Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


-modul:SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI TEXNIKAVIY ME’YORLASH (NORMALAShTIRISh) ASOSLARI


Download 0.97 Mb.
bet41/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

12-modul:SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI TEXNIKAVIY ME’YORLASH (NORMALAShTIRISh) ASOSLARI.
Reja:

  1. Texnik me’yorlashda (normalashtirish) usulini mohiyati, maqsadi va mazmuni.

  2. Mehnat normalarini turlari, ularni mazmuni.Ish vaqti sarflarini tasnifi (klassifikatsiyasi), ish davri va tanaffus elementlari..

  3. Mehnat normalarini hisobi.




  1. Texnik me’yorlashda (normalashtirish) usulini mohiyati, maqsadi va mazmuni

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun keng qo’llashda turli xil norma normativlardan tashkil topgan normativ baza qo’llaniladi. Masalan, xom ashyo, material, quvvatlar va yoqilgi sarf normalari (koefitsentlari), ishlab chiqarish satxi va ishlab chiqarish quvvatlardan foydalanish normativlari (Yangi ishlab chiqarish quvvatlarni uzlashtirish koefitsentlari), moliya norma va normativlari va boshqalar.
Shular asosida aloxida o’rinni mehnat normalari egallaydi.
Korxonalarda mehnatni to’gri tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonini hamma bosqichdagi ratsiona ishini ta’minlash uchun asbob-uskuna, dastgohlar ishi va ishchilar mehnatini sarfini reglament bo’yicha bajarish uchun qator normalar zarur.
Shu normalarni belgilash va joriy etish texnik me’yorlash (normallashtirish) deb atalib, uning mohiyati mehnat jarayonlarini o’rganish va taxlil qilish, ratsional ish usullarini loyixalash, mehnat sarflarini progressiv (ilgor) meyorlar (normalar)ini aniqlash va tadbiq etishdan iborat.
Mehnat sarfi normalari ishlab chiqarishni moliyaviy faoliyatini rejalashtirish, ishchilar, dastgohlar sonini aniqlash, mehnat uchun haq to’lashni to’gri tashkil qilishda asos bo’ladi.
Ushbu normalar bir vaqtni uzida ham progressiv (ilgor), ham asoslangan bo’lishi shart.
Progressivilgor tajrba, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish, yangi texnika va texnologiya, fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishda xizmat qiladi.
Asoslangan – demak real bajarilishi mumkin bo’lgan darajada belgilangan zarur.
Texnik me’yorlashni asosiy maqsadlari quydagilardan iborat:

  1. Ish joylarida ishlab chiqarish jarayonlar va mehnatni tashkil qilish uslublarini o’rganib, ularni takomillashtirish, mehnat unumdorligini o’sishini ta’minlash.

  2. Ilgor tajribani o’rganish va ishlab chiqarishga joriy etish.

  3. Xom ashyo, material, dastgoh va ish vaqtidan eng ratsional tarzda foydalanish sharoitida ish va operatsiyalarni bajarish uchun zarur vaqt sarflarini aniqlash.

  4. Dastgohlar va ishchilar uchun ratsional ish kuni tartibini ishlab chiqish.

  5. Ishlab chiqarish uchastka (bulim)lari uchun ishchilar sonini (shtatni) aniqlash.

  6. Ishlab chiqarishga ilgor va asoslangan vaqt, va ishlab chiqarish normalarini belgilab, joriy etish.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling