Mavzu: Kinemetikaning asosiy tushunchalari Dаrsning mаqsаdi


Download 152.61 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi152.61 Kb.
#1554176
1   2   3   4
Bog'liq
7-sinf fizika 08.Kinematikaning asosiy tushunchalari

Kelriligan izohlar qanchalik to’g’riligini tekshirish uchun yangi mavzuni tinglaymiz.
Yangi mavzu: Kinemetikaning asosiy tushunchalari


Moddiy nuqta
Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi. Mexanika, shu jumladan kinematikaning asosiy vazifasi harakat qilayotgan jismning istalgan paytdagi vaziyatini (o’rnini) aniqlashdan iborat. Ammo kinematikada jism harakati uni yuziga keltiruvchi sabablar hisobga olinmagan holda o’rganiladi.
Jismning mexanik harakatini o’rganishda absolyut(mutloq) qattiq jism va moddiy nuqta kabi tushunchalaridan foydalaniladi. Harakati o’rganilayotgan sharoitda, jismning shakli va o’lchami o’zgarishsiz qolsa, bunday jismga absolyut qattiq jism deb ataladi. Shuningdek, ko’p hollarda harakat qilayotgan jismning o’lchamlari hisobga olinmaydi. Masalan, Toshkentdan biror tezlik bilan Samarqand shahriga jo’nagan avtomobilning ikki soatdan keyingi o’rnini aniqlashda mashinaning o’lchami hisobga olinmaydi. Chunki, mashinaning o’lchami uning ikki soat davomida yurgan masofasiga nisbatan hisobga olinmas darajada kichik. Ulardan biri harakatlanayotgan jismning o‘lсhamlarini hisobga
olmasdan, uni moddiy nuqta deb olishdan iborat. Uzunligi 4 m bo‘lgan avtomobilning 10 km masofani bosib o‘tishdagi harakatini o‘rga- nishda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Chunki avtomobil bosib o‘tadigan masofa uning uzunligidan 2500 marta katta. Shu singari, to‘pning maydondagi harakati va samolyotning uzoq masofaga parvozi qaralayotganda ularni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin (9-rasm).
Aynan bir jism bir holda moddiy nuqta deb qaraladi, boshqa holda esa uni moddiy nuqta deb qarab bo‘lmaydi. Masalan, o‘quvehi maktabga borayotganida uyidan 1 km masofani bosib o‘tsa, bu harakatda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin shu o‘quvehi ertalabki gimnastika mashqlarini bajarayotganda uni moddiy nuqta deb bo‘lmaydi (10-rasm).
Poyezd bir shahardan boshqa shaharga borayotganda bu shaharlar orasidagi masofaga nisbatan uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin yo‘ldagi bekatga nisbatan uni moddiy nuqta deb bo‘lmaydi.
Yer shari ulkandir. Lekin Yer sayyorasini Quyosh atrofida aylanishi o’rganilayotganda uni ham moddiy nuqta deb qarash mumkin.


Trayektoriya
Doskaga bo‘r bilan chizganda, qorli yo‘l ustida avtomobil yurganda, tunda osmonda meteor uchganda ular iz qoldiradi. Bo‘r, avtomobil va meteorning qoldirgan izi ularning harakat trayektoriyasidir.
Jismlar o‘z harakatida har doim ham iz qoldiravermaydi. Masalan, osmonda uehayotgan meteor iz qoldirsa, tramplindan sakrayotgan sportchi iz qoldirmaydi. Sportehi, to‘p, odam, mashina, qush va samolyotlarning o‘z harakati davomida izi ko‘rinmasada, ularning izini uzluksiz chiziq deb tasavvur qilish mumkin.



Download 152.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling