Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Mahsulotning sifatini rivojlantirish


Download 0.97 Mb.
bet30/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

3.Mahsulotning sifatini rivojlantirish
.Bozor iqtisodiyoti afzalliklari butun mamlakat miqyosida mahsulotning sifatini boshqarish tizimini yaratish imkonini beradi. Bu tizimning iqtisodiy dastaklaridan biri mahsulotning sifat darajasini oshirishni rejalashtirish, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalarda sanoat mahsuloti sifatini oshirishning quyidagi umumiy uslubiy ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi:
1. fan-texnika yutuqlari va ixtirolaridan yanada to‘liq foydalanish asosida yangi xil mahsulotlarni yaratish;
2. yangi buyumlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, shu jumladan, chet el litsenziyalarini sotib olish, yaratilgan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
3. umumiy mahsulot hajmida mamlakat va chet el fan-texnikasining eng yuqori texnikaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan ustun keladigan mahsulotning salmog‘ini oshirish;
4. ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini doimo yaxshilab borish, kostruksiyasini takomillashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish, ilg‘or texnologik jarayonlardan foydalanish va samarali materiallarni qo‘llash asosida yana yuqori navga ko‘chirish.
SHu bilan bir qatorda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’mol qiymatini oshirish, eskirgan turlarini yangilash yoki ishlab chiqarishni cheklash, mahsulot sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy, moliyaviy mablag‘lar va ishchi kuchlari rivojlantiriladi.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitida korxonalarning rejasi mehnatkashlarning ijtimoiy darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarish davlat birlashmalari, sanoat tarmoqlari hamda xalq xo‘jaligini rivojlantirishning rejalashtirish tizimi tobora takomillashtirilib borilmoqda.
Mahsulotning sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar korxona tomonidan mustaqil ravishda davlat standartlari va qonunlarlariga amal qilgan holda hamda iste’molchilarning ehtiyojlarini e’tiborga olgan xolda aniqlanadi va rejaning «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish» qismida ifodalanadi. Unda mahsulotning sifatini oshirishga taalluqli qo‘shimcha xarajatlar, ularning manbai, sifatli mahsulotni tayyorlash va iste’mol qilish natijasida erishiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham ifodalanadi.
Korxona bo‘limlarining rejalarida mahsulotning sifatini oshirish bo‘yicha topshiriq va tadbirlar, ularni bajarish muddati, tegishli xarajatlar, ularning manbai, samaradorligi va boshqa ko‘rsatkichlar belgilanadi.
Attestatsiya texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng oliy, dunyo darajasidagi talablarga, mamlakatning xalq xo‘jaligi, aholisi va eksport talablariga javob beradigan oliy darajadagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlashga qaratilgandir.
Mahsulotlar sifatining davlat tomonidan attestatsiya qilinishi mamlakatimizda iqtisodiy islohotni amalga oshirishdagi muhim tadbirdir. Bu vazifani o‘tkazish o‘z navbatida korxona, vazirliklar va tegishli idoralarda ma’lum tayyorgarlik ishlarini olib borishni talab etadi.


  1. Download 0.97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling