Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Download 0.97 Mb.
bet12/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017


partiyalab;

  • donalab ishlab chiqarish.

    Bularning bir biridan farqi ish joyini ixtisoslashtirish darajasi, mehnat buyumlarining ish joyidagi harakat usuli tsex va uchastkalarning qurulish usullari, ritmlilik va uzluksizlik darajasi bilan belgilanadi.
    Tayanch so’zlari.

    1. Ishlab chiqarish jarayoni – moddiy boylikni yaratishda insonning tabiat buyumlariga o’tkazadigan tasiri yoki bir biri bilan bog’liq bo’lgan tabiiy va mehnat jarayonlarining majmuasi.

    2. Ishlab chiqarish bosqichi - bu foydali ishlab chiqarish jarayonining texnik, texnologik va tashkiliy jixatdan ajralgan qismidir.

    3. Operatsiya - ishlab chiqarish jarayonini dastlabki boshlang’ich elementidir.

    4. Asosiy jarayonlar – maqsadli bo’lgan tayyor mahsulotga xom ashyo va materiallarni aylantiruvchi jarayonlar.

    5. Yordamchi jarayonlar - asosiy jarayonlarni normal bir maromda o’tishini ta’mimlovchi mahsulotni tayyorlash yoki xizmat ko’rsatuvchi jarayonlar bo’lib ular quyidagilardan iborat.

    6. Uzluksiz ishlab chiqarish – barcha texnologik operatsiyalar to’xtovsiz tanaffussiz bajariladigan jarayonlar majmuasi.

    7. Uzlukli ishlab chiqarish - texnologik operatsiyalar bajarilishi transport yoki yordamchi operatsiyalar aralashuvi bilan uziladi, ya’ni barcha operatsiyalar ketma-ket amalga oshadi.

    8. Ishlab chiqarish tsikli - bu mehnat buyumlarining barcha texnologik va ishlab chiqarish boskichlari o’tish vaqti bo’lib , xom ashyoni ishlab chiqarishga kiritilishidan boshlab tayyor mahsulot chiqarilishigacha o’tgan kalendar davrdan iborat.

    9. Donalab mahsulot ishlab chiqarish - iste’moli chegaralangan buyumlarni tayyorlash uchun mo’ljalangan. (bir yoki bir nechta).

    10. Seriyali ishlab chiqarish - nisbatan ko’prok qaytariladigan, lekin dona ishlab chiqarishga qaraganda mahsulot nomenklaturasi birmuncha chegaralangan bo’ladi. Seriyali ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi har bir yangi seriyada uzgarishi mumkin.

    11. Ommaviy ishlab chiqarish - bir xildagi mahsulotni uzluksiz ravishda uzoq davr davomida ko’plab va takroran ishlab chiqarish bilan harakterlanadi. Uchastkada, liniyada ish joyida ishlab chiqarish jarayoni kat’iy ravishda kaytariladi. Bunday korxonalar bir yoki ikki xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

    Download 0.97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling