Detallarning chegaraviy holati, ularni tiklash nazariyasi va ta'mirlash strategiyasi Agar avtomobil texnik soz va ishga qobiliyatli holda bo’lsa, u transport jarayonida qatnashishi va ma'lum darajada daromad olib kelishi mumkin. Avtomobil (agregat, mexanizm, birikma)ning texnik holati konstruktsion parametrlarning joriy qiymati bilan tavsiflanadigan elementlarining o‘zgaruvchan xususiyatlari majmui orqali aniqlanadi (2.4. jadval). Odatda, konstruktsion parametrlarning joriy qiymatlarini ko’pincha ishlash davomiyligi (narabotka) bilan bog’laydilar. Ishlash davomiyligi – buyum ishining yurilgan yo’l (kilometrlar), ish vaqti (soatlar), sikllar soni birliklari bilan o’lchanadigan davomiyligidir. Bunday davomiylik buyumning ekspluatatsiyasi boshlanishidan hozirgi davrgacha, chegaraviy holatigacha, oraliq ichida va h.k. bo’lishi mumkin. Avtomobil transportida avtomobillarning ishlash davomiyligi qoida sifatida yurilgan kilometrlar (l) bilan, maxsus avtomobillar va ochiq konlarda ishlaydigan o’zi agdargichlar uchun esa soatlar (t) bilan o’lchanadi. - Buyumni o’z konstruktsiyasi bo’yicha tiklash mumkin bo’lmasa (lampalar, tasmalar, qistirmalar, ustqo’ymalar, simlar, shamlar va boshqalar), uni «tiklanmaydigan buyum» deb ataladi. Bunday buyumlarni buzilishgacha bo’lgan ishlash davomiyligi va to’liq resurs bir-biriga mos keladi. Agar muayyan iqtisodiy va texnik sharoitlarda (resurslar, yangi va ta'mirlangan buyumlarning narxi va boshqalar) buyumni ta'mirlash maqsadga muvofiq bo’lsa, uni «ta'mirlanadigan», aks holda – «ta'mirlanmaydigan» buyum deb ataladi.
- Detallar geometrik parametrlarining o’zgarish variantlari. 1 – bo’yincha (vtulka), 2 – val, 3 – disk; avtomobil ish jarayonida: UiI – kattalashadi; UiII – kichrayadi
- Tiklash nazariyasi – har xil texnik tizimlar (mashinalar)ning keng ko’lamdagi bir vaqtda bo’lib o’tadigan eskirish, buzilish, ishdan chiqish va ularga qarama-qarshi tiklanish, ish holatiga qaytish kabi jarayonlarning o’rganadigan ilm sohasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |