Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Download 0.97 Mb.
|
коос маъруза 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollari
- 8. MODUL. OMBOR XO’JALIGINI TASHKIL QILISH. Reja
- Ombor turlari.
Tayanch so’zlari:
Uzlukli transprot vositalari – avtomobil, elektrokara, avtopogruzchik, elektrovoz va boshqalar. Uzluksiz transport vositalari – konveyer, quvurlar. Tashqi transport – temir yo’l stantsiyasi boshqa – korxonalar va tashkilotlararo aloqani ta’minlovchi vositalar. Tsexlararo transport – yuklarni korxona ichida, bo’limdan – bo’limga tashish vazifasini bajaradi. Tsex ichidagi transport – yuklarni ish joylariga, bo’limma va omborlarga tashish vazifasini bajaradi. Nazorat va muhokama uchun savollari: Transport ho’jaligining tarkibi va vazifalari nimalardan iborat? Transport vositalarining turlari qanday? Transport vositalarga bo’lgan ehtiyoj qanday aniqlanadi? Transport ho’jaligining samaradorligi qanday ko’rsatkichlar bilan belgilanadi 8. MODUL. OMBOR XO’JALIGINI TASHKIL QILISH. Reja: Ombor xo’jaligini ahamiyati va vazifalari. Ombor turlari. Ombor xo’jaligining ko’rsatkichlari. 1. Ombor xo’jaligini ahamiyati va vazifalari. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida ombor xo’jaligi yordamchi xo’jaliklar tarkibida muhum o’rin tutadi. Ombor xo’jaligini mohiyati xom ashyo materiallar, yoqilg’i va tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayonlarni uzluksiz va bir maromda o’tishini ta’minlash maqsadida sifat va miqdoriy jixatdan zarur zaxiralarni saqlashdan iborat. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida ombor xo’jaligini tashkil etishda ushbu soxalarning spetsefik xususiyatlari va kimyoviy xom ashyo materiallarning agregat xolatlarini inobatga olish lozim: agressiv, zaharlantiruvchi, portlashi, yonib ketish xavfi va xokozolar. Qator kimyoviy moddalar bir-biriga zararli ta’sir etadi. Kimyo korxonalarida qayta ishlatiladigan va ishlatilmaydigan chiqindilar xosil bo’lib ularning ko’pchiligi zararli xossalarga egadirlar. Ularni saqlash uchun ham maxsus omborlar tashkil etiladi. Kimyoviy suyuqliklarni saqlashda ularni muzlash temperaturasiga etibor borish lozim. Masalan muzlash t-si “0” ga yaqin bo’lgan suyuqliklar (organik kislotalar,oleum, muzlagan uksus kislotasi va boshqalar)ni yopiq va istiladigan xonalarda saqlash talab etiladi, miniral kilotalarni (N2 SO4 , HCI, HNO3) esa ochiq erda joylashgan bak va tsisternalarda saqlash mumkin. Aloxida e’tiborni zaharli va radioaktiv moddalarni saqlashga qaratish lozim. Shuning uchun ham kimyoviy moddalarni omborlarda saqlash ancha murakkab masaladir. KOOS korxonalarida ombor xo’jaligini tashkil etishda quydagi shartlarni bajarish lozim: qo’llaniladigan qadoqlash buyumlar (tara) ishonchli va mustaxkam bo’lishi kerak; kimyoviy moddalarning transportirovkasi (korxonaning o’zida) mexanizatsiyalashgan bo’lishi lozim; tsex va omborlarda agressiv suyuqliklarni mexanizatsiyalash talabga muvofiqdir; portlovchi va yonuvchi moddalarni saqlashda talablarga qat’iy rioya qilish; ombor ishlarini xavfzisligini ta’minlash xodimlarni yong’inga qarshi qoidalarga rioya qilishlarini nazorat etish; ombor va rezervuarlarni qurishda me’yor (normalar)ga to’liq amal qilish. Moddiy boyliklarni saqlash funktsiyasidan tashqari ombor xodimlari ularni sifati va hajmini doimo nazorat qilishi hamda tegishli hujjatlarni tuzishlari shart. 2. Ombor turlari. KOOS korxonalarida omborlar quyidagicha tavsiflanadilar: saqlanuvchi materiallar turiga binoan – xomashyo va materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulot, chiqindilar, yoqilg’i, dastgox va uskunalar, zaxira qismlari; mohiyati bo’yicha – ta’minot va sotish omborlari; saqlanuvchi yuklar nomenklaturasiga ko’ra – universal (turli xil moddalar saqlanadigan) va ixtisoslashtirilgan (ma’lum materiallar turlari saqlanadigan – kislota, suyuq va qattiq yoqilgi, lak – buyoq) omborlarga bo’linadilar; Ishlab chiqarish maydonchasi hududida omborlarni joylashtirish yuklarning eng kam harakat doirasi yoki yo’nalishini ta’minlashi zarur. Odatda omborlar asosiy yuk tashish yo’nalishlarida va asosiy tsexlarga yaqin joylashgan bo’ladi. Umumiy omborlarning rejali ish hajmlarini hisobida oldindan belgilangan va amalda qo’llanilgan saqlash normativlardan foydalaniladi. Omborlarning oylik va yillik ekspluattsion harajatlar rejasi xodimlarning ish haqi, elektr quvvati va yoqilg’i sarflari, amortizatsiya va ta’mir sariflaridan iborat. Shu bilan birga har bir ombor bajarishi shart bo’lgan ish hajmi ko’rsatiladi. Ombor ishini taxlili: omborlar bo’yicha yillik yuk aylanmasi (oboroti)ning miqdori; materiallarning ombordagi aylanish tezligi; ombor satxidan foydalanish darajasi; ombor ishlarining mexanizatsiyalashgan darajasi; bir o’lcham materiallarning ombordagi saqlash va ishlov berish tannarxi; ombor xodimlarining mehnat unumdorligi; barcha iste’molchilarni materiallar bilan uzluksiz ta’minlash; avtomobil va temir yo’l transporti ishsiz to’xtashlarini kamaytirish ishlari bo’yicha olib boriladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling