Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya jarayonidagi urni va axamiyati


To‘garakda kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari


Download 297.18 Kb.
bet10/23
Sana08.01.2022
Hajmi297.18 Kb.
#250526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
KSTI YANGI

To‘garakda kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari

Kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari o‘quvchilarni politexnika jixatidan tayyorlashda ayniqsa muxim ahamiyat kasb etadi - ular o‘quvchilarni kelajak amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Bu mashg‘ulotlar, odatda, kimyoviy eksperiment texnikasiga oid kichikroq praktikum bilan boshlanadi: to‘garak a'zolari dastavval shisha nayni qanday qilib to‘g‘ri qirqib olish butilkaning, bankaning va boshqa idishlarni tubini qanday qilib qirqib tashlash, shisha asboblrning qirqilgan joyini eritib silliqlash, nayning uchuni qanday qilib cho‘zish, nayni qanday qilib egish, qanday qilib probka tanlash va uni keragicha teshish, qanday qilib asbob yig‘ish, uning ushlash -ushlamasligini tekshirib ko‘rish lozimligi to‘g‘risida o‘qituvchidan ko‘rsatma oladilar. O‘quvchilar maxsus o‘tkaziladigan laboratoriya praktikumi jarayonida naylardan va boshqa detallardan iborat standart nabor, shuningdek o‘rta maktab kimyo kursi yuzasidan o‘tkaziladigan asosiy tajribalar uchun zarur eng oddiy asbobllar tayyorlaydi.

Kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari quyidagi asosiy soxalarda: a) ilgari tayyorlab qo‘yilgan detallardan eng oddiy asboblar yig‘ish; b) yasama asboblar (gazlar hosil qilish uchun ishlatiladigan avtomatik ishlovchi asbob, gazometr, asperator, evdeometr, ozanator, suvni elektroliz qildish asbobi, o‘t o‘chirgichning ishlaydigan modeli va boshqa asboblar) tayyorlash; v) eng muxim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqaishlarining (xlorid, sulfat, nitrat kislotalar ishlab chiqarish, ammiak sintez qilish, tuzlar hosil qilish, yog‘ochni quruq haydash, neftni fraksiyalab haydash va boshqa ishlab chiqarishlarning) ishlaydigan modellarni yasash; g) nazariy masalalarni hal qilish bilan, masalan, atsetilen sintez qilish, etil spirtning tuzilishi bilan metil efirning tuzilishini isbotlash, organik birikmalarni tuzilishini isbotlash kabi masalalarni hal qilish bilan boliq bo‘lgan asboblarni ijodiy suratda yasash sohalarida o‘tkaziladi.

Kimyo to‘garagi a'zolari, odatda, o‘z sinflarida o‘tiladigan, past sinflarda o‘tiladigan, boshlanich maktab tibbiyot kursidan o‘tiladigan darslar uchun o‘quv asbob-uskunalari tayyorlash sohasida qiziqib va sistemali suratda ishlaydilar; ular bu asbob uskunalarni yig‘adilar va bir qancha hollarda ularni o‘quvchilarga ko‘rsatadilar. To‘garak a'zolari o‘zlarining asbob va modellar yasash sohasidagi mashg‘ulotlarini boshqa xil ishlar bilan qo‘shib olib boradilar: kolleksiyalar (metallar va metalloidlar, eng muxim oksidlar, asoslar va tuzlar, tabiiy qazilmalar, o‘rganilayotgan kimyoviy ishlab chiqarishlarning ma'sulotlari, kolleksiyalar) tayyorlaydilar, tegishli sxemalar, diagrammalar, jadvallar va shu kabilar chizadilar.


Download 297.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling