Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Talab va taklifni bashoratlash usullari
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
3. Talab va taklifni bashoratlash usullari
Joriy va istiqboldagi talab va taklifni o‘rganish jarayonida asosiy muammo ko‘plab qarama - qarshi axborotlarni to‘g‘ri umumlashtirib, to‘g‘ri xulosalar chiqarishdir. Bu bir qator analitik usullar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ularga quyidagilar kiradi: intilish (ekstropolyasiya) usuli; me’yoriy (normativ) usullar; iste’mol miqdori usuli (jumladan, daromad va baholar talabining elastikligi); iste’mol koeffitsentini oxirgi ishlatish usuli; iqtisodiy-matematik usullar; boshqaruvchi ko‘rsatkich usuli; oralatib aniqlash usuli; anketa so‘rovlari va boshqalar. Intilish usuli o‘tgan davr axborotlarini ekstrapolyasiyalash va intilishning parametrlarini aniqlashga asoslanadi (arifmetik, regressiv va boshqa usullar). Iste’mol miqdori usuli ma’lum standart koeffitsientlarga asoslanadi va aniq mahsulotni bevosita iste’mol qilish fursatida ishatiladi. Masalan, avtomobillarga talab darajasi aniq daromad bo‘yicha guruhlarda, firma yo davlat mulkchiligida avtomobillarning miqdorini aniqlash yo‘li bilan ifodalanadi. Talabning umumiy hajmidan avtomobillarning haqiqiy miqdori ayrilsa, qo‘shimcha talab aniqlanadi. Bu usul daromad va baholardan kelib chiqqan holda talabning elastikligini aniqlashga imkon beradi. Oxirgi ishlatish yoki iste’mol qilish koeffitsienti aniq tovarni iste’mol qilish (ko‘pincha boshqa biznes sohalarida) ehtimol variantlar va tegishli koeffitsientlarni aniqlashda ishlatiladi. Tegishli biznes sohalarining taraqqiyot rejalari asosida aniq tovarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash mumkin. Buning uchun ishlab chiqarish hajmini aniq mahsulotning tegishli iste’mol koeffitsientiga ko‘paytirish kerak. Boshqaruvchi ko‘rsatkich usuli bir tovar iste’moli boshqa tovar iste’moli bilan vaqtli yoki miqdorli bog‘liqlikni ifodalovchi aniq qonuniyat bo‘lganda ishlatiladi. Masalan, agar elektromahsulotlarning talabi ofislar uchun turarjoylar ekspluatatsiyasiga kirish miqdori va vaqtidan kam bo‘lsa, talab miqdori va uning paydo bo‘lish vaqti fuqarolik qurilishining rejalari aniq bo‘lgandagina topiladi. Uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlarning talabini prognozlashda me’yoriy usulini ishlatish kerak. Unda barcha ko‘rsatkichlar ishlatiladi: mavjud ishlatish parki, boshlang‘ich va qaytaruv talabi, tovar eskirishining o‘rta muddati. Bozorda xaridorlar ehtiyojini aniqlashning ikkinchi bosqichida yangi tovarlar turi va paydo bo‘lish vaqtini belgilash, shakllanayogan talabning tabiatiga ularning ta’siri turadi. Xalqaro amaliyotda «yangi mahsulot» deganda shakl, mazmun yoki mahsulot o‘rami (upakovkasi) va iste’molchi uchun muhim bo‘lgan boshqa jahatlarning o‘zgarishi nazarda tutiladi. YAngi mahsulot bilan bog‘liq muammoni o‘rganishda bir necha masalalarni, chunonchi, birinchidan, bozor ulushining pasayishi, ikkinchidan, mahsulotni bozorga chiqarish vaqtini belgilash masalalarini ko‘rib chiqish kerak. Birinchi masalani echish jarayonida yangi mahsulot ishlab chiqarishda unga nisbatan xavfni kamaytirish masalasi turadi. CHunki, birinchidan, yangi mahsulotga talab bo‘lmasligi, ikkinchidan, xaridorning nuqtai nazaridan bahosi juda yuqori bo‘lishi mumkin. SHu bois kompaniya yangi mahsulot bilan bozorga chiqadigan kompaniya xavf kamayishi uchun quyidagi uchta shartni e’tiborga olishi lozim: Kompaniyaning tavsifnomasi – ishlab chiqarish, sotish va tovar bozorini o‘rganish masalalari bo‘yicha yuqori bilimlar, moslik, tajriba. Mahsulot muvafaqiyatli sotilishini ta’minlovchi omillar – uning xususiyatlari, ayniqsa, xaridorlarning barchasiga qadrliligi (talabchanligi). Bozor hajmi va xususiyati – bozorning kengayishi uning rivojlanishiga asos soladi; potensial xaridorlar ko‘p, lekin ular biror aniq tovarni afzal ko‘rishmaydi. SHuning uchun ularni yangi mahsulotni sotib olishga jalb etish oson emas. Ikkinchi masalaning echimi ham xavfni kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lib, yangi mahsulotning yashash siklini belgilash orqali asoslanadi. Mahsulotning yashash sikli quyidagi to‘rtta bosqichdan iborat: joriy qilish; o‘sish; etuklik; pasayish. YAshash sikli marketing faoliyati bilan uzviy bog‘liq: sotishning bir bosqichida reklamaga, nusxalar yuborilishiga, mahsulotni sotish paytida kuponlar ishlatilishiga, boshqa bosqichida esa, – bahoning pasayishiga, o‘ram (upakovka) o‘zgarishiga e’tibor berilishi mumkin. SHu sabali mahsulotning yashash siklini o‘rganishda uch tur muammoni echishga yo‘l qo‘yladi: Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mavjud bozori kengayishi va u potensial bozorlarni egallashi uchun nima qilish kerak? Bu bozorlarga yangi mahsulotni kiritish uchun qanday tashabbus kerak? YAngi mahsulotlarni yaratish uchun nimani amalga oshirish kerak? SHunga alohida e’tibor berish lozimki, tovarning yashash sikliga oid muammolar echimi uzoq muddatli rejalashtirish bilan bog‘liq, uning biror bosqichi oqibatlari esa joriy rejalashtirishda hisobga olinishi zarur. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling