Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Quvvat xo’jaligining tashkiliy turlari
Download 0.97 Mb.
|
коос маъруза 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashmagan
- Markazlashgan turida
- 3. Elektr va issiqlik xo’jaliklarining ahamiyati. Korxonaning issiqlik xo’jaligi
2. Quvvat xo’jaligining tashkiliy turlari.
Quvvat xo’jaligini tashkil qilish 3 turdan iborat: - markazlashgan - markazlashmagan - aralash. Markazlashgan turida korxona barcha tur quvvatlarni ixtisoslashtirilgan maxsus muassasalardan oladi (issiqlik –elektr markazi, markaziy kopressor xo’jaligi, markaziy gaz quvurlari va boshqalar); Markazlashmagan turida korxona barcha zarur quvvatlarni kerakli xajmda o’z kuchi bilan ishlab chiqaradi va ulardan foydalanadi; Eng samarali xisoblangan quvvat xo’jaligining aralash turida korxona elektr quvvati, gaz va suv bilan markazlashgan rayon yoki shahar tarmoqlari orqali ta’minlanib, bug’, muz, bosim ostidagi havolarni esa o’zida ishlab chiqaradi, chunki bularni uzoq masofaga uzatish quvurlarda ko’p kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Shunga o’xshash quvvat uskunalarni ekspluatatsiyasi va ta’miri markazlashgan, markazlashmagan hamda aralash turlardan iboratdir. Markazlashgan turida quvvat uskunalarni xizmati va ta’miri maxsus ekspluatatsion hamda ta’mir – o’rnatish quvvat tsexlar tashkil qilinadi. Markazlashmagan turda ta’mir – o’rnatish quvvat tsexlar faqat quvvat uskunalarining kapital ta’mirini o’tkazadi. Joriy ta’mirlar, uskunalar nazorati esa ishlab chiqarish tsexlarining ichki xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Aralash turi yuqorida qayd etilgan 2 turini birlashtirishdan iboratdir. Davlat quvvat tarmog’i ("Energosbit") korxonalar bilan elektr yuklamalar grafigiga binoan elektr quvvati bilan ta’minlash uchun shartnomalar tuzadi. Ishlab chiqarish maqsadlariga sarflanadigan elektr quvvatining rejalashtirilgan ehtiyoji har bir quvvat turi bo’yicha ularning sarf normalari va ishlab chiqarriladigan mahsulot turlarining ishlab chiqarish dasturi asosida belgilanadi 3. Elektr va issiqlik xo’jaliklarining ahamiyati. Korxonaning issiqlik xo’jaligi uni bug’ va issiq suv bilan ta’minlaydi. Bu quvvat turlari texnologik maqsadlarga, ishlab chiqarish va maishiy binolarni isitish hamda xo’jalik maqsadlar (oshxona, dush va kir yuvish xizmati)ga sarflanadi. Issiqlik xo’jaligi tarkibiga tegishli tizimi bilan qozonxona, issiqlik ishlab chiqaruvchi uskunalar va turli xil issiqlik apparatlari kiradi. Qozonxona quvvati va qozonlar soni ishlab chiqrish ehtiyojiga bog’liqdir. Yoqilg’i sifatida ko’mir, torf, o’tin, mazut, tabiiy gaz ishlatiladi. Shulardan gazli qozonxonalar eng afzal va tejamli xisoblanadi, chunki tabiiy gazdan foydalanish mehnat sharoitlarini va korxonaning sanitariya gigiena xolatini yaxshilaydi, yoqilg’i bilan ta’minlash bo’yicha takomillashtirishga xizmat qiladi. Sarflanish xususiyatlariga binoan, elektr quvvati, texnologik, isitish va yoritish jarayonlariga taalluqlidir. Texnologik; maqsadda iste’mol etiladigan elektor quvvat sarf uni ishlab chiqarish hajmi, dvigatel bir ish soatda sarflash miqdori, dastgoxlar turi, ularning rejalashtirish davridagi ishlash soati va jixozlar soniga binoan aniqlanadi: Mg = M1 * V * N Bu erda: Mg — dvigatellarga sarflanadigan elektor quvvatining miqdori, M1 – dvigatelning 1 soat ishlash vaqtiga sarflaydigan quvvat miqdori V – dvigatelning ishlash vaqti N – dastgoxlar soni Yoritish uchun sarflangan elektr quvvati-yoritkichlarning soni, ularning quvvati va yoritish davriga binoan aniqlanadi. Elektor - energiyani korxonaning shoxobchalarida va (quvvatni) boshqa turga aylantirish qurilmalaridagi yo’qolishini xisobga olish maqsadga muvofiqdir. Korxonaning elektor - energiya va issiqlikga bo’lgan ehtiyojini aniqlash quvvat xo’jaligi faoliyatini rejalashtirishning muhim omilidir. KOOS korxonalarida energstik resurslarini tejashning asosiy yo’nalishlaridan biri ulardan qaytadan foydalanishdir. Qaytadan foydalanilgan energiya texnologik jarayon uchun yaratilgan, lekin ular boshqa jarayonlarda ham ishlatilishi mumkin. Elektr quvvatining asosiy qismi texnologik jarayonlarni takomillashtirish evaziga tejaladi. Ularni intensivlashtirish — zamonaviy jihozlarning qo’llanilishi, mahsulot birligiga sarflanadigan energiya miqdorini kamaytirish va imkoniyatlarini kengaytiradi. Quvvat uchun haq to’lash tizimi. Elektr quvvati va issiqlik uchun to’lanadigan haq ularni ishlab chiqarish va ta’minlash manbasiga bog’liq. Agar elektr quvvati va issiqlik korxonani o’zida ishlab chiqarilsa, u xolda 1 kvt va GDj (G kal) lar tannarxning kalkulyatsiyasi tuziladi, iste’mol uchun bu tannarxga QQS qo’shiladi. Elektr yoki issiqlik quvvatlar bilan korxona davlat tizimi orqali ta’minlansa, u xolda ularning qiymati 2- yoqlama tarif bo’yicha aniqlanib to’lanadi. Bu ta’rifning mohiyati shundan iboratki, korxona aloxida ulangan elektro dvigatellarning nominal jami quvvati uchun va aloxida haqiqiy sarflangan elektr quvvati uchun haq to’laydi. Ya’ni, ta’rifning 1- qismi biriktirilgan (ulangan) quvvat uchun to’langan, 2- qismi esa iste’mol etilgan elektr quvvati uchun to’lanadi. Shunday kitob 2-yoqlama tarifning tarkibi quyidagilardan iborat: Ulangan elektr kuvvat uchun (transformatorlarning quvvati bo’yicha) korxona belgilangan tarif asosida, qancha elektr quvvatini sariflaganidan qat’iy nazar, asosiy haq to’lanadi. Schechik ko’rsatmasiga binoan haqiqiy iste’mol qilingan elektr quvvatining hajmi bo’yicha va 1 kvt.s uchun belgilangan tarif asosida qo’shimcha haq to’lanadi; Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling