Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
Tayyorgarlik bosqichi
|
Ma’ruza mavzulari, ma’ruzaga tayyorlanish uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxatini beradi. Ma’ruzachilarga mavzularni berishni, taqrizchilar va opponentlarni aniqlashni tashkillashtiradi. Ma’ruzachilarga tanlangan mavzu bo’yicha referat rejasini batafsil tuzish topshirig’ini beradi, maslahat beradi, olib boruvchi, taqrizchi, ekspertlar vazifasini va ma’ruza qilishga ajratilgan vaqt, baholash ko’rsatkichlari va maezonlari bilan tanishtiradi. Barcha talabalarga ma’ruza va qo’shimcha materiallar mazmunini o’rganib chiqish va savollar tuzish topshirig’ini beradi. Ma’ruzachilar bilan ma’ruza qilish uslubi va tuzilishini muhokama qiladi, ma’ruza mazmuniga o’zgartirishlar kiritadi
|
Ma’ruzachilar mavzuni tanlaydilar va rejasini tuzadilar. Qolganlar ma’ruza va qo’shimcha materiallar mazmunini o’rganadilar, ma’ruzachilarga o’zgartirishlar, to’ldirishlar kiritadilar. Referat yozadilar, ko’rgazmali materiallar tayyorlaydilar
|
1. Mavzuga kirish – 5 daqiqa
|
1.1. O’quv mashg’ulotining mavzusi, maqsadi, ko’zlanayotgan natijalar va uni o’tkazish rejasini ma’lum qiladi. Olib boruvchini tanishtiradi;
1.2. Bilimlarni faollashtirish uchun diqqatni jalb qiluvchi savollar beriladi, tezkor so’rov o’tkazadi;
1.3. Ishga ajratilgan vaqt, munozara o’tkazish qoidalari (ilova), baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi (ilova);
|
Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar
Ishga ajratilgan vaqt, munozara o’tkazish qoidalari, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishadilar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |