Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya jarayonidagi urni va axamiyati


Mavzu: Tugarak ishini o'tkazish metodikasi


Download 297.18 Kb.
bet8/23
Sana08.01.2022
Hajmi297.18 Kb.
#250526
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
KSTI YANGI

Mavzu: Tugarak ishini o'tkazish metodikasi

Sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning ommaviy formalari jumlasiga sinfdan tashqi kitobxonlik, sayohatlar, kimyoviy olimpiadalar, maktab kimyo kechalari, o‘quv kinoseanslari va boshqa tadbirlar kiradi.

Sinfdan tashqi kitobxonlik sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning eng oson va shu bilan birga, eng muxim turidir. Sinfdan tashqi kitobxonlik o‘quvchilarning saviyasini o‘stirib, kengaytiribgina qolmasdan, balki bir qator hollarda, ularning bo‘lajak ixtisosini va amaliy hayotning butun usulini ham belgilab beradi. Buyuk kishilarning qariyb xammasi, mening hayotimda kitoblar birinchi o‘rinlardan birida turdi, deb o‘z tarjimai hollarida ta'kidlab o‘tadilar, bu narsa bekorga aytilgan emas.

Kimyo o‘qituvchisi a) o‘quvchilarda kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga qizin havas uyg‘otishi; b) o‘quvchilarning adabiyotdan eng samarali suratda, mustaqil tarzda foydalanishiga yordam berishi; v) o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan havasini sekin-asta oshirib borishi - o‘quvchilarda inson bilimlarining, g‘oyalarining fikr va hissiyotining bitmas-tugalmas manbai bo‘lgan kitobga muhabbatini o‘stirishi kerak.

O‘qituvchi o‘quvchilarni kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga o‘quv ishi jarayonida qiziqtirib boradi, albatta. O‘qituvchi, darsda biror masalani oydinlashtirish munosabati bilan, kerakli va qiziqarli kitoblarni, kitobchalar va maqolalarni o‘quvchilarga aytadi, ulardan eng yorqin parchalar o‘qib beradi., ularning hammasini qisqacha tasvirlaydida va ko‘rsatadi -o‘qishni o‘quvchilarga tavsiya etadi. Ammo kimyo o‘qituvchisi o‘quvchilarning ilmiy-ommabop adabiyotni mustaqil o‘qishiga dars vaqtlarida rahbarlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bu rahbarlikni sinfdan tashqi maxsus mashg‘ulotlardagina qilish mumkin.

O‘qituvchi sinfdan tashqi vaqtlarda kimyo o‘quv kursining asosiy bo‘limlari yuzasidan o‘qilishi tavsiya qilinadigan kitoblarning ro‘yxatini har qaysi sinf uchun alohida tuzib chiqadi. O‘qituvchi ro‘yxatda asosiy - ayni sinf o‘quvchilarning hammasi uchun majburiy qiziqadigan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyotni ham ko‘rsatadi. Bu ro‘yxatni har bir o‘quvchiga e'lon qiladi.

O‘qituvchi o‘quvchilarda kimyo kitoblariga havas uyg‘otish uchun, darsdan tashqari vaqtlarda hamma o‘quvchilar bilan birga maxsus vitrina -«Kimyodan nimalarni o‘qish kerak?» degan vitrina tashkil qiladi. Bu vitrinaga tavsiya qilinadigan adabiyot ro‘yxati, bu adabiyot to‘g‘risidagi qisqacha va qiziqarli annotatsiyalar, retsenziyalar, taassurot qoldiruvchi aniq fikrlar yaxshilab va tartibli suratda yopishtirib qo‘yiladi; kimyo kursining ayrim mavzulari o‘tila borgan sari, bu vitrina eng muxim kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqalar bilan to‘ldiriladi.

O‘qituvchi sinfdan tashqi kitobxonlik jarayoniga ham rahbarlik qilib boradi. O‘qituvchi ilmiy-ommabop adabiyotni qanday qilib eng samarali suratda o‘qish kerakligi, asosiy e'tiborini nimalarg qaratish lozimligi, o‘qilganlarni qanday yozib borish zarurligi va boshqalar to‘g‘risida o‘quvchilarga ko‘rsatmalar berib turadi. Kimning nima o‘qiyotganligiga va qanday o‘qiyotganligiga qarab boradi. Gruppalar bilangina emas, balki ayrim o‘quvchilar, ayniqsa, yordamga muxtoj o‘quvchilar bilan ham sistemali suratda suxbat o‘tkazadi. Kimyo kursining eng muxim bo‘limlari yoki hatto, ayrim masalalari yuzasidan, o‘qib chiqilganlar asosida, yakuniy suxbatlar, konferensiyalar va kichikroq munozaralar o‘tkazadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qib chiqilgan kitoblar to‘g‘risidagi taassurotlarini o‘z daftarlarigagina emas, balki sinfning «O‘qilgan kitoblar to‘g‘risidagi muloxazalar» degan maxsus daftariga ham yozib borishlariga yordam beradi.

Kitob bilan mustaqil suratda ishlash o‘quvchilarga maxsus topshiriqlar berish yo‘li bilan ancha aktivlashtiriladi. O‘quvchilar berilgan topshiriqqa qarab, bir qator adabiyotdan sinfda o‘tiladigan masalaga oid materiallarni tanlab oladilar; tanlab olingan materiallarni umumlashtiradilar, sinf o‘quvchilariga aytib beradilar, maxsus albomga kiritadilar va xokazo.

O‘quvchilarga bunday topshiriq tarzida masalan, quyidgi mavzularda, shuningdek, kimyo o‘quv kursi mavzularida material to‘plashni tavsiya qilish mumkin: «Kimyo yangiliklari», «O‘zbekiston kimyosining va kimyo sanoatining rivojlantirishdagi roli», «Kimyoviy elementlarning kashf etilish tarixi», «Atomlarning tuzilishi» va boshqalar.

Kimyo to‘garagiga o‘qituvchi mohirlik bilan rahbarlik qilsa, to‘garak ko‘p yillar davomida to‘xtovsiz ishlaydi. Har qaysi o‘quv yilining boshida kimyo to‘garagi tashkil etish va o‘quv yilining oxirida bu to‘garakni yopish to‘garak ishini tamomila izdan chiqaradi. To‘garak normal suratda ijodiy ish olib borsa, o‘quvchilar to‘garak ishlariga shunchalik qiziqib ketadilarki, yozgi kanikul vaqtida ham to‘garakdan ajralgilari kelmaydi; maktabni tamomlab ketganlaridan keyin ham o‘z maktablaridagi kimyo to‘garagi bilan aloqa bolab turgan yosh kimyo havaskorlari ko‘p bo‘lgan. O‘rta maktab kimyo to‘garagidan chiqqan mohir mutaxassislar oz emas.

Ilg‘or maktablarda kimyo to‘garagi quyidagicha tashkil etiladi. Dastavval, a'lo o‘qiydigan va kimyoga eng qiziqadigan bir necha o‘quvchidangina iborat tashabbuskor gruppa tuziladi. Tashabbuskor gruppaning har qaysi a'zosi ma'lum vaqt biror masala bilan shug‘ullanadi. Gruppaning har bir a'zosi o‘zi bajargan ishni yaxshilab tartibga soladi va barcha o‘quvchilarga so‘zlab beradi. O‘qituvchi tashabbuskor gruppa a'zolarining axborotini ravshan va qiziqarli qilib izohlaydi. O‘quvchilarda kimyoga havas uyg‘onadi. Ana shundan keyingina, kimyo to‘garagining tashkil etilishi, uning vazifalari va qaysi sohalarda ish olib borishi to‘g‘risida so‘zlanadi. Tashabbuskor gruppaning sinfdan tashqi ishlarni muvaffaqiyat bilan bajargan uch-besh a'zosi kimyo to‘garagi byurosi sostaviga kiritiladi, byuroning raisi va kotibi saylanadi. Byuroning raisi o‘quvchilarni kimyo to‘garagi to‘g‘risida oldindan ishlab chiqilgan nizom bilan shu erning o‘zida tanishtiradi. Kimyo to‘garagiga kimyo bilan darhaqiqat qiziqadigan va kimyoni yaxshi o‘zlashtirayotgan, shuningdek, mustaqil ishda faol ishtirok etishni istagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Ba'zi maktablarda kimyo to‘garagi sein-asta rivojlanib borishi bilan seksiyalarga bo‘linadi. To‘garakni seksiyalarga bo‘lishda o‘quvchilarning tayyorgarligi va to‘garak ishining mundarijasi hisobga olinadi.

Kimyo to‘garagida, ko‘pincha a) ammoniy kimyoga; b) kimyoviy asbob va modellar yasashga; v) agrokimyo asoslariga; g) eng oddiy kimyoviy analizga oid mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Download 297.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling