Mavzu: Kirish. Bank buxgalteriya hisobi fani haqida tushuncha


Banklarda buxgalteriya hisobining metodlari


Download 39.77 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi39.77 Kb.
#217754
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Uslubiy ma'ruza 1

Banklarda buxgalteriya hisobining metodlari

  • balans va hisobot

  • hisobvaraqlar va ikki yoqlama yozuv

  • hujjatlashtirish va inventarizatsiya


B/B/B JADVALI

B/B/B JADVALI chizmasi



Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Bank

Bank operatsiyalrini

Depozit qabul qilish

Kredit berish

Hisobvaraq ochish va yuritish




Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida / kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.


6 – ilova

Uyga vazifa: mustahkamlash uchun savollar




  1. Tijorat banklari qanday operatsiyalarni bajaradi?

  2. Banklarda buxgalteriya hisobi fanining predmeti nima?

  3. Banklarda buxgalteriya hisobi fani nimani o’rgatadi?

  4. Banklarda buxgalteriya hisobi fani qaysi fanlar bilan bog’liqlikda o’rgatiladi?


Mavzu:Kirish. Bank buxgalteriya hisobi fani haqida tushuncha

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatimiz bank tizimida ham sezilarli darajada o‘zgarishlar yuzaga keldi.

Respublikamizda bank tizimining uzluksiz rivojlanishi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ob’ektiv zaruriyat bo‘lib, bu o‘z navbatida tijorat banklari faoliyatini uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zarur axborotlar bazasini vujudga keltiruvchi tizim sifatida buxgalteriya hisobini va uning uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.

Hozirda jahon tajribasidan foydalangan holda sifat jixatidan yangi bank tizimi shakllantirilib, unda banklar zamonaviy bank operatsiyalarini bajarib kelmoqda. Bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish ham xalqaro andozalarga javob beradigan tarzda olib borish uchun banklar buxgalteriya hisobining yangi hisobraqamlar rejasi ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etildi.

Banklarda buxgalteriya hisobi fani banklarda bajariladigan operatsiyalar, jumladan, mijozlarga depozit hisobvaraqlar ochish va yopish, naqd pulsiz hisob-kitoblar, kassa, kredit, faktoring va lizing operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, shuningdek banklararo hisob-kitoblar, chet et valyutasidaga olib boriladigan operatsiyalar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi batafsil yoritib berilgan. Bu operatsiyalarning hisobi tijorat banklarining yangi hisobvaraqlar rejasi asosida ko‘rsatilgan o‘tilgan. Banklarda bajariladigan analitik va sintetik hisobning tashkil etilishi va yuritilishi, banklarda ishlatiladigan hujjatlar va ularning turlari, hujjatlarni saqlash tartibi, bank mijozlariga hisobvaraqlar ochish tartibi batafsil yoritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida banklar alohida o‘rin egallaydi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, “bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hi-soblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:

– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki inves-titsiyalash uchun foydalanish;

– to‘lovlarni amalga oshirish”1.



Banklar o‘z faoliyatida ko‘plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuri-dik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuri-tish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish, omonatlar jalb etish, kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, moliyaviy lizing xizmatini ko‘rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet el valutasini sotish va xarid qilish, pul mablag‘lari, hisob-kitob hujjat-larini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin.

Shunday qilib, bank tijorat muassasasi bo‘lib, to‘lovlar va hisob-kitoblarni tashkil etish, huquqiy va jismoniy shaxslarning hisobvaraqla-rini yuritish, ularning pul mablag‘larini saqlash, kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar bank faoliyatining mahsuli hisoblanadi.

Bank faoliyatida, yuqorida sanab o‘tilgan operatsiyalarni bajarish jarayonida pul mablag‘larining harakati va ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishda buxgalteriya hisobi katta o‘rin tutadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalangan holda bankning aktiv va passiv operatsiyalari rejalashtiriladi. Moliyaviy hisobotlarning natijasi bankning moliyaviy holatini ko‘rsatadi va bank rahbarlariga bank ishini rivojlanti-rishda aniq chora va tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratadi. Shu qa-bul qilingan siyosat asosida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi yaratiladi. Bu faoliyat bank xodimlarining kunlik ish jarayonlarida hamda operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishda o‘z ifodasini topadi.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:

a) davlatimizning qonunchiligiga rioya qilish;

b) buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga rioya qilish;

c) bankning o‘z amaliyotidan kelib chiqib, odatiy operatsiyalarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish;

d) Banklar o‘zining hisob siyosatini ishlab chiqish bilan birga Respublika Markaziy banki tomonidan belgilab berilgan umumiy yo‘riqnoma va nizomlarga rioya qilish.



e) buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan holda tashkil etish.


1 O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 1996-yil.

Download 39.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling