Bolalar termalari.
Bolalar qo„shiqlari.
Bolalar o„yinlari
Boalar termalari.Bola kuzatishlari, qiziqishlari, istaklari asosida yuzaga kelgan, bolalar tomonidan yaratilgan kishik hajmli she‟rlar, qo„shiqlar bolalar termalaridir. Bolalar termalari, xususan, 3 yoshdan olti yoshgacha bo„lgan bolalar o„rtasida ko„proq kuylanadi. Ular to„rt misradan iborat bo„lgan she‟r va qo„shiqlardan tashkil topgan bo„lib, bola tomonidan ijod qilingan. E‟tibor qilib qarasak, bola yolg„iz bo„lganda zerikishini sezdirmaslik uchun ijod qiladi. O„yinchoqlari, o„ziga tanish jonivorlar, narsalar haqida she‟r to„qiydi. Bolalar termalari aksariyat to„rt misradan iborat bo„ladi. Ba‟zan esa olti misrada ham uchraydi.Bola tomonidan aytiladigan termalar ularning so„z boyligi darajasida belgilanadi.Bu yoshdagi bolalar psixologlarning aytishicha, 1300 dan 3000 gacha miqdordagi so„zlarni o„zlashtirar ekan.Inchunin, bola erkin vaznda qofiyali yoki qofiyasiz she‟r to„qiy olishi mumkin.
Bolalar tilidan aytilib yuriladigan quyidagi termalarga e‟tibor qaratsak:
Qo„zichog„im jingalak, Jo„ni silliq jamalak.
Ko„zi qora quralak, Rangi guyo kamalak.
O„zbek bolalar termalari xazinasi juda boy, sermazmun, serbo„yoq va ohangdor. Bola hayotini o„yinkulgi bilan birga o„qish, maktabga borish, kattalardek ishlash orzu-istagi bilan ham to„ldiradi. Ularni mo„jazgina ijod laboratoriyasida ishlaydi. Termalar bolalarni jismonan, aqlan va ma‟nan tetiklashtiradi, tafakkurini, nutqini o„stiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |