Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya jarayonidagi urni va axamiyati


Download 297.18 Kb.
bet20/23
Sana08.01.2022
Hajmi297.18 Kb.
#250526
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
KSTI YANGI

Kimyo ta'limi standarti - umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta'limi dasturi va o'quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo'lib xizmat qiladi.

Kimyo ta'limi standarti - kimyo ta'limida o'qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni bo'lib ham hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi standarti-kimyo o'quv predmetidan o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o'quvchilar egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko'nikma va malakalar hajmini ko'rsatuvchi me'yor bo'lib, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kimyo ta'limi negizini belgilovchi ko'rsatkichlar o'quvchilarning kimyo ta'limidan tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasidan iborat bo'lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.

Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o'quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini ruvojlantiradi. Davlat ta'lim standartlarida kimyo ta'limi sohasida quyidagicha standartlar belgilangan: Kimyo ta'limi sohasiga o'quv rejasida VII- IX sinflar uchun 204 o'quv soati ajratilgan bo'lib, ularning sinflar bo'yicha taqsimoti quyidagicha:

Sinflar

VII

VIII

IX

Jami

haftalik o'quv soati

2

2

2

6

Yillik o'quv soati

68

68

68

204

Kimyo ta'limi standartining tuzilishi uzluksizlikni ta'minlash asosida, kimyo ta'limi sohasi mazmuninimg asosiy yunalishlari: «Kimyoviy tushunchalar», «Modda», «Moddaning tuzilishi va xossalari», moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, organik moddalarning ayrim vakillari, polimerlar, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta'siri haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil qilishga qaratiladi. ( «Ma'rifat» gazetasi.28.08.98. 3-bet) Bunda, o'quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko'nikma va malakalariga ega bo'lishlarini ta'minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi.

Kimyo ta'limi standarti quyidagi uchta bo'limdan iborat.

1) Kimyo ta'limi mazmuni negizini belgilovchi ko'rsatkichlar.

2) Kimyo ta'limida o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan standartning minimal talablari.

3) Kimyo ta'limida o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan standartning maksimal talablari.

«Kimyo ta'limi mazmuni negizining belgilovchi ko'rsatkichlar» bo'limi o'quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta'lim-tarbiya va o'quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko'nikma va malakalarni o'zida mujassamlashtiradi.

Ikkinchi va uchinchi bo'limda esa o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyilgan talablar yoritiladi.

O'quvchilarga maksimal ball yoki baho qo'yishda har ikkala, ya'ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo'lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa, kimyo ta'limi standarti o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish ko'rsatkichlarni ifodalashga kimyo ta'limi sifatini baholashda o'lchov mezoni bo'lib xizmat qilishiga imkon beradi

3-seminar mashg'uloti: O'quvchilarning guruhi bilan o'tkaziladigan xillari

To'garak mashg'ulotlarida yechiladigan analitik masalalar taxminan quyidagi tiplarda bo'lishi mumkin:

a) berilgan moddalarning, masalan, azot, ammoniy tuzlari, superfosfat, metan, formaldegid va boshqalarning eng harakterli xossalarini eksperiment yo'li bilan ko'rsatish;

b) moddalarni bilib olish: masalan, bir kancha gazlar orasidan kislorodni, azotni, karbonat angdiridni, vodorod sulfidni, ammiakni topish: osh tuzi erimasini xlorid kislota eritmasidan, osh tuzi eritmasini ammoniy xlorid eritmasidan, ichimlik sodani natriy eritmasidan farq qilish; qaysi probirkadagi xlorid kislota, qaysi probirkadagi sulfat kislota va qaysi probirkadagi nitrat kislota ekanligini aniqlash va hokazo.

v) moddaning, masalan, texnika sulfat kislotasining qanchalik tozaligini tekshirib ko'rish va unda qo'shimchalar bor-yo'qligini aniqlash.

karbonatdan, karbonat kislota tuzi eritmasini uyuvchi natriy eritmasidan fark qilishva tellur xam ko‘shiladi; g) moddaning sifat tarkibini (kanday elementlardan iboratligini) aniklash, masalan, vodorod sulfidining oltingugurt bilan vodorod birikmasi ekanligini, mis ko'porosi tarkibiga mis, sulfat kislota koldii va kristallizatsiya suvi kirshini tajriba yuli bilan isbotlash.

To‘garakda amaliy kimyoga, ya'ni moddalar hosil qilishga oid mashg‘ulotlar juda xilma-xil sohalarda o‘tkazilishi mumkin.

Amaliy kimyoga oid tajribalar tanlashda, asosan, eng ko‘p tarqalgan moddalardan, har xil chiqindilardan va shu kabilardan foydalanishga doir tajribalarga e'tibor berish lozim, chunki, bu tajribalar qimmat turadigan reaktivlar talab qilmaydi. Kimyo to‘garagi ishida, masalan, tozalanmagan mis qiyqimlaridan toza mis, mis kuporosi, mis (II)-xlorid, mis (II)-digidroksi karbonat, mis (II)-oksid; temir-tersakdan temir (III)-oksid, qaytarilgan temir, temir kuporosi; osh tuzidan novshadil, o‘yuvchi natriy; kuldan potash, kaliyxlorid, kaliynitrat; marmardanesakuydirilganohak, ohaklisuv, kalsiyxlorid, gips va boshqalar olish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Amaliy kimyoga oid ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning moddalar hosil qilish va moddalarni tozalash texnikasidan amaliy malakalar olishiga erishish juda muhimdir. Ammo o‘rta maktabning asosiy vazifasini -o‘quvchilarda kimyoviy tafakkur hosil qila boorish vazifasini sedan chiqarmaslik kerak. O‘quvchilarni bajariladigan operatsiyalarga ongli munosabatda bo‘lishga odatlantirish lozim. Ammo bu, o‘quvchilarni ma'lum retseptlar asosida ishlashga o‘rgatmaslik kerak degan gap emas, albatta. Mendeleev zamaskasi, elim, oynaga yozish uchun ishlatiladigan qalam, indicator eritmasi va boshqalar hosil qilish ham ammoniy kimyo bo‘limiga kiritilishi kerak.


Download 297.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling