Mavzu: Kirish. Biologiya hayot haqidagi fan. Reja: Biologiyaning maqsad va vazifalari. Biologiya fanining tarmoqlari


FIZIOLOGIYA ZOOLOGIYA BOTANIKA SITALOGIYA ANTRAPOLOGIYA BIOLOGIYA


Download 90.78 Kb.
bet2/3
Sana06.11.2021
Hajmi90.78 Kb.
#170948
1   2   3
Bog'liq
Biologiya 1-mavzu slayd

FIZIOLOGIYA

ZOOLOGIYA

BOTANIKA

SITALOGIYA

ANTRAPOLOGIYA

BIOLOGIYA

EKOLOGIYA



Biologiyaning ba'zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo'lgan. Biologik sis-temalarda ro'y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar haqidagi biofizika, organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlar to'g'risidagi biokimyo fanlari shular jumlasiga kira-di. Biotexnologiya esa tirik organizmlardagi biologik jarayon-larni ishlab chiqarish korxonalarida qo'llashni maqsad qilib qo'yadi.

Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari.

Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foy-dalaniladil

Kuzatish metodi organizmlar va ularning atrof-muhitda ro'y beradigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Mazkur metod biologiya fanining ilk rivojlanish davridan bosh-lab qo'llanib kelinmoqda. Hozirgi paytda ham bu metod o'z mavqeyini yo'qotgani yo'q. U botanika, zoologiya va biologiyaning boshqa ko'pgina sohalarida keng qo'llaniladi. Turli organizmlar sistematik guruhlar, jamoalar, ularning tuzi-lishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o'xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o'rganiladi. Mazkur metoddan sis­tematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi biogenetik qonun, irsiy o'zgaruv-chanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan.

Turli sistematik guruhlar, organizmlar, ular organlarining tarixiy jarayonda paydo bo'lishi, takomillashish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Bu metod orqali organik olamning evolutsion ta'limoti yaratildi. Ma'lum maqsadlarni ko'zlab barpo etilgan sharoitlarda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini kuzatish eksperimental metod orqali amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xos-salari mohiyatini chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi.

Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan foy-dalanishni taqozo etmoqda. Modellashtirish metodining maz-muni tirik tabiatdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlari matematik belgilarga aylantirilib, model tarzida qayta tiklab o'rganishdan iborat. Ma'lum vaqtdan keyin ana shu mo-delda qanday o'zgarishlar, hodisalar ro'y berishi mumkinligi elektron hisoblash mashinasi yordamida aniqlanadi. Modellashtirish metodining afzalligi shundaki, u tirik tabiatda kelgusi-da ro'y berishi mumkin bo'lgan voqea-hodisalarni oldindan bi-lish imkonini beradi




Download 90.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling