Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Mahsulotni loyihalashtirishni tashkil etish
Download 0.97 Mb.
|
коос маъруза 2017
2. Mahsulotni loyihalashtirishni tashkil etish
Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari yangi mahsulotlarni konstrukorlik jihatidan tayyorlashda ishlatiladi. Ishlab chiqarishni konstruktorlik jihatidan tayyorlash – bu, yangi mahsulotni loyihalashtirish va chiqarilaetgan mahsulotni mukammallashtirish bo‘yicha ishlar yig‘indisidir. Mahsulotni konstruktorlik jihatidan tayyorlashning maqsadi uni ishlab chiqarish va sotish foydali ekanligini, aholining tegishli ehtiyojlarni qondira olishini aniqlash va ixtisoslashtirishdadir. YAngi ma’lumotlar, fikrlar, baholash mezonlarning yuzaga kelishi va boshqa o‘zgarishlar yaqinda ma’qul bo‘lgan mol ma’naviy eskirganligini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Mahsulotni konstruksiyalash jarayoni uning zamonaviy va kelajakda kutilaetgan vaziyatlarga barvaqt uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni konstruktorlik jihatdan tayyorlashni tashkil etishga qator talablar qo‘yiladi: - qayta loyihalashtirilgan mahsulotlarning texnik- iqtisodiy tavsiflarini fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlariga muvofiqligi; - ishlab chiqarishni konstrukorlik tayyorlashning iqtisodiy jihatdan afzalligi; - konstruktor ishlarining muntazam olib borilishi; - ishlab chiqarishni konstruktor tayyorlashni yuqori sifatliligi. Bu talablarni bajarish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak: - konstruksiyalashda unifikatsiyalash tamoyilini ishlatish; - ishlatilayotgan konstruksiyalarni o‘z vaqtida texnik-iqtisodiy tahlil qilish; - tayyor mashinalar sinab ko‘riladigan xo‘jalik va tajriba sexlarini tashkil etish; - mexanizatsiya va avtomatlashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni ishlatish; - konstruktorlik ishlarini parallel ravishda muntazam bajarish; - rejalashtirish va boshqarishning mukammal usullarini ishlatish; - mehnatni oqilona tashkil etish; - axborotlar bilan ta’minlashni, chizish va ma’lumot-kutubxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqalar. Ishlab chiqarishni konstruktorlik jihatidan tayyorlashning asosiy bosqichlariga texnik vazifa, eskiz loyiha, hisobot nushalarining ishchi chizmalari, tajriba nushalarini tayyorlash, sinash va etkazish, seriyali ishlab chiqarish uchun hujjatlarni tayyorlash kiradi. Texnik vazifa yangi konstruksiyaning ishlatilish sohasini, asosiy ekspluatatsion ko‘rsatqichlarni (unumdorlik, quvvat, mustahkamlik va boshqalar), mahsulotga ehtiyojining istiqbollarini, uning rejali ishlab chiqarish hajmini va birinchi narxini ifoda qiladi. Eskiz loyihada kinematik, elektr sxemalar, umumiy ko‘rishning chizmalari, terma qismlar ixtisosligi tuziladi, maketlar tayyorlanadi. Texnik loyiha mahsulotning ayrim uzel va agregatlarni konstruktorlik tayyorlash bo‘yicha ishlardan iborat. Texnik loyihaga olib borilgan hisobotlar, tayyorlangan hujjatlar va konstruksiyaning texnik dalili to‘g‘risidagi yozuv bayoni qo‘yiladi. Texnik loyiha asosida tajribiy partiya va o‘rnatilgan seriyalarning ish chizmalari tuziladi, nazorat partiyalarini tayyorlash va sinish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish uchun chizmalar tayyorlanadi. YAngi mahsulotni loyihalashtirganda konstruksiyaning yuqori texnologiyaliligi, ya’ni standartlash va unifikatsiyalash darajasini oshirish yordamida loyihalashtirish va tayyorlash, mehnat va moddiy xarajatlar qisqartirilishini ta’minlash kerak. Konstruktorlik unifikatsiyasi – bu, detallarning shakllari va o‘lchovi, xom ashyoning markasi, mahsulotlarning turlari va konstruksiyalari dalilsiz ko‘pligini yo‘qotish chora-tadbirlar to‘plamidir. Unifikatsiya agregatsiyalash, ya’ni mahsulotlarni chegaralangan unifikatsiyalashgan elementlaridan yig‘ish va konstruksion, chunonchi, yangi mahsulotni konstruksiyasida ishlatilgan terma birliklar va detallarni ishlatish negizi bo‘ladi. Standartlash aniq sohada hamma qiziqadigan tomonlarning foydaliligi uchun olib borilgan tarkibiy faoliyatining aniq talab va qoidalarni, birliklarini belgilash, ayniqsa, ishlatish sharoitlari va xavfsizlik talablari qat’iy amal qilgan holda maqbul tejamga erishishdir. Konstruktorlik unifikatsiyasining muhim yo‘nalishlardan biri – bu, bir xil yoki o‘xshash ishlatish mohiyatiga ega mahsulotlar va ularning elementlari miqdorini qisqartirishdir. Unifikatsiya mahsulot nomenklaturasini qiqartiradi, konstruksiyaning texnik darajasini oshiradi, mahsulot o‘rganiladigan vaqt hamda unifikatsiyalashgan uzel va detallar tayyorlash jarayonini qisqartiradi. Unifikatsiya va standartlashning darajasi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanishi mumkin: 1. Mahsulotni unifikatsiyalash koeefitsienti (Kun): Kun = Nun/ Num, Bu erda: Nun – unifikatsiyalashgan detallarning nomenklaturasi; Num – mahsulotlarda detallarning turlari miqdori nomenklaturasi. 2. Standartlash koeffitsienti (Kst): Kst = Nst / Num, Bu erda: Nst – mahsulotda standart detallar turlarining nomenklaturasi. 3. Loyiqlik koeffitsienti (Kl): Kl = Ni/ Num, bu erda Ni – mahsulotlarda ishlatilgan detallar turlarining nomenklaturasi. Standartlar va texnik sharoitlar o‘z vaqtida yangilashtirilishi lozim. Katta korxonalarda konstruksiyalar tayyorlashishlari bosh konstruktorlik bo‘limi, seriyali va umumiy ishlab chiqarish korxonalarida – tajriba sexlari tomonidan olib boriladi. SHaxsiy ishlab chiqarish zavodlarida bunday sexlar yo‘q, shuning uchun konstruksiyalarni sanoat mahsulotining o‘zida tuzatishadi. Korxonalarda standartlash bo‘yicha ishlar ilmiy-texnik va tashkiliy-uslubiy boshqarilishi bosh muhandis rahbarligidagi konstruktorlik-texnologik bo‘lim (byuro) olib boradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling