Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning mazmuni va uni


Download 0.97 Mb.
bet15/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

3. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning mazmuni va uni
tashkil etish
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash quyidagi ishlardan iborat:
1. texnologik jarayonlarni loyihalashtirish;
2. texnik tomondan dalilangan zarur me’yorlarni aniqlash;
3. texnik nazorat usullarini tanlash;
4. amaldagi texnologik jarayonlarni mukamallashtirish;
5. texnologik jarayonlarni tashkil etishni yaxshilash;
6. maxsus instrumentlarni, asboblarni, modellarni, shtamplarni va h.k.larni konstruksiyalash, tayyorlashning texnologik jarayonini ishlash, tajribada tekshirish va ishlab chiqarishga kiritish.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning vazifalari quyidagicha:
1. terma qismlarning yuqori sifatini, detallar tayyorlashni, uzel va butun mahsulotning yig‘ilishini ta’minlash;
2. asbob-uskunalarni, texnologik anjomlarni va ishlab chiqarish maydonlarini eng yuqori unum bilan ishlatishga erishish;
3. tayyorlanayotgan mahsulotning mehnat sig‘imini, ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolarni, yoqilg‘i-energiyani maksimal kamaytirish.
Texnologik jarayonlarni ishlashi uchun har xil materiallar kerak: konstruktor chizmalar, moddiy tafsiflashlar, texnik sharoitlar, korxonada mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar to‘g‘risida ma’lumotlar, ularning rejasi va ish bilan ta’minlash.
Texnologik jarayonlarning borishi quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
• vazifani aniqlash;
• jarayonlarning me’yorini oldindan belgilash;
• operatsiyalarning ro‘yxatini, mazmuni va o‘tkazish tartibini aniqlash;
• jarayonning me’yorini so‘nggi belgilash;
• kerakli asbob-uskuna va texnologik anjomni tanlash;
• har bir operatsiya ishlarining miqdorini, ishchilarning talab qilinadigan ixtisosligini va malakasini aniqlash;
• vaqt me’yorlarini hisobot dalili;
• loyihalashtirilgan texnologik jarayon variantining iqtisodiy muvofiqligini tekshirish.
Texnologik jarayonining borishi texnologik xaritalarda qayd etiladi. Ular marshrutli, operatsion va instruksion xaritalar holida tuziladi.
Marshrutli xarita tarkibida tayyorlash, yig‘ish va nazorat qilishning texnologik jarayoni ta’rifi bo‘ladi; u sexlararo rejalashtirish uchun tuziladi.
Instruksion xarita bevosita ishchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Unda operatsiya, tarkib, asbob, ayrim ish va usullarning mazmuni izohlanadi.
Moddiy spetsifikatsiyalar detallarni tayyorlash uchun kerak materiallarning ro‘yxati, markasi, navi (sorti), me’yorlari va hajmi ko‘rsatilgan holda tuziladi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tezlashtirishda turli texnologik jarayonlar muhim o‘rin tutadi. Texnologik jarayonlarning turlarga bo‘linishi yuqori unumli ilg‘or texnologik jarayonlarni tartibga solishda, umulashtirishda katta ahamiyatga ega. U bir turli guruh detallarini tayyorlashning umumlashtirilgan sxemasidan iborat bo‘ladi.
Turli texnologik jarayonlar texnologik tayyorlash vaqtini 2-3 martaga qisqartiradi.
Texnologik jarayonlarni loyihalashtirganda har xil texnologik variantlarning iqtisodiy samarsi hisoblanadi. Har bir variantning texnologik jarayonidagi tannarxi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E1=V1*N+C1; E2=V2*N+C2,
Bu erda: E – mahsulotning ishlab chiqarish xajmi;
V – mahsulot birligiga o‘zgaruvchi harajatlar;
N – mahsulot ishlab chiqarish (yillik, oylik, kvartallik) dasturi;
S – mahsuloti ishlab chiqarishning doimiy (yillik, oylik, kvartallik) xarajatlari.
Agar keltirilgan xarajatlarda S2>S1 va V2Mahsulot birligining tannarxi ikkala variantda barobar bo‘lishi, hajmi, ya’ni keskin dasturi quyidagi formulada ifoda topgan:
Nkr = (S2-S1)/(V2-V1)
Ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishi bilan mahsulot birligi harajatlarning tengligi o‘zgaradi. Agar ishlab chiqarishni hajmi kestik dasturidagidan oshib ketsa, tannarx E1>E2, teskari holda E1Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni bosh texnolog xizmati olib boradi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash markazlashgan, markazlashmagan va aralash tartibda tashkil qilinishi mumkin.
Markazlashgan tartibda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash ishlari umuzavod texnologiya bo‘limi (bosh texnolog raxbarligi)da amalga oshiriladi.
Markazlashmagan tartibda texnologik tayyorlashni amalga oshirish ishlari korxonaning asosiy sexlarida bajariladi. Bu holda sexlarning texnologik byurolari texnologik jihatdan mustaqil ish olib boradi.
Bunday tartibda ishlab chiqarish hajm katta bo‘lsa mahsulotlar va ularning uzel va detallari konstruksiyalarini tez-tez almashtirish kerak bo‘ladi.
Markazlashgan tartibda bosh texnolog bo‘limi sexlarning texnologik byurolarini faqat umum-uslubiy jihatdan boshqaradi.
Texnologik tayyorlashni aralash tartibi sharoitida ishlash qisman bosh texnolog bo‘limida, qisman sexlarning texnologik byurolarda olib boriladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling