Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Ish joylari (o’rinlari)ni tashkil etish


Download 0.97 Mb.
bet34/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

2. Ish joylari (o’rinlari)ni tashkil etish.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning eng muhim yo’nalishlaridan biri ish o’rinlarini tashkil etishdir. Chunki ish o’rni mehnatni tashkil etish tizimining eng asosiy bo’g’inidir. Har bir ishchining o’ziga biriktirilgan ishlab chiqarish vazifasini o’z vaqgida bajarishi, mehnatining unumdorliga, avvalo, u ishlaydigan ish o’rnining to’g’ri tashkil etilishiga bog’liqdir.
Ish o’rni deb, bajariladigan ishning harakteriga bog’liq holda zarur jihoz va boshqa mehnat vositalari bilan ta’minlangan, ishlab chiqarish jarayonining bir yoki bir nechta texnologik operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan, bir yoki bir necha ishchi ishlaydigan muayyan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi.
Mehnatni tashkil etish shakli (mehnat taqsimoti darajasi)ga ko’ra, ish o’rni yakka (individual) va jamoa (brigada) ish o’rinlariga bo’linadi. Ish o’rni tashkil qilinganda bir ish o’rnida bitta ishchi ishlaydi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, birinchidan, har bir ishchining bajargan ishini ham miqdor, ham sifat jihatdan aniq hisobga olish mumkin bo’ladi; ikkinchidan, ish sifati, jihozlarni saqlash va ulardan to’g’ri foydalanish uchun ishchining mas’uliyati ortadi; uchinchidan, mehnat harakatlari, usul va yo’llarini ratsionallashtirish va unumsiz harakatlarni bartaraf qilish imkoni tug’iladi.
Jihozlarning o’rnatilish soniga ko’ra, ish o’rinlari bir stanokli, ko’p stanokli va jihozsiz ish o’rinlariga ajratiladi. Ko’p stanokli ish o’rinlari mehnatni tashkil qilish shakliga ko’ra, bir xil turdagi va har xil turdagi jihozlar bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin.
Mehnat jarayonining harakteri va mexanizatsiyalash darajasiga ko’ra, ish o’rinlari qo’lda bajariladigan ish o’rinlari, mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish o’rinlariga bo’linadi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakli, ixtisoslashtirish va mahsulot nomenklaturasining doimiyligiga ko’ra, ish o’rinlari yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish ish o’rinlariga bo’linadi. Yakka ishlab chiqarishdagi ish o’rinlari ko’p miqdorda xilma-xil opsratsiyalar bajarilishi bilan tavsiflanadi. Seriyali ishlab chiqarish usuli mehnat jarayonidagi ish usullarining takrorlanib turishi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarishning ommaviy usulida har bir ish o’rniga bir-ikkita operatsiya biriktirib qo’yiladi.
Ishlarning bajarilish harakteriga ko’ra, ish o’rinlari 2 turga: statsionar (qo’zg’almas) va ko’chma ish o’rinlariga ajratiladi. Statsionar ish o’rni ishchining ish joyi doimiyligi bilan tavsiflanadi. Ko’chma ish o’rni uchun ishning bajarilishiga qarab ishchi doimo bir joydan ikkinchi joyga o’tib mehnat qilishi xosdir. Masalan, elektrik va mexaniklarning ishi ko’chma ishlar jumlasiga kiradi.
KOOS korxonalarida ish o’rinlarini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir. Shuning uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish tadbirlari orasida ish o’rinlarini ratsional tashkil qilish muhim o’rinni egallaydi.
Ish o’rinlarini oqilona tashkil qilish deganda, jihozlarning texnik imkoniyatlaridan, ish vaqti va ishchi kuchidan to’liq foydalanishga, ish sharoitlarining qulayligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar majmui tushuniladi.
Ish o’rnini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e’tibor berish kerak: ish o’rnida zarur jihoz va texnik vositalar, yarim tayyor mahsulotlar va materiallar mavjud bo’lishi; jihoz, texnik vositalar va boshqa mehnat buyumlari foydalanish uchun qulay joylashtirilishi; ish o’rinlari zarur materiallar va hokazolar bilan uzluksiz ta’minlab turilishi; ish o’rni ishchining mehnatini engillashtiradigan moslamalar bilan ta’minlanishi kerak.
Ish o’rnini oqilona tashkil qilishda xo’jalik inventar, jumladan mebel konstruktsiyalari va o’lchamlari namunaviy loyihalarga mos kelishi, operatsiyani bajarish uchun zarur bo’lgan mayda mexanizatsiya vositalari (maxsus papkalar, maxsus lineykalar va h.k. )ning mavjudligi, ishchiga ma’lum ishlab chiqarish operatsiyasi biriktirilganligi va ish bilan to’la ta’minlanganligi, mehnat buyumlarni ish o’rniga uzatish va ishlov bergandan keyin olib qo’yish usullariga ishchining ish o’rnida (ish stoli va mehnat buyumiga nisbatan) o’rnashishi, ish harakatlarini bajarishi namunaviy loyihaga muvofiqligi, ish o’rnining yoritilish darajasi, qo’l ishlarida ishlatiladigan moslamalar va hokazolarning taxt turishi, ishchining ish o’rnida aloqa vositalari bilan ta’minlanganligiga, ish o’rnida sanitariya-gigiena va xavfsizlik texnikasi sharoitlari yaratilganligi, ish o’rni texnik xujjatlar bilan ta’minlanganligi e’tibor berish kerak.
Ish o’rinlarini rejalashtirish, jihozlash, ularga xizmat ko’rsatish va me’yoriy mehnat sharoitlari yaratish kompleks tarzda olib borilishi lozim.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling