Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Biznes-reja asosiy bo’limlarining mazmuni


Download 0.97 Mb.
bet60/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

Biznes-reja asosiy bo’limlarining mazmuni


Biznes-rejada mo’ljallanayotgan loyixaning tabiatiga qarab uning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan bo’limlar bo’lishi mumkin, lekin biznes-rejadek bu ish xujjatlarning mazmuni, umuman olganda, bir qolipda bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak.
1. Rezyume. Biznes-rejaning birinchi va qisqa bo’lgan bu bo’limida keyingi bo’limlarining umumiy xulosalari keltiriladi. Rezyumeni to’g’ri tuzishning muhimligi shundaki, bo’lg’usi investorlar, - bular esa odatda biznesmalar, ya’ni doimo band bo’ladigan kishilardir, taklif etilayotgan loyixaning qisqa bayonidagi dastlabki so’zlardan uning samaradorligiga va niyat qilingan shu loyixani amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil qiladigan bo’lishi kerak. Rezyumeda quyidagilar nixoyatda qisqa qilib bayon etiladi:
a) loyixaning mohiyati, uning maqsadlari va samaradorligi;
b) loyixani aniq bozor sharoitlarida amalga oshirish mumkinligi;
v) loyixaning kim va qanday qilib amalga oshirish;
g) loyixaning mablag’ bilan ta’minlanish manbai;
loyixani investitsiyalashdan ko’rilishi mumkin bo’lgan foyda, sotuv hajmi, ishlab chiqarish va molni o’tkazishga bo’ladigan harajatlar hajmi. Foyda me’yori, sarf-harajatlarning qancha muddatda o’rni to’lishi va investitsiyalangan mablag’larning qachon qaytib kelishi;
2. Tovar (mahsulot yoki xizmat) turlari:
a) ishlab chiqariladigan mo’ljaldagi mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmatlar qanday talablarni qondiradi;
b) bularning bozorda mavjud bo’lgan shu xildagi mahsulot yoki xizmatlarda qanday afzalliklari bor;
v) ishlab chiqariladigan mo’ljaldagi mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmatlar qanday mualliflik huquqlari bilan ximoyalangan.
3. Mol o’tkaziladigan bozor (marketing):
a) mahsulot yoki xizmatlarning asosiy iste’molchilari kimlar;
b) xozirning o’zida va kelgusida qanday hajmlarda mol o’tkazish mumkin;
v) asosiy raqiblar kim, ulardan sotuv hajmlari, marketing strategiyasi, realizatsiyadan olayotgan daromadlari;
g) raqiblarning mahsuloti qanaqa, asosiy harakteristikalari, sifatining darajasi;
d) raqiblar qanday bahoda mahsulot sotishida yoki xizmat ko’rsatishadi, ularning baho siyosati.
4. Marketing strategiyasi:
a) mahsulot yoki xizmatlarni ichki va tashki bozorda taqsimlash va o’tkazish yuzasidan ko’zda tutilayotgan tizim;
b) realizatsiya bahosi va baho qo’yish strukturasi;
v) reklamaga doir zarur chora-tadbirlar, reklama vositalari va reklamaga qilinadigan sarf-harajatlar strukturasi;
g) molni o’tkazish, sotishga yordam beradigan chora-tadbirlar – pablik releyshnz, haridorlarga qo’shimcha imtiyozlar, sotuvdan keyin ko’rsatiladigan xizmatlar va boshqalar.
5. Ishlab chiqarish dasturi:
a) qaerda mahsulot ishlab chiqariladi yoki xizmatlar ko’rsatiladi;
b) yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratish kerakli yoki ishlab turgan korxonadan foydalanish (qayta uskunalash) mumkinligi;
v) rejalashtirilayotgan korxonada eng ma’qul keladigan ishlab chiqarish hajmi qancha;
g) eng ma’qul quvvatga etishmoq uchun qancha investitsiyalar zarur;
d) korxona xom ashyo, butlovchi qismlar, boshqa ishlab chiqarish omillari bilan qanday ta’minlanadi;
e) texnologiya va asbob-uskunalardan qanay foydalaniladi;
j) korxona boshqa korxonalar bilan birgalikda ishlaydimi.
6. Ishlab chiqarishni tashkil qilish:
a) rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy sxemasi qanday bo’ladi;
b) korxona kadrlar bilan qanchalik ta’minlangan, ishlab turgan mutaxassislarning ro’yxati, malakali va ish tajribasi;
v) har xil toifaga ega bo’lgan xodimlar mehnatga qay darajada, qanday shaklda xaq to’lanadi, jumladan ularga qanday maxus imtiyozlar beriladi;
g) korxonaning texnologik sxemasi qanday bo’ladi.
7. Korxonaning tashkiliy-rejaviy shakli:
a) rejalashtirilayotgan korxonaning huquqiy mavqei, mulkining shakli qanaqa (shirkat, aktsionerlik jamiyati, kooperativ, ijara korxonasi, qo’shma korxona va x.k.);
b) bo’lg’usi investor korxonada qanday huquqlarga ega bo’ladi (boshqarishda ishtiroq etishi, aktsiyalar nazorat paketiga egalik qilishi, oddiy aktsioner bo’lishi), korxonaning xomiysi yoki investori kim (davlat idorasi yoki kontsern, bank, xususiy korxona va boshqalar);
v) mavjud xomiy yoki investorlar qanday huquqlarga ega bo’ladi (boshqarish, moliyaviy nazorat huquqiga);
g) mazkur shakldagi mulkka ega bo’lgan korxona qanday yuridik huquqlarga ega (korxonaning huquqiy mavqeini tartibga soluvchi qonun-qoidlaradan qisqacha ko’chirma beriladi), bo’lg’usi investor o’ziga taklif etilayotgan huquqlar (birgalikda egalik qilish, xomiylik, aktsioner huquqi) ni qo’lga kiritishi uchun u qanday yuridik aktlarni bajo keltirishi maqsadga muvofiq va bu narsa milliy va maxaliy qonunlarga ko’ra qanday huquqiy javobgarlikni zimmaga yuklaydi.
8. Moliyaviy reja:
a) korxonani barpo etish uchun umumiy investitsiya hajmi qancha bo’lishi zarur;
b) mablag’ bilan ta’minlash manbaalari qanaqa (zaemlar chiqarish, aktsiyalar sotish, bank kreditini olish, korxona ochadigan shaxslarning o’z mablag’lari);
v) mablag’ bilan ta’minlash strukturalari valyutalarning manbaalari va turlari bo’yicha qanday bo’lishi kerak;
g) uzoq muddatli investitsiyalar va aylanma sarmoyalarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish uchun moliyaviy mablag’lar qanday shartlar bilan jalb etiladi.
9. Loyixaning rentabelligi:
a) korxonani tashkil qilishga sarflangan investitsion harajatlarning turlari umuman va mahsulot birligi xisobga olinadi, ya’ni qancha va qanaqa (asosiy va aylanma sarmoyaga, infrastrukturaga beriladigan investitsiyalar va xokazo);
b) rejalashtirilayotgan korxonani ishga tushirish va mahsulot yoki xizmatlarni o’tkazish ishlarini tashkil etish yoki xizmatlarni o’tkazish ishlarini tashkil etish qanchaga tushadi;
v) mahsulot yoki xizmatlarni realizatsiya qilishdan tushadigan umumiy daromadlar qancha bo’lishi mumkin;
g) rejalashtirilayotgan korxona qanday soliqlarni to’lashi kerak;
d) zaem mablag’larini qaysi muddatlarda va qanaqa hajmlarda qaytarish rejalashtirilmoqda;
e) ushbu korxonaning umumiy foydasi umuman qancha bo’lishi mumkin, uning me’yori.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling