Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


KOOS korxonalarida ish tartibini tashkil qilish


Download 0.97 Mb.
bet36/62
Sana17.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1705617
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
коос маъруза 2017

KOOS korxonalarida ish tartibini tashkil qilish.

KOOS korxonasi ishini vaqt davomida maqsadga muvofiq tashkil qilish korxonani boshqarishning eng asosiy vazifalaridan biridir. Korxonaning yil, xafta, sutka davomida ishlab chiqarish quvvatlari hamda asosiy fondlardan foydalanishning yuqori darajasini ta’minlovchi mehnat sharoitlarini yaxshilash va uning xavfsizligini oshirish bilan birga mehnat unumdorligining yuqori bo’lishi ishlab chiqarish sarf-harajatlarini kamaytirishni ta’minlovchi samarali ish rejimi xisoblanadi. Har bir muayyan korxonaning vaqt davomidagi ish vaqti shu korxonaning ob’ektiv shart - sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Korxona rahbariyati va ishlab chiqarish boshqaruvi apparatining eng asosiy vazifasi — mahsulot birligiga sarf harajatlarning kam bo’lib, ishlab chiqarish samaradorligining yuqori bo’lishini ta’minlovchi vaqt buyicha ob’ektiv ish, rejimini joriy qilishdan iboratdir. Buning uchun korxona rahbarlari shu korxonaning moddiy, texnika, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarini to’liq va har tomonlama ayniqsa, ushbu tarmoqda qo’llaniladigan texnikani mukammal bilishi zarur. KOOS korxonasining ish rejimi ishlab chiqarishni, tashkil qilish jixatlaridan biri bo’lib, u ish smenasi, sutka va yil davomida ishlab chiqarish vositalaridan, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning muayyan jadalligida texnikadan foydalanishni ifodalaydi.
KOOS korxonasining ish rejimi deganda, ular bilan bog’liq bo’lgan barcha ish jarayonlarini vaqt davomida taqsimlanishi tushuniladi.
Korxonaning ish rejimi quyidagi ko’rsatkichlar yil davomidagi ish kunlari, yil davomidagi ish xaftalari, sutka davomidagi smenalar soni va ish smenasining davomiyligi bilan tavsiflanadi.
Korxonaning ish rejimi yil davomidagi ish kunlari soniga ko’ra uzlukli va uzluksiz bo’lishi mumkin. Uzlukli yillik rejimda korxona yoki uning tarkibidagi ayrim bo’linmalari umumiy dam olish kunlarida va bayram kunlarida ishlamaydi. Bu ishlanmaydigan kunlarda ta’mirlash ishlari bajariladi.
Uzlukli rejimda korxona ishlab chiqarishini 5 kunlik xafta buyicha korxonada 7 yoki 8 soatli smenalar asosida ishlab chiqarish tashkil qilinadi va xaftaning ikki kuni umumiy dam olish kunlari bo’ladi.
Korxonaning yillik ish kunlari quyidagicha aniqlanadi:

1 ishchi yillik ish kunlari korxonada har yili tuziladigan ish vaqti balansidan olinadi («Korxona iqtisodiyoti» fani, «Mehnat resurslari» modulsi).
Uzlukli sutkalik ish rejimi bir smenali, ikki smenali, uch smenali bo’lishi mumkin.
Umumiy dam olish kunlariga ega bo’lgan uzlukli ish rejimlarining quyidagi afzalliklari bor:

  • umumiy dam olish kunlarida rejadagi extiyotkorlikni ta’mirlash ishlarini utkazish uchun me’yordagi sharoitlar yaratiladi. Buning natijasida ish vaqtida mashina va mexanizmlar beto’xtov ishonchliligi ortadi;

  • ishchilarning doimiy tarkibi ularni almashtiruvchi smenalarisiz va brigadalarisiz ta’minlanadi;

  • ishchilar uchun madaniy – maishiy va jamoat tadbirlari o’tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Uzlukli ish rejimining kamchiligi — rejalashtirilgan ish vaqti fondining kamaytirishdir. Bu esa ba’zi xollarda korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlardan foydalanishning yomonlashuviga olib keladi.
Uzluksiz yillik ish rejimida korxona yoki uning tarkibiy bo’linmalari umumiy dam olish kunlarisiz ishlaydilar. Bu xolda rejadagi ogoxlantirish, ta’mirlash ishlariga ajratilgan vaqt xisob olinadi:
Tish(u)qTkal – ROT
Bu erda, Tish(u) – korxona yoki tsexning 1 yildagi unumli ishlagan vaqti,
ROT - korxona yoki tsexning 1 yilda rejali-ogoxlantirish ta’mirlarda to’rgan vaqti (kapital, o’rta, joriy, texnik nazorat)
Korxonaning ish rejimi ishchilar mehnat unumdorligi darajasini aniqlovchi omillardan biri xisoblanadi. Oqilona tashkil qilingan ish rejimi bir – biriga bog’liq ishlab chiqarish bo’g’inlarida ishchi brigadalari almashish muddatining mos tushishini, ayrim toifalar va guruxlar buyicha shtatlarning doimiyligini ta’minlaydi.


  1. Download 0.97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling