Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Download 0.97 Mb.
bet11/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

Tanaffuslar vaqti muayyan korxonada qo’llaniladigan ish tartibidan kelib chiqqan tanaffuslardan iboratdir. Ushbu tanaffuslarga bayram, dam olish kunlar, smenalararo va ichki-smenalik tanaffuslar hamda ishlanmagan smenalar kiradi. Shuningdek, tanaffuslarga yarim fabrikatlarni aloxida operatsiyalar orasida o’tgan vaqti ham kiradi. M-n: omixta tayyorlash uchun materiallarni rezervlarda yig’ilib turishi va xok.
Texnologik tsikl davomi texnologik reglament va instruktsiyalar bilan belgilanadi. Bu reglamentda har bir operatsiya uchun zarur vaqt, xom ashyo, materiallar, quvvatlar turi va ularning harakterkstikasi, texnologik bosqichlarning ketma – ketligi, uning parametrlari, mahsulot sifati va xok.lar belgilanadi. Tsikl davomiyligi texnika va ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi, hamda uni intensivligiga bog’liq.
Ishlab chiqarish tsiklini qiskartirish iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu xolda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi kamayadi, buning natijasida esa aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyoj ham kamayib, ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish satxlardan unumliroq foydalaniladi, mehnat unumdorligi oshadi va xok. Bularning hammasi esa mahsulot tannarxini pasayishiga, foyda va rentabellikni oshishiga imkon yaratadi.
Tarmoqda ishlab chiqarishni tashkil qilishning takomillashuvi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi:
a) texnologik jarayonlar strukturasini yaxshilash;
b) ishlab chiqarish tsiklini qisqartirish;
v) korxona ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
g) mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish.
3.Ishlab chiqarish turlari va ularning iqtisodiy tavsifi
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining iqtisodiy darajasi ko’p jixatdan ishlab chiqarish turlariga bog’liqdir. Xozirgi sharoitda ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy turlari donalab, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishdan iboratdir.
Ayrim tipdagi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishni chegaralagan bo’ladi. Donalab mahsulot ishlab chikaradigan korxonalar iste’moli chegaralangan buyumlarni tayyorlash uchun tashkil etiladi. Donalab ishlab chiqarishning asosiy hususiyatdlari quyidagilardan iborat:
-tayyorlanadigan mahsulotning ko’p xilligi, ularning asosiy kismining takrorlanmasligi, shuningdek, uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqarilishi;
- ish joylarini texnologik ixtisoslashtirish, ma’lum detallarni va operatsiyalarni doimiy ravishda ish joylariga biriktirib quyishning mumkin emasligi;
-qo’l bilan yigiladigan va yakunlovchi operatsiyalar salmogining kattaligi;
- yuqori malakali ishchilardan ko’p foydalanish;
- ishlab chiqarish yillikning nisbatan uzunligi;
-uskunalarni tez-tez sozlash natijasida ulardan foydalanish koeffitsientining kamligi.
Mahsulotni donalab ishlab chiqaradigan korxonalar samaradorligi va mehnat unumdorligi darajasining pastligi, asosiy va yordamchi materiallarning ko’p sarf bo’lishi, mahsulotning tannarxi yuqori bo’lishi bilan boshqa korxonalardan farq qiladi .
Mahsulotni seriyali ishlab chiqaruvchi korxonala nisbatan ko’prok kaytariladigan tayyorlanadi, lekin dona ishlab chiqarishga qaraganda mahsulot nomenklaturasi birmuncha chegaralangan bo’ladi. Seriyali ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi har bir yangi seriyada uzgarishi mumkin.
Mahsulot nomenklaturasining xilma-xilligi va ishlab chiqarishning miqyosiga qarab seriyali ishlab chiqarish quyidagilarga bo’linadi:
a) mayda seriyali ishlab chiqarish uzining hususiyati bilan donalab ishlab chiqarishga yaqin turadi va bunda mahsulot mayda seriyalab, ya’ni bir necha donalab, o’nlab yoki yuzlab dona ishlab chiqariladi;
b) o’rtacha seriyali ishlab chiqarishda mahsulot ishlab chiqarish seriyalab, o’nlab va yuzlab nomda ishlab chiqariladigan mashinalar quvvatining katta-kichikligiga bog’liq;
v) yirik seriyali ishlab chiqarish esa nisbatan oz nomenklaturada ko’plab mahsulot ishlab chiqarish bilan harakterlanadi;
Seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish quyidagi asosiy xususiyatlar bilan harakterlanadi:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining ko’pligi va doimiyligi;
- ixtisoslashtirilgan ish joyiga doimiy ravishda bog’langan operatsiyalarni bajarish;
- mahsulotni seriyalab ishlab chiqarish va detallarni partiyalab oldindan belgilangan tartibda navbatma-navbat ishlab chiqarish;
- ixtisoslashgan va maxsus uskunalar bilan birga universal asbob – uskunalar qo’llash;
- mahsulot ishlab chiqarishda ko’p mehnat talab qiladigan va ko’l yordami bilan bajariladigan ishning ulushini kamayishi;
- ishlab chiqarish jarayonining nisbatan qisqarishi. (ayrim ishlab chiqarishlarga nisabatan).
Ommaviy ishlab chiqarish bir xildagi mahsulotni uzluksiz ravishda uzoq davr davomida ko’plab va takroran ishlab chiqarish bilan harakterlanadi. Uchastkada, liniyada ish joyida ishlab chiqarish jarayoni kat’iy ravishda qaytariladi. Bunday korxonalar bir yoki ikki xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Ishlab chiqarishning ommaviy tipi quyidagi asosiy hususiyatlari bilan harakterlanadi:
- mahsulotning uncha kam bo’lmagan nomenklaturasini ko’plab doimiy ravishda ishlab chiqarshi;
- doimiy ravishda biriktirilgan bitta operatsiyani bajarish uchun ish joyini ixtisoslashtirish;
- maxsus uskunalar va yuqori unumli anjomlarning ulushi ma’lum darajada ko’paytirish:
- mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan jarayonlarning ulushini ko’paytirish va qo’l mehnati bilan bajariladigan ishini keskin kamaytirish;
- ishlab chiqarish jarayonini qisqartirish (seriyali ishlab chiqarishga nisbatan);
- ishlab chiqarishni boshqarish funktsiyasini markazlashtirish va operativ planlashtirish.
Korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’p jixatdan o’ziga xos har xil turidagi ishlab chiqarish bilan aniqlanadi va yanada ilg’or texnologiyani joriy qilish va ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan belgilanadi. Masalan, donalab ishlab chiqarishda korxonalarning maxsus qayta qurollanishiga ketadigan harajatlarning tannarxidagi ulushi 1,5 – 2,5% ni, seriyali turida 5 – 6%ni va ommaviyda 8 – 12% ni tashkil etadi. Korxonalarda ko’llaniladigan ishlab chiqarishning xozirgi zamon usullari quyidagilardan iborat:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling