Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Download 0.97 Mb.
bet28/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

Nazorat savollari.

  1. Ombor xo’jaligining mohiyati va vazifalari nimadan iborat?

  2. Qanday ombor turlarini bilasiz?

  3. Ombor xo’jaligining miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini ta’riflab bering.



9- MODUL. MAHSULOT SIFATINING TEXNIK NAZORATINI TASHKIL ETISH
Reja

  1. Mahsulot sifati va uni oshirishning ahamiyati

  2. Mahsulotning sifatini boshqarish

3. Mahsulotning sifatini rivojlantirish
4. Korxonalarda mahsulotning sifatini nazorat qilish usullari
1. Mahsulot sifati va uni oshirishning ahamiyati
1.Mahsulot sifati - shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir.
Sanoat mahsuloti sifati korxonaning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarish holati ifodalanadi. Mahsulotning sifati iqtisodiy jixatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mahsulotning sifati iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki uning qiymati sifatiga binoan belgilanadi.
Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
- iste’mol qilish xususiyatlari bo‘yicha talabni qondiruvchi ko‘rsatkichlar. Masalan, stanokning yoki jixozlarning ishlash muddati unumdorligi, aniq ishlashi, ekskovator cho‘michining hajmi, foydali harakat koeffitsienti (FHK) va boshqalar;
- buyumlarni konstruktiv xususiyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Bular - buyumlarning unifikatsiyalashganligi, geometrik o‘lchami;
- buyumlarning pishiqligi, xizmat qilish muddati, ta’mirlash qulayligi. Ular mehnat vositalrining sifat darajasini ifodalaydi. Mashina va o‘lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Masalan, buyumning ishlash muddati, ta’mirlashlararo davrdagi ishlash muddati, unifikatsiyalashtirish darajasi va boshqalar.
-Buyumlarning mustahkamligi – mo‘ljallangan muddatda o‘z xizmat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmay, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish xususiyatidir.
- estetik va ergonomik ko‘rsatkichlar. Estetik ko‘rsatkichlar buyumlarni badiy-konstruktorlik xususiyatlarini (shakli, tashqi ko‘rinishi, rangi) ifodalaydi. Ergonomik ko‘rsatkichlar buyumlarning tuzilishini, psixofizologik va xizmat qiluvchi xodimlarning mehnat gigienasi talablariga mosligini, ulardan foydalanish qulayliklarini ifodalaydi.
- iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Masalan, mahsulotning tannarxida mehnat, materiallar, elektroenergiya salmog‘i, samaradorlik birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning umumiy miqdori. Bu turdagi ko‘rsatkichlarga: nuqsonlarning salmog‘i, sifati qoniqarsiz bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha to‘lanadigan jarimalar, buyumlarni kafolatli ta’mirlab berish xarajatlari va birinchi ko‘rishdayoq sifatli deb topilgan mahsulotning salmog‘i kabi ko‘rsatkichlari kiritiladi.
- buyumlarni sifat navlari. Bu ko‘rsatkichlar iste’mol buyumlariga, ayrim xil mehnat buyumlariga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda mahsulot sifatini his qilish a’zolari yordamida – orgonaleptik usul bilan aniqlash rasmiylashgan. Bu usul – mahsulot sifatini aniqlashning boshqa usullari bo‘lmaganda va asosan oziq - ovqat sanoati korxonalarida qo‘llaniladi.
Mahsulotning sifatini tartibli ravishda yaxshilash bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq faravonligini rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir.
Mahsulotning miqdori va sifati o‘zaro bog‘liqdir. YUqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha xarajatlarsiz oshirish, demakdir.
Mahsulot sifatini oshirish har bir korxona va undagi bo‘limning muhim vazifasidir. Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar dunyo standartlari talablarini qondira oladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling