Reaktsiya tezligiga kontsentratsiyaning ta‘siri. - Reaktsiya tezligiga reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyalari katta ta‘sir etadi.
- Tomogen bir jinsli sistemalarga gazlar aralashmasi, tuz yoki qand eritmasi umuman eritmalar kiradi. Fizik yoki ximiyaviy xossalari jihatdan o’zaro farq qiladigan va bir-biridan chegara sirtlari bilan ajralgan ikki yoki bir necha qismlardan tuzilgan sistema geterogen yoki ko’p jinsli sistema deb ataladi. Masalan: o’zaro aralashib ketmaydigan ikki suyuqlik bir idishdagi suv va simob va qattiq jismlarning aralashmalari geterogen sistemalardir. Reaktsiya tezligiga kontsentratsiyaning ta‘sir etish sabab shundaki, moddalar orasida o’zaro ta‘sir hosil bo’lishi uchun reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning zarrachalari bir-biri bilan tuqnashadi.
Vaqt birligi ichida yuz beradigan to’qnashuvlarning soni o’zaro to’qnashayotgan zarrachalarning kontsentratsiyalariga proportsional bo’ladi. Bu son qanchalik katta bo’lsa, moddalar orasidagi o’zaro ta‘sir shunchalik kuchli bo’ladi, ya‘ni ximiyaviy reaktsiya shunchalik tez boradi. - Vaqt birligi ichida yuz beradigan to’qnashuvlarning soni o’zaro to’qnashayotgan zarrachalarning kontsentratsiyalariga proportsional bo’ladi. Bu son qanchalik katta bo’lsa, moddalar orasidagi o’zaro ta‘sir shunchalik kuchli bo’ladi, ya‘ni ximiyaviy reaktsiya shunchalik tez boradi.
Massalar ta‘siri qonuni. - Ximiyaviy reaktsiya tezligi reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyalari ko’paytmasiga to’g’ri proportsionaldir.
- Bu qoidani 1867 yilda norvegiyalik ikki olim Guldberg va Vaage tomonidan taklif etilgan bo’lib, massalar ta‘siri qonuni deb ataladi.
- Bu qonunga muvofiq F+I - - Yu S shunday reaktsiyalar uchun reaktsiya tezligi quyidagiga teng bo’ladi.
V=K [A] · [B] - V=K [A] · [B]
- Bu yerda V reaktsiya tezligi [A] [B] moddalarning kontsentratsiyalari, K – tezlik konstantasi, agar A=B=1 ga teng bo’lsa bu holda V=K.
- Agar reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning oldiga koeffitsientlar qoyilsa u holda.
- aA+bB - - > cC.
- Bunday tenglamalar yoki reaktsiyalar uchun massalar ta‘siri qonuni matematik ifodasi quyidagicha bo’ladi.
- V=K [A]a [B]b
Do'stlaringiz bilan baham: |