Mavzu: Kinematika tushunchasi va Nyuton qonuni
vaqtning har qanday momentida uni fazodagi holatini ifodalash mumkin
Download 464.97 Kb.
|
Kinematika tushunchasi va Nyuton qonuni
vaqtning har qanday momentida uni fazodagi holatini ifodalash mumkin.
Mashqni bajarish texnikasini o‘zlashtirish vaqtida gavda zvenolarini fazoda nisbatan joylashishi, ya’ni odamning pozasi ko‘pincha katta qiziqish uyg‘otadi. Sportda poza, odatda sifat jihatidan belgilanadi: “egilgan holda”, “bukilgan holda”, “qo‘llar belda”, “oyoqlar elka kengligida” va hokazo. Demak, odam gavdasining joylashishini shunday farqlarini ifodalashni o'rganish kerak. V.T.Nazarov (1986) tomonidan ishlab chiqilgan mumkin bo‘lgan yondashuvlardan birini keltiramiz. Odam gavdasining joylashishini ifodalash uchun anatomiyada odam gavdasining yassiliklari va o‘qlari tushunchalri kiritilgan. Saggital yassilik odam gavdasini asosiy turish holatida (odam vertikal turgan, oyoqlari birlashtirilgan, qo‘llari tanasi bo‘ylab tushirilgan) ikkita nisbatan teng qismlarga - chap va o‘ng qismlarga ajratadi. Frontal yassilik saggital yassilikka perpendikulyar bo‘lib, odam gavdasini oldingi va orqa qismlarga ajratadi. Gorizontal yassilik birinchi ikkitasiga perpendikulyar bo‘lib, odam gavdasini yuqorigi va pastki qismlarga ajratadi. Ushbu yassiliklar kesishgan holatda uchta o‘zaro perpendikulyar o‘qlami; oldingi-orqa, bo ‘ylama va ко ‘ndalang o'qlarni hosil qiladi, ular, o‘ziga xos koordinatalar tizimini tashkil qiladi va odatda, gavda zvenolarining, ichki a’zolaming va hokazolaming joylashishi ularga nisbatan ko‘rib chiqiladi. Lekin, asosiy turish holati o‘zgarganda, ushbu o‘qlar va yassiliklami aniqlash qiyin bo‘ladi. Haqiqatdan ham gavdaning burilishi paytida oldingi-orqa o‘q qaysi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi yoki odam oldinga egilganida frontal yassilik qanday o‘tadi? Odam gavdasi harakatining ko‘p zvenoli tizimini ifodalash paytida quyidagi yondashuv qo‘llaniladi. Tanlangan koordinatalar tizimiga nisbatan quyidagilar aniqlanadi: 1. Odam gavdasining ayrim xarakterli nuqtasini holati (masalan, MUM yoki tayanch nuqtasini aniqlash); 2. Pozani zvenolar bo‘g‘im burchaklarining qiymatlari va har bir zvenoni fazoda joyiashish! bo‘yicha o‘zaro joylashishi sifatida aniqlash; 3. Gavda orientatsiyasini hisoblash tizimiga nisbatan aniqlash (masalan, MUM orqali o‘tadigan gorizontalga nisbatan har xil zvenolaming burchaklari bo‘yicha). Download 464.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling