Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Sanoat korxonalarining tarkibi va uni aniqlovchi omillar tuzilmasi
Download 0.97 Mb.
|
коос маъруза 2017
Sanoat korxonalarining tarkibi va uni aniqlovchi omillar tuzilmasi
Huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikning to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan, ayirboshlaydigan, sotish ishlarini bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi. Har bir sanoat korxonasi ishlab chiqarish bo‘limi, boshqarish idoralari, korxona ishchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘linmasidan tashkil topadi. Sanoat korxonalari umumiy va ishlab chiqarish tuzilmasi (strukturasi)dan tashkil topadi. Korxonaning umumiy tuzilmasi (strukturasi)ga ishlab chiqarish bo‘g‘inlari, korxonani boshqarish, ishchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bo‘limlar, ularning Ishlab chiqarish tuzilmasi (strukturasi)ga sexlar, maydonlar, uchastkalar kirib, bu erda asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonlari bajariladi miqdori, kattaligi va soni hamda egallagan maydoni kiradi. Ishlab chiqarish tuzilmasi (strukturasi) umumiy tuzilma (struktura)ning bir qismi hisoblanadi. Unda sexlar, uchastkalar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik shaklidagi ishlab chiqarish bo‘linmalari tarkibi, ularning aloqasi ifodalanadi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning uch xil turi mavjud: texnologik, predmetli va aralash. Texnologik tuzilma (struktura)larga ega korxonalarda uchastkalar, sexlar texnologik jihatdan turdoshlik tamoyiliga asoslanadi. Predmetli tuzilma (struktura)da har bir sex alohida mahsulotni yoki uning bir qismini tayyorlaydi. Aralash tuzilma (struktura)da texnik tamoyilga ko‘ra, tayyorlov sexlari – mahsulotni qayta ishlovchi va tayyor holda chiqaruvchi sexlar bo‘lishi taqozo etiladi. Sanoat korxonalarining tuzilmasi(strukturasi) quyidagi omillar ta’siri asosida shakllanadi: I. Texnik va texnologik xususiyatlar. II. Ishlab chiqarish miqyosi. III. Ishlab chiqarishni tashkil etishning shakli. IV. Ishlab chiqariladigan mahsulot hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarning murakkabligi va turli-tumanligi. V. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi. VI. Mulkchilik shakli. VII. Raqobat kurashini olib borish shakli, usullari va h.k. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling