Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Biznes rejaning tarkibiy qismlari
Download 0.97 Mb.
|
коос маъруза 2017
3. Biznes rejaning tarkibiy qismlariBiznes-reja besh qismdan iborat: umumiy, marketing, ishlab chiqarish, moliya, tashkiliy qismlar. Umumiyga titul varag’i, kirish qismi, tarmoqdagi axvol taxlili, taqdim etilayotgan loyiha mohiyati, xatarlik bahosi va qo’shimchalar kiradi. Titul varag’ida firmaning to’la nomi va mazmuni, tadbirkorning ismi va uy telefoni, taqdim etilayotgan loyihaning qisqacha mohiyati, loyihaning yalpi qiymati kabilar ko’rsatiladi. Shu erda ko’zda tutilgan sarmoya manbaalari, ya’ni aktsiya chiqarish, zayom va boshqalar ko’rsatilishi mumkin. Albatta hujjatda keltirilgan ma’lumotlar sir saqlanishi qayd qilinadi. Bu tadbirkorning g’oyasini ximoya etish uchun kerakdir. Kirish qismi qisqa va aniq bo’lib, u investorda qiziqish uyg’ota oladigan darajada bo’lishi kerak. Chunki investor shu joyi bilan tanishib, bir fikrga kelishi yoki aks xolda butun biznes-rejani to’lig’icha ko’rib chiqishga majbur bo’ladi. Kirish qismida tashkil etilajak korxona nima bilan shug’ullanishi, qancha pul sarf etilishi, mahsulotga bo’lgan talab qanday bo’lsa tadbirkor muvaffaqiyat qozonishi mumkinlishi kabi tushunchalarni aniq, tushunarli ravishda qisqa qilib yoziladi. Tarmoqdagi ahvol taxlili yangi korxona g’oyasi bilan bog’lab ximoya etiladi. Raqobat kurashidagi yangi korxonaning imkoniyatlari, uning mahsuloti taqdiri shu korxona faoliyat ko’rsatadigan ishlab chiqarish axvolidan kelib chiqish aniq ko’rsatilishi kerak. Bunda tarmoqdagi joriy axvol, rivojlanish mazmuni, raqiblar va ularning yangi korxonaga munosabati ta’siri kabilarga e’tibor beriladi. Shu bilan birga yangi korxona mahsuloti aynan qaysi iste’molchilarga qaratilganligi, aniq bozor segmenti ko’rsatiladi. Bu tarmoqning istiqboli xukumat hisoboti, tarmoqlar birlashmasi hisobotlariga asoslangan xolda ko’rsatilishi ham ahamiyatlidir. Chunki investorlar tez rivojlanayotgan tarmoqlarga sarmoya quyishni ma’qul ko’radilar. Loyiha mohiyatida investorning korxona qaysi yo’nalishdaligi va hajmini bilish uchun mahsulot yoki xizmat turini to’la ko’rsatish, firmaning qanday binolarga joylashishi, qaysi mutaxassislar kerakligiga oid ma’lumotlar keltiriladi. Xatarlilikni baxolash yangi korxonalar uchun ham zaruriy talabdir. Ma’lumki, yangi biznes juda ko’p to’siqlar, qiyinchiliklarni engib borishi darkor. Bularning oldini olish uchun firma o’z strategiyasiga ega bo’lish zarurdir. Biznes-rejaning mazmunini ko’rsatuvchi asosiy qismlari moliya, marketing, ishlab chiqarish tashkiliy tomonlaridan iboratdir. Korxona-firmaning umumiy faoliyati shu soxalar faoliyati yig’indisidan tarkib topadi. Yangi korxonaning o’zi bajaradigan jarayon bo’yicha ishlab chiqarish oqimi chizig’ini tuzish va biznes-rejada aks ettirish kerak. Shu bilan birga ishlab chiqarish jixozlari, xom ashyo, materiallar ro’yxati berilib, ular bilan ta’minlovchi firma yoki korxonalarga oid ma’lumotlar, bu vositalarning taxminiy qiymati ko’rsatiladi. Shuningdek, kelajakda zaruriyati tug’iladigan jixozlarning ro’yxati, ish kuchi to’g’risida xisob-kitoblar ham mazkur kiritiladi. Basharti korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmay, boshqa soxada faoliyat ko’rsatishi ko’zda tutilsa, bunday xolda rejaning tuzilishi boshqacha bo’lib, o’zgacha otaladi. Masalan, tovar muomalada, sotuvda bo’lsa “Savdo rejasi” deb atash mumkin va buncha oid jarayon va asosiy xodimlar o’rin olishi kerak. Shuningdek, planda tovar sotib olish, tovar zaxiralari darajasi va omborlar joylashuvi, jarayonlar nazorati tizimi kabilar ko’rsatiladi. Marketing rejasi. U yangi korxonaning biznes-rejasining muhim tarkibiy qismi bo’lib, mavjud korxonalar uchun ham zarurdir. Marketingning vazifasi muvaffaqiyatli ravishda bozorni egallashdir. Buning uchun avvalo muhim omillarni aniqlash zarur bo’lib, ular tashki va ichki omillarni o’z ichiga oladi. Tashki omillarni tadbirkor o’zgartira olmaydi. Iqtisodiy, demografik, madaniy, texnologiya rivoji, talab harakati, mavjud qonunlar amali, raqobat kurashi, xom ashyo va materiallar taklifi kabilar tashqi omil xisoblanadi. Ichki omillar moliya resurslari, kadrlar xolati, ta’minot, maqsad va vazifalardan iboratdir. Tovarning taklifga mos kelishi, baxoni to’g’ri belgilay olish, tovar o’tkaza olish yo’llarini topa bolish, reklama ishini tashkil eta bilish kabilar bu san’atning natijalari bo’ladi. Masalan, ishlab chiqarish vositalari yaratuvchilar aniq haridorlar uchun ishlaydi. xizmat ko’rsatish soxasini olsak, bevosita ishlab chiqarish jarayonida iste’mol etiladi va sotishda vositachlarning keragi yo’q. Iste’mol buyumlarini haridorga sotish esa butunlay boshqacha sharoit va usulda amalga oshadi. Maketing rejaning asosini real isbotlar va taxlillar tashkil etishi, unda barcha mavjud resurslardan to’la unumli foydalanishini ko’zda tutishi, ko’zda tutilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmaga ega bo’lishi istiqbolni e’tiborga ola bilishi, reja matnida aniqlik, qisqalik, sermazmunlik va yuzaga keladigan o’zgarishlarni qabul qila oladigan bo’lishi, miqdoriylikka ega bo’lishi va aniq nazoratni ta’minlay olishi kerak. Marketing rejaning ijrosi nazoratni talab etadi. Bu reja ko’rsatkichlarini diqqat-e’tiborda tutish, ya’ni mahsulot xillari bo’yicha sotuv hajmi, savdo agentlari va mintaqadagi buning xolatini kuzatish tufayli amalga oshadi. Bunga taaluqli qanday axborot tadbirkorning o’z vaqtida strategiyani o’zgaritirish hamda zarur qarorga kelish va foydali chora-tadbirlar qo’llashga undaydi. Moliya rejasi. Potentsial investor nuqtai nazaridan u aloxida o’rin egallaydi, chunki istiqbol yangi korxonaning zarurligiga asoslanadi va iqtisodiy nuqtai nazardan bu loyiha qanchalik amaliy ekanligini isbotlaydi. Moliya rejasi uch qismdan iborat. Birinchisi, daromad va harajat bo’yicha umumiy ma’lumot bo’lib, bu xech bo’lmaganda 10 yilga tuziladi, uning birinchi yili oylarga bo’linadi. Bunda sotuv hajmi, tannarx va harajatlar moddama-modda keltiriladi. Daromad solig’i darajasini e’tiborga olgan xolda bu ma’lumot asosida korxonaning kelajak sof foydasini aniqlash mumkin. Ikkinchisi, naqd pul to’g’risida kelajak ma’lumoti bo’lib, bu ham kamida uch yilga tuziladi va birinchi yili oylarga bo’linadi. Naqd pul miqdorining ahamiyati shundan iboratki, naqd pulga bo’lgan talablarni aniqlash uchun (pul tushumlarining muxlatlari turli bo’lishi sababli) kerakdir. Ma’lumki, daromad oylar va mavsumlar bo’yicha pul tushumiga qarab bir xil bo’lmaydi. Ko’pincha korxona xissasiga pul o’tkazishlar kechikib turishi mumkin. xatto tovar-xizmatlar haridi yuqori darajada bo’lsa ham daromadlar o’z vaqtida bo’lmay ish haqi, elektr, suv, gaz kabilardan foydalanish to’lovlari uchun qisman muddatli qarzlardan foydalanish zaruriyati tug’ilib turadi. Moliya rejasining uchinchi qismi aktiv va passivlar, istiqbolli yoki balans planidan iboratdir. Bu rejada korxonaning aktiv va passivlarini ko’rsatish, ishlab chiqarishni rivojlashtirish uchun tadbirkor va uning sheriklari tomonidan foyda qismi o’z o’rnini topadi. Investorning to’g’ri echimiga kelishi uchun rejada moliya planiga oid taxmin, asoslarning ham keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, moliya rejasi tadbirkorlik uchun korxona-firma pulini qaerdan va qanday, qancha olishi to’g’risida to’la axvolni aniqlab berishi, shu bilan birga pullar qaerda, qachon va sarflanishini aks ettiradi. Shunda tadbirkor korxonaning yil oxirida moliyaviy axvoli qanday bo’lishi to’g’risidagi aniqlikka ega bo’ladi. Moliya rejasi oylarga taqsimlangan xolda tuzilganligi sababli firmada joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish va yangi korxonalarga xos bo’lgan pul etishlovchiligining oldini olib borish imkoniyatini tug’diradi. Tashkiliy reja. Bu rejada tashkil etilayotgan korxonaning mulk shakli, korxona xili, rahbariyat turkumi, tashkiliy tuzilish, faoliyat yo’nalishi, bino va inshoatlarning joylashuvi, huquqiy va boshqaruv shakli, mulk shakllariga qarab soliq qonunlarining qo’llanishi, chetdan jalb etiladigan maslaxatchilar xizmati kabilar o’z o’rnini topadi. Mulk shakliga kelsak, u uch xil bo’lishi mumkin: mulkning yakka egaligi, birlashma va aktsiyali jamiyat – xissadorlik mulki. Tashkiliy rejada bular aniq ko’rsatilishi kerak. Agar birlashma bo’lsa, sheriklar va kelishuv shartlari to’g’risidagi ma’lumot beriladi. Aktsiyali jamiyat bo’lsa, asosiy xissadorlar va ularning asosiy kapitaldagi qismi ko’rsatiladi. So’ngra qancha aktsiya chiqarilgan va yana qancha chiqarilishi kerakligi belgilanadi. Direktorlar kengashi a’zolari haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Shu bilan birga rahbariyat o’rtasida maoshi, mukofot va qo’shimcha to’lovlar kabilar tashkiliy rejaga kiritilishi kerak. Tashkiliy rejada o’rin olishi kerak bo’lgan keyingi qism rahbariyat tarkibi, yangi korxonaning tashkiliy tuzilmasi bo’lib, rahbar har tomonlama ishonchli, obro’li bo’lishi talab etiladi. Tashkiliy tuzilmada har bir ijrochi va uning aniq vazifalari, boshqa xizmatchilar bilan bo’ladigan aloqasi ko’rsatildi. Ish natijalari, maqsadli ko’rsatkichlar ifodalanib, bu orqali har bir xizmatchini faoliyatiga baxo berish imkoni tug’iladi. Tadbirkor har bir xizmatchining tanlash tamoyilini belgilaydi, ishlovchilarning malakasi oshirish usullarini e’tiborga oladi. Ish xajmi ortib borishi bilan tadbirkor-rahbar ba’zi vazifalarni yangi qabul qiladigan xizmatchilarga, menejerlarga bera boshlaydi. Lekin bari-bir tadbirkorning asosiy mijozlar bilan bo’ladigan aloqani e’tibordan qoldirmay, bunda juda extiyotkorlik va bilimdonlik, yuz beradigan kelishmovchiliklarni darrov oldini oladigan bo’lishi talab etiladi. Resurslarni taqsimlash, savdolashuvlar ustida ham shuni aytish kerak. Chunki baribir bu ishlarda tadbirkorning o’zi asosiy rol o’ynaydi va u doimo bu vazifalarni o’z diqqat-e’tiborida tutadi. Tashkiliy rejaga kiritiladigan va yangi korxona ochishning tayyorgarlik davrdagi eng muhim echimlardan yana biri korxonani joylashtirish tanlovdir. Avvalo bu korxona xususiyatiga bog’liq bo’lib ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish ekanligi bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish korxonasi bo’lsa mehnat resurslari xolati, buyurtmachilar va ta’minotchilargacha bo’lgan masofa, omborlar mavjudligi kabilar asos bo’lib xisoblanadi. Umuman, korxona qaysi xususiyatda, soxada bo’lmasin, joy tanlashda barcha omillarni va barcha tomonlarni imkoni boricha to’la xisobga olishga harakat qilish kerak. Yuqorida qayd etilganlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish yangi korxona barpo qilishda juda muhimdir. U albatta ma’lum vaqt, g’ayratni talab etadi va u ish boshlovchi tadbirkor uchun birinchi yili aniq yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling