Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya jarayonidagi urni va axamiyati


Download 297.18 Kb.
bet1/23
Sana08.01.2022
Hajmi297.18 Kb.
#250526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
KSTI YANGI


Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya
jarayonidagi urni va axamiyati.
Kimyo o'qitish metodikasi kursining matni O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni O'zbtkiston o'rta ta'lim konsepsiyasi, umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo o'qitish yo'riqnomasida ko'rsatilgan istiqlol munosbati bilan respublikamizning umumiy o'rta ta'lim maktablarida hamda oliy o'quv yurtlari oldiga qo'yilgan asosiy maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu yerda mashhur D.I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Masalan: 105 ta neft, gaz, 155 ta istiqbolli kon, rangli nodir va radioaktiv metallar bo'yicha oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kalionlar va boshqa mahsulotlar.

Kimyo o'qitish metodikasi to'g'ri metod bilan olib borilishi kerak. Bu metod ishning g'oyaviy- siyosiy yo'nalishiga, uni bajaruvchining malakasiga bog'liqdir.

O'qitishni umumiy maqsadlariga muvofiq kimyo o'qitish uslubiyoti oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:

1. Kimyo o'qitishning aniq maqsadlari va o'quv predmetining mazmunini aniqlash;

2. Qo'yilgan maqsadlarga yetishishga qaratilgan ko'proq ma'qul uslublar va o'qitishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;

3. Kimyo o'qitishning zarur vositalarini ko'rib chiqish va kimyo o'qituvchisi ish amaliyotida ularni qo'llash bo'yicha yo'riqnomani ishlab chiqish;

Boshqa so'z bilan aytganda xuddi har qanday dars uslubiyoti oldida turganidek kimyo o'qitish uslubiyoti oldida ham an'anaviy quyidagi savol turadi.

1. O'qituvchi oldiga predmetni o'qitishda aniq maqsad, vazifalar qo'yish yoki nima uchun o'qitish savollariga javob berishni ilgari suradi.

2. Kimyo predmeti o'quv mazmuni didaktik maqsad va talablarga javob berishi kerak yoki nimani o'qitish kerak.

3. O'qitishning mazmuni metodlar, shakllarini aniqlash yoki predmetni qanday o'qitishga javob izlaydi.

4. Predmetning mazmunini o'quvchilar o'zlashtirib olishlari masalasi yoki o'quvchilar qanday o'qiydilar.

Kimyo o'qitish uslubiyoti mazmunini uning umumiy, nazariy, asosiy savollari (kimyo umumiy uslubiyoti) va alohida bulimlarini o'rganish savollari (alohida yoki maxsus) tashkil etadi.

Kimyo predmetini o'qitish maqsadlarini aniqlashda birinchi navbatda umumta'lim maktablarida akademik litseylarda va kasb- hunar kollejlarida o'qitish va tayyorlashni umumiy maqsadalariga asoslanmoq zarur. Umumiy o'rta ta'lim maqsadi, bu ta'lim, tarbiya va davlat o'quv standartlariga muvofiq o'quvchilarni fikrlash, jismonan, jarayonlarida bilimlari asosini to'liq egallashini ta'minlash, o'quvchlarga dunyoning hozirgi ilmiy ko'rinishini shakllantirishda, kimyo fanining ahamiyatini, anglagan holda ratsional ko'nikmalarini hosil qilish.

O'quvchilarda kimyo faniga bo'lgan qiziqish va mehr, shu predmetga mas'uliyatli munosabat uyg'otish, kimyo fanuining hozirgi davrdagi roli va o'rni haqida to'g'ri tasavvur shakllantirishni aynan o'qituvchi bajaradi. Bunday mas'uliyatli vazifani bajarish uchun o'qituvchining o'zi yangi pedagogik texnologiya va uning vazifalariga bo'lgan talablarini egallashi kerak. Kimyo fanining pedagogik funksiyasi uning insonni umumiy ta'lim olishdagi asosiy vazifalarini aniqlashdagi xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bular:

1. Ilmiy dunyoqarash asosini tashkil qilish. 2. Maktab o'quvchisi fikrini rivojlantirish. 3. Maktab o'quvchilarini amaliy faoliyatga, mehnatga nisbatan bo'lgan ta'limini davom ettirishga tayyorlash.

Maktab kimyo kurslari mazmunini tanlashga ma'lum qarama- qarshilikda turgan asosiy ikki guruh omillari ta'sir ko'rsatadi: ilmiylik va qulaylik, yengillik va umumta'limga xoslik. Bir tomondan kimyoning maktab kursi zamonaviy, hayotning hamma qiyin talablariga javob bera oladigan, boshqa tomondan oddiy bo'lishi kerak. Bu ikki talabni birlashtirish oson vazifa emas.

O'qituvchilar, talaba va o'quvchilar jamoasida hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rni beqiyos.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar- ta'lim jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo'yish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi uzviy bog'langan komponentlar yig'indisidir.

Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir o'qitiladigan mavzuga keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir qatorda, o'quv-metodik majmua tayyorlash uning tarkibiga loyihaga qo'shimcha mavzuga daxldor bo'lgan barcha axborotlar, tarqatma materiallar, ma'lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritilishi kerak.

Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari.

1. Kelajagi buyuk O'zbekistonimiz uchun talabalarni hozirgi zamon kimyo fan asoslarini ongli ravishda va puxta o'zlashtirishlariga erishish;

2. Talabalarni kimyoni atrofdagi tabiatni izohlab berish va undan oqilona foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslar bilan tanishtirish;

3. Talabalarni tabiatga to'g'ri materialistik nuqtai nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e'tibor berish lozim.

4. Talabalarni ilmiy bilishini vositalaridan biri bo'lgan kimyoviy eksperimentidan foydalana oladigan qilib tarbiyalash.

5. Talabalarni mehnatga o'rgatish - ularni kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlash zarurdir.

6. Talabalarni kimyo faniga qiziqishini yanada orttirish.

7. Talabalarni mustaqil ravishda izlanuvchanlikka va bilim olishga o'rgatish.

8. Talabalarda kundalik turmushda, hayotda bo'ladigan o'quv va malakalarini hosil qilish.

9. Talabalarni qo'lidan keladigan ijtimoiy-foydali ishga jalb qilish

10. Kimyo fanining hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish.

11. Jismonan baquvvat, aqlan yutuk insonlar darajasiga yetkazish.

12. Kimyo o'qitish talabalarni mehnatsevar, Vatanga muhabbat, fanga qiziqish ruhida tarbiyalash kerak.


Download 297.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling