Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Mahsulotning sifatini boshqarish


Download 0.97 Mb.
bet32/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

2. Mahsulotning sifatini boshqarish
.«Boshqarish» iborasi mahsulot sifatiga oid qo‘llanilganda, uni doimiy nazorat qilish, belgilovchi shart va omillarning maqsadga muvofiq ta’sir etish yo‘llari bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zarur darajada o‘rnatilishi, ta’minlanishi va saqlanishi tushuniladi.
Korxonalarda mahsulotning sifatini boshqarish jarayonlari texnikaviy, tashkiliy-texnologik, nazorat, tashish, saqlash va boshqa jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni mahsulotning sifat darajasini belgilash; unga ta’sir ko‘rsatuvchi buyum yoki uni ishlab chiqarish jarayoninig darajasi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va ularni o‘rganish; mahsulotning sifatini boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va unga ta’sir ko‘rsatishga tayyorlanish; boshqaruv qarorlarini ommalashtirish; boshqarish natijasida mahsulot sifatining o‘zgarishi haqidagi axborotlarni yig‘ish va tahlil qilishdan iborat. Mahsulotni loyihalashtirish ishlab chiqarish va undan foydalanishning barcha bosqichlariga talluqlidir.
Mahsulot sifatini boshqarish standartlashtirishga asoslanadi. Standartlashtirish mahsulotga, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo, materiallar, butlovchi qisimlarga bo‘lgan talablarni cheklaydi va mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; mahsulot sifatini nazorat qilishni baholash usullari va vositalarini o‘rnatadi; mahsulotlarni attestatsiya qilish tartibini belgilaydi; mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini va asbob-uskunalar ta’mirini belgilaydi; mahsulotdan foydalanish shartlarini va qoidalarini tayinlaydi, mahsulot sifati bo‘yicha davlat nazorati o‘rnatishni mo‘ljallaydi.
Korxonalarda mahsulot sifatiga to‘la rahbarlik qilishda: mahsulotning texnikaviy darajasini va sifatini uzoq muddatlarga chamalash; mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish; uni attestatsiya qilish; mahsulotning loyihasini tuzish va ishlab chiqarishga joriy etish; ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash; mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, tarbiyalash va o‘qitish; ishlab chiqarish vositalarini saqlashni va ularni ta’mirlashni tashkil etish; mahsulotning sifatini nazorat qilish, standartlarga, o‘lchov vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish; mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Albatta, yuqori, a’lo sifatli, raqobatbardosh mahsulot korxona va ishlab chiqarish birlashmalarining daromadi (foydasi)ni oshiradi, chunki bunday mahsulotlar nisbatan yuqori baholanadi. Xo‘jalik hisobotini to‘la-to‘kis yuritish, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan qoplash va moliyalashtirish sharoitida sanoat korxonalari va birlashmalarining iqtisodiy manfaatdorligi keskin o‘zgaradi, a’lo sifatdagi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga bo‘lgan manfaatdorligi kuchayadi, yalpi mahsulot realizatsiya qilingandan so‘ng tushadigan foyda va undan davlatga beriladigan me’yor darajasidagi turli to‘lovlar va ajratmalardan tashqari xo‘jalik daromadi ko‘payadi. Bundan korxonalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfatdor bo‘ladilar. CHunki bu foydadagi mablag‘lar korxonani kengaytirish, rivojlantirish, jamoaning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash va mehnatga haq to‘lash kabilarga sarflanadi. YAna eng muhimi shundaki, yil oxirida ortib qolgan mablag‘ korxona ixtiyorida qoladi. SHuning uchun bunday imkoniyatga faqat mahsulot sifatini yaxshilab borish yo‘li bilan erishish mumkin.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling