O’zgarmas bosimda boradigan kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti sistema entalpiyasining o’zgarishiga teng.
O’zgarmas hajmda boradigan jarayonlar uchun jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini o’zgarishiga(U) sarf bo’ladi:
Yuqoridagilar asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Doimiy bosim va hajmdagi issiqlik effektlari ayirmasi shu gazning kengayish ishiga teng. Agar bu kattalikni Mendeleyev-Klayperon tenglamasiga qo’yilsa: hosil bo’ladi. Bu erda n –reaksiyada ishtirok etayotgan gazsimon moddalarning mol miqdorlarining o’zgarishi. Agar shu tenglamani izobar va izoxor issiqlik effektlari farqiga bog’lansa:
Agar n=0, bo’lsa H= U. Agar kimyoviy jarayonda qattiq va suyuq moddalar ishtirok etsa n ni hisoblashda ular e’tiborga olinmaydi. Kimyoviy jarayonlarda modda miqdorining o’zgarish soni (n) stexeometrik koeffitsientlar o’zgarishiga tengligini hisobga olish kerak.
Masalan: suyuq suvning hosil bo’lish issiqlik effektini hisoblang?
298 K da jarayonning o’zgarmas hajmdagi issiqlik effekti -284,2 kJ/mol ga teng. Bu qiymatni quyidagi tenglamaga qo’yamiz:
Ekzotermik jarayonlarda sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi kamayadi, shu sababli: Endotermik jarayonlarda esa sistemaning ichki energiyasi ortadi, shu sababli :
2.Termokimyoviy hisoblashlar
Termokimyoviy hisoblashlarda moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi (entalpiyasi) tushunchasi ishlatiladi. Standart sharoitda 1 mol murakkab moddaning oddiy moddalardan hosil bo’lishidagi reaksiyasining issiqlik effekti shu moddaning standart hosil bo’lish issiqligi (Ho f,298) deyiladi. Bu yerda f- ingliz tilidagi “formation” – hosil bo’lish (oбразование) ma’nosini beradi. Bunda moddaning agregat holatini ko’rsatish zarur. Oddiy moddalarning standart hosil bo’lish entalpiyalari (gazsimon kislorod, suyuq brom, iod kristallari, rombik oltingugurt, grafit ba boshqa oddiy moddalarning) nolga teng. Ba’zi moddalarning hosil bo’lish issiqliklari 9-jadvalda keltirilgan.
Masalan:
Yuqorida ta’rifi keltirilgan Gess qonunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |