Mavzu: Kinemetikaning asosiy tushunchalari Dаrsning mаqsаdi
Download 152.61 Kb.
|
7-sinf fizika 08.Kinematikaning asosiy tushunchalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilgarilanma harakat
Yo‘l va ko‘chish
Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida fazoda chizgan ( uzluksiz chizig‘i (qoldirgan izi) trayektoriya deb ataladi. Trayektoriya - bu fizik tushuneha. Jism trayektoriyasini kattalik jihatdan baholash uchun fizik kattalik — yo‘l qabul qilingan. Ba’zi hollarda jismning bosib o‘tgan yo‘li emas, balki uning harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi kesma qiziqtiradi. Jism A nuqtadan В nuqtaga harakatida egri chiziqli trayektoriya bo‘ylab 100 m yo‘lni bosib o‘tishi mumkin. Lekin A nuqtadan В nuqtagacha eng qisqa masofa kesma bo‘lib, uning uzunligi 100 m dan kam bo‘ladi, masalan, 60 m bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘chish 60 m ga teng bo‘ladi (11-rasm). Xaritadan masshtab yordamida Toshkent- dan Andijongacha ko‘chish 245 km ekanligini aniqlash mumkin. Lekin avtomobilda Toshkentdan Andijonga borish uehun 380 km yo‘l bosib o4iladi. Jism to‘g‘ri ehiziqli harakat qilganda yo‘l va ko‘chish bir-biriga teng bo‘ladi. Ilgarilanma harakat Stol ustidagi kitobni bir joydan boshqa joyga turlicha ko‘chirish mumkin (12-rasm). Birinchi holda uning qirralari turlicha harakat qiladi. Kitobning ikkinehi holdagi harakatida uning qirralari trayektoriyasi bir xil bo‘ladi, ya’ni kitobning to‘rttala qirrasi trayektoriya- sini ustma-ust qo‘yish mumkin. Kitobning ikkinehi holdagi harakati ilgarilanma hara- katga misol bo‘la oladi. Bunda kitobning qirralarigina emas, boshqa ixtiyoriy nuqtalari ham bir xil harakat qiladi. Tekis yo‘lda harakatlanayotgan velosiped ning ramasi, avtomobilning kuzovi ham ilgarilanma harakat qiladi. Download 152.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling