Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya jarayonidagi urni va axamiyati


-seminar mashg'uloti: O'zbekistoning kimyogar olimlari


Download 297.18 Kb.
bet23/23
Sana08.01.2022
Hajmi297.18 Kb.
#250526
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
KSTI YANGI

5-seminar mashg'uloti: O'zbekistoning kimyogar olimlari

O'zbekistonning mashxur kimyogar olimlari va ularning ilmiy faoliyati Kimyo yo'nalishi dastlab 1931 yildan boshlab tabiyotshunoslik kafedrasi tarkibida o'z faoliyatini boshlagan. 1934 yilda kimyo kafedrasi tashkil etilib, 1936 yilgacha unga professor A.N.Polonskiy rahbarlik qildi. Uning tashabbusi bilan kimyo laboratoriya xonalari jihozlandi, suv o'tkazildi, benzinli generator bilan ishlaydigan gaz gorelkalari ishga tushirildi, laboratoriyalar kerakli jixoz va materiallar, asboblar, reaktivlar bilan ta'minlandi.

Kafedraning shakllanishida dotsent Kudrevatov A.K., professor Polonskiy A.N., dotsent Parmenov K. L., Kuropatnikov V.Ya. lar faoliyat ko'rsatganlar. 1950 yillardan boshlab kafedrada ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga aloxida e'tibor berila boshlandi. Buning uchun 2 va 3 kurs talabalari ichidan bilimli, ist'edodli talabalar tanlab olinib, ular bilan maxsus dastur bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazilib markaziy oliy o'quv yurtlariga, ilmiy tekshirish institutlariga, aspiranturalarga yo'llanmalar berildi. Masalan, Abdumannob Qurbonov (1931-85) Moskvada taniqli kimyogar olim O.Ye.Zvyagintsev rahbarligida 1962 yili, 1963 yili Abdumalik Mamajonov (1930- 1996) FA ning muhbir a'zosi Yu.V. Xodakov rahbarligida, Yu.Mamatov (1932-1980) FA ning akademigi A.A.Balandin rahbarligida Abdusattor Azimov (1923-1975) va boshqa bir qator olimlar Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar. Ular o'zbek olimlari orasida kafedraning ilmiy darajali «Birinchi qaldirg' ochlari» bo' Idilar. Farg'ona Davlat Pedagogika institutini bitiruvchilari: 1959 yili Jamol Abdullaev, 1961 yili Maxmud Xolmatov va To'lan Mirzaqosimov, 1962 yili To'lqinoy Xoldarova, 1963 yili Sotivoldi Teshaboev, 1964 yili Smora Shomaxmudova (ToshDU tamomlagan), Nodir Ismoilov va Ne'mat Muxammadaliev (1936-1988) kafedraga a'zo bo'lib keldilar. Bular orasida 1976-1979 yilarda kafedra mudiri, 1979- 1986 yillar tabiiyot-geografiya fakulg'teti dekani bo'lib ishlagan Xakimjon Xikmatov (1939-1986 y) ham bor edi. 1991 yili Farg'ona davlat Universiteti tashkillanishi munosabati bilan tabiiyot-geografiya fakulteti negizida kimyo fakulteti tashkil etildi. 1991-1993 yillari fakultetga professor A. Ibragimov, 1993-1997 yillari dotsent I.Ismoilov dekanlik qildilar. Kimyo kafedrasi FarDU rektorining 2004 yil 10 noyabrdagi buyrug'i bilan oldin faoliyat ko'rsatgan 3 ta kafedra negizida tashkil etilgan. 2001-2007 yillar kimyo yo'nalishida Noorganik kimyo mutaxassisligi bo'yicha magistratura faoliyat ko'rsatdi. 2006 yildan buyon organik kimyo mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan.

2004-2009 yillari Ibragimov A. kafedra mudiri bo'lib ishlagan. 2009 - yil oktabr oyidan dotsent I. Ismoilov kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda. Bugungi kunda kafedra tarkibida 1 nafar professor, 7 nafar dotsent, 3 nafar katta o'qituvchi, 8 nafar o'qituvchllar faoliyat ko'rsatmoqdalar.
Download 297.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling