Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.97 Mb.
bet13/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Ishlab chiqarish jarayoni nima va uning mohiyati nimadan iborat?

  2. Ishlab chiqarish tsikli deganda nimani tushunasiz va uning elementlarini ta’riflab bering?

  3. Qanday ishlab chiqarish turlarini bilasiz?

  4. Donalab ishlab chiqarishning mohiyati nimadan iborat?

  5. Seriyali ishlab chiqarishning mohiyati nimadan iborat?

  6. Ommaviy ishlab chiqarishning mohiyati nimadan iborat?

4-MODUL. KIMYO VA OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIKAVIY JIXATDAN TASHKIL QILISH.
Reja:
1. Ishlab chiqarishni ilmiy-texnik tayyorlashning mohiyati va ahamiyati
2. Mahsulotni loyihalashtirishni tashkil etish
3. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning mazmuni va uni
tashkil etish

  1. Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash



1. Ishlab chiqarishni ilmiy-texnik tayyorlashning mohiyati va ahamiyati
Bozor munosabatlarga o‘tish sanoat korxonalarni mahsulotini doimiy yangillab turishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni tayyorlashga korxonaning ishlab chiqarish moddiy – texnik bazasi rivojlantirish, mehnatni, boshqarishni va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha faoliyati, chunonchi:
- tayyorlanayotgan mahsulotni, texnikani, texnologiyani, terma materiallarni, ishlab chiqarishni, mehnatni va boshqarishni tashkiliy takomillashtirish bilan bog‘liq amaliy tadbirlarni o‘tkazish;
- yangi mahsulotni loyihalashtirish va oldingilarini zamonaviylashtirish;
- mahsulot tayyorlashning texnologik jarayonlari ishlash;
- ishlab chiqarishni, mehnatni va boshqarishni tashkil etish usullarini ishlash;
- instrumentlarni, asbob-uskunalarni loyihalashtirish va tayyorlash;
- standartsiz asboblarni loyihalashtirish va tayyorlash;
- ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta’minoti;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- texnologik, texnik va tashkiliy hujjatlarni ishlash kiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan, yuqori unumdorlik, mustahkam, resurs va energiyani tejaydigan asbob-uskunalarni tayyorlash ishlab chiqarishni tayyorlashining muhim vazifasidir.
Ishlab chiqarishni tayyorlashning mohiyati, bu jarayondagi ish ko‘lami va tashkil etish shakllari ishlab chiqarish turiga, mahsulotning yangi yoki eskililigi darajasiga uni ishlab chiqarishning oson yoki qiyinligiga bog‘liq.
Ishlab chiqarishni tayyorlash jarayonini quyidagi ikki qismga bo‘lish mumkin:
ilmiy izlanishlar sikli;
 ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishda ishlatish, ya’ni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, o‘z navbatida, loyiha-konstruktor, texnologik va tashkiliy-moddiy tayyorlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqotlar kuyidagilarga bo‘linadilar:
- nazariy qidiruv – aniq amaliy vazifalar qo‘yiladi, asosan har xil fan sohalarini yangi fikrlar bilan ta’minlash uchun olib boriladi;
- nazariy-asosli – asosiy maqsaddan ko‘ra, qo‘shimcha natijalar beradigan maqsadga qaratilgan tadqiqotlar;
- amaliy – aniq mahsulotlar yaratishni ta’minlash maqsadida olib boriladi.
Ilmiy-tadqiqot institutlarida, konstruktorlik byurolarida va o‘quv yurtlarida aniq muammo bo‘yicha olib borilayotgan izlanish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan bosqichlar yig‘indisi mavzu deb ataladi.
Mavzuning turli bosqichlar va bosqichlar bo‘yicha ishlarning ehtimolli bosqichlari quyidagilardan iborat:
1-bosqich – texnik vazifani belgilash.
Bu bosqichda ushbu yo‘nalishda yurtimizdagi va chet ellardagi ishlar bo‘yicha patentli va ilmiy-texnik ma’lumotlar o‘rganiladi. SHu asosda tadqiqotlarning vazifalari oydinlashtiriladi va mavzuning texnik-iqtisodiy dalili ishlab chiqiladi. So‘ng tayyorlash grafigi va mavzuning rejali kalkulyasiyasi tuziladi.
2-bosqich – texnik taklifni tayyorlash.
Bu bosqichda texnik vazifa tahlil qilinadi, ilmiy-texnik axborotlar manbalari tanlanib o‘rganiladi, texnik taklif tayyorlanib, moslashtirilib, qarorlashtiriladi.
3-bosqich – nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borish quyidagilardan iborat:
- nazariy tayyorlash (ilmiy va texnik fikrlarni tekshirish, mavjud hujjatlarni, adabiyotlarni, ularning o‘xshash jihatlarini (analoglarni) o‘rganish, tadqiqotlarni, sxemalarni, nazariy dalillarni, hisoblarni tayyorlash, tajriba ishlarining zarurligini aniqlash);
- tajriba nusxalarini va maketlarini loyihalashtirish va tayyorlash;
- tajriba ishlari natijasida ishlangan sxema, hisob va loyihalarga o‘zgarishlar kiritish.
4-bosqich – ilmiy-tadqiqot ishlarni rasmiylashtirish. Bu bosqichda joriy hujjatlar, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining yangiligi va ma’qulligi, mavzuning iqtisodiy samaradorligi, uni qabul qilish, hay’at ishlari dasturi to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi.
5-bosqich – mavzuni qabul qilish. Bu jarayon tashkilot ilmiy-texnika kengashida texnik hisobot natijalarini muhokama qilib, tasdiqlash va buyurtchining ilmiy-tadqiqot ishlarini qabul qilish haqidagi dalolatnomani imzolash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Tadqiqot tematikasining tarkibiga texnik, texnologik, iqtisodiy, ishlab chiqarish fiziologik, ekologik, ijtimoiy muammolar kirishi mumkin.
Tadqiqotlarning mavzularini belgilashida har bir mavzu chegaralarining mazmunini, ulardan kutilgan natijalarni, bajaruchilarni, tayyorlash vaqtlarini, xarajatlarni va samaradorlikni, har xil variantlarning xarajat va samarasini to‘g‘ri aniqlash muhimdir.
Demak, ishlab chiqarishni tayyorlashining birinchi jarayonida ilmiy izlanish va yangi mahsulot yaratish fikrining paydo bo‘lishi; ikkinchisida – texnik vazifani loyihalashtirishiga va seriyali ishlab chiqarishga tayyorlash nazarga olinadi; uchinchi jarayon mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan to uni ishlab chiqarishning loyihalashtirilgan quvvati egallangunigacha davom etadi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling