Mavzu: Kirish. Bolalar adabiyoti va xalq og‟zaki ijodi Reja


Folklorshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 197.06 Kb.
bet2/17
Sana05.01.2022
Hajmi197.06 Kb.
#215139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-mavzu

Folklorshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari:

1. Xalqchillik- har bir xalq turmush tarzining yaxshilanishi va hayotining tinch,osuda,xursandchilik bilan o„tishida, mehnat jarayoning samarali bo„lishi uchun turli qo„shiqlar ijro etganlar, orzu-istaklarini amalga oshirishda urf-odatlar, rasm-rusumlarni ado etganlar. Shu tariqa ularning bu harakatlari an‟ana tusiga kirib, avlodlarga o„tib, sayqal topib kelgan. Bu har bir xalqning o„z mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Shu bois, ilg„or g„oyaviylik folklor xalqchilligining negizidir. Xalq og„zaki ijodi namunalarida aks etgan ijtimoiy-tarixiy voqealar hamisha oddiy mehnat kishilari nuqtai nazaridan baholangan.

2.Kollektivlik- xalq og‟zaki badiiy ijodi asarlari uzoq muddatli ijodiy jarayonda og„izdan- og„izga, avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga o„tib yuzaga keladi va yashaydi. Badiiy adabiyot namunasining muallifi ham, yozilgan vaqti ham aniq va ma‟lum bo„ladi. Folklor asarlarining muallaifi noaniqligi- anonimligi o„sha asarning qachonlardir noma‟lum shaxs tomonidan yaratilganligini inkor etmaydi. Shu bois, folklor asarlari avloddan-avlodga o„tish jarayonida kollektiv ijodkorligi namunasiga aylanadi.Uning ilk namunalari kollektiv ijrosiga mo„ljallangan. V.G.Belinskiy aytganidek, “folklorda mashhur nomlar yoq, chunki uning muallifi hamisha xalqdir. Adabiyot boshqa ish: endi xalq emas, balki xalq hayotining turli tomonlarini o„z aqliy faoliyatlarida aks ettiruvchi alohida shaxslar uning arbobi. Adabiyotda shaxs to„la huquq bilan maydonga chiqadi va adabiy bosqichlar hamisha shaxslarning nomi bilan ajralib turadi.”

Bir qator baxshilar, jumladan, Tilla kampir, Sulton kampir, Bo„ron shoir, Jumanbulbul, Yo„ldosh shoir, Fozil Yo„ldosh o„g„li, Ergash Jumanbulbul, Po„lkan Jonmurod og„li, Islom shoir, Umir baxshi, Qodir Rahim o„g„li baxshi singarilar bugungi kunga qadar kollektiv dahosi bilan yaratilgan asarlarni o„z shaxsiy ijrochilik qobiliyatlari bilan sayqallashtirib, qayta ishlab avloddan-avlodga yetkazib keldilar va ularning farzandlari ham shu yo„lda mehnat qilib kelmoqdalar.




Download 197.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling