Bolalar folklori: Bolalar qo`shiqlari, bolalar o`yinlari, bolalar termalarining janriy xususiyatlari. Bolalarning ma‟naviy olamini shakllanishida xalq badiiy ijodi yetakchi vazifani o„taydi. Bola tug„ilganidanoq ona allasi orqali xalq merosidan bahramand bo„ladi. Ulg„aygan sari xalq yaratgan bitmastuganmas ma‟naviy xazinaning aqiqu marjonlaridan zavqlanib, kamolotga erishadi. Bolani allalagan, erkalagan, qo„shiqlar va o„yinlar olamiga chorlagan, lirik hislar, lavhalar orqali hayajonini jo„nbushga keltirgan ijodkorning poeziya yaratish jarayoni o„ziga xos mahoratni talab etadi. Bolalar uchun kattalar tomonidan maxsus ijod qilingan, qo„shiqlar, o„yinlar orqali bola ruhiyatining hamma qirralarini o„sha janrda mujassamlashtirgan, tinglashi, aytib yurishiga moslashgan og„zaki adabiyot – bolalar folkloridir.
U o„zining so„zi, kuyi, ritmi, obrazliligi, bo„yoqdorligi, jarangdorligi bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. Bolalar folklori ham turmush voqeliklarini so„z o„yinlari, musiqiy ohanglar, dramatik ijro shakllarida aks ettiradi. Bolalarda vatanparvarlik, erksevarlik, mehnatga muhabbat, kishilarga ishonch, do„stlarga sadoqat, tabiatga e‟tibor tuyg„ulari qo„shiqlar, o„yinlar orqali shakllantirib boriladi. Umumiylikdan xususiylikka qarab siljish mukammallik kasb etadi. Bolalar folklorining janrlari ham bundan mustasno emas. Inson umrining to„rt davri yilning to„rt fasliga mengzatilgandek, bolalik davri o„z tarovati, o„z muhri bilan alohida xususiyatga ega. Bu xususiyat, ayniqsa, bolalar qo„shiqlari, o„yinlarida ko„zga tashlanadi. Bolalar folklorini o„z xususiyati, mohiyati va tuzilishidan kelib chiqib, quyidagicha guruhlashimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |