qoidalariga amal qilishini kundalik nazorati va mayda, kichik buzilishlarni bartaraf etishdan va mexanizmlarni sozlashdan iborat.
b) Grafik bo’yicha belgilangan muddat o’tgach dasgohlar texnik xolatini nazorat qilish va emirilish, eskirish darajasini aniqlab, kelgusi ta’mir ishlar hajmini belgilashdan iborat.
Joriy (mayda) ta’mir — apparat yoki agregatlarni ayrim uzellarini ochish, tez ishdan chiquvchi detallarni qisman almashtirish va tiklash, uzellarni sozlash, ishqalanuvchi sathlarni moylash, tozalash ishlardan iborat. Ta’mir profilaktik ta’mirni asosiy turi hisoblanadi. Uzluksiz ishlab chiqarishda bu ta’mir turi grafik bo’yicha, uzlukli ishlab chiqarishda esa ishsiz smenada amalga oshiriladi va uni hajmi kapital ta’mir hajmidan 5% -15% ni tashkil qiladi.
O’rtacha ta’mir - ayrim uzellarni ochish (razborka), eskirgan hamma detallarni almashtirish, yig’ish, sozlash, sinovdan o’tkazishdir, ya’ni bu holdi dastgohlarni toxtatish lozim bo’ladi. O’rta ta’mir maxsus ta’mirlash tsex xodimlar, yoki tsex ishchilari yordamida amalga oshiriladi va ROT grafigi asosida o’tkaziladi.
Hozirgi kunda o’rta ta’mir faqat nefteximiya va rezina tarmoqlaridagina o’tkaziladi.
O’rta ta’mirni hajmi kapital ta’mir hajmidan 30-50% tashkil qiladi.
Kapital ta’mir davrida agregat va dastgohlar butunlay ochiladi (razborka), eskirgan uzel va detallar almashtiriladi yoki tiklanadi, texnik shartlarga binoan sinovlar o’tkaziladi, uskunalar qayta yig’iladi. Bu tur ta’mir maxsus ta’mir muassasalar yoki ta’mirlash tsex xodimlarini kuchi bilan amalga oshiriladi.
Kapital ta’mir vaqtida dastgohlarni modernizatsiyasi amalga oshiriladi va buni natijasida uskunalarning to’la yoki qisman ma’naviy emirilishi ham tiklanadi.
Kapital ta’mir hajmi maxsus instruktsiya (ko’rsatma) asosida belgilanadi.
Har bir apparatni kapital ta’miriga defekt qaydnomasi tuziladi va u navbatdagi kapital ta’mir boshlanishidan 40 kun oldin tayyor bo’lishi shart. (kichik ta’mirlar uchun 10 kun oldin).
Ta’mirlarni rejalashtirish va ROT tizimini normativlari quyidagilardan iborat:
- Ta’mirlash tsiklini davomi va uning strukturasi;
- Ta’mirlash va ko’riklararo davrlari;
- Ta’mir birligini mehnat sig’imi.
Ta’mirlash tsikli – dastgohlarning 2 - ta kapital ta’mir orasidagi ishlagan vaqti yoki uskuna ishga tushishidan boshlab birinchi kapital ta’mirgacha o’tgan (ishlagan) vaqtidir. - Ts kap
Ta’mirlararo davr – 2 - ta ta’mir orasidagi dastgohlarning ishlagan vaqti. Korxonalarda har bir dastgoh uchun ta’mirlararo ishlagan vaqti va ta’mirda turgan vaqt normalari tuziladi. Bu normalar har bir uskuna yoki apparat uchun 1 yilda belgilangan umumiy ta’mirlar soni hisoblanadi.
Dastgohlarning yil mobaynidagi ta’mirlar soni qo’yidagi formula yordamida aniqlanadi:

N - yildagi (remont) ta’mirlar soni;
E - bir tipdagi dastgohlarning o’rtacha soni;
Tkal – 8640 yoki 8760 soat;
K – dastgoxlardan vaqt bo’yicha foydalanish koeffitsenti;
ni – ta’mirlar aro tsikl davomidagi kapital, o’rta va mayda (joriy), ta’mirlar soni;
Ц – Ta’mirlash tsikli. (soat)

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling