Мавзу кириш, фаннинг предмети, мақсади ва вазифаси ўқитиш модули технологияси


Download 1.44 Mb.
bet7/9
Sana09.03.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1255236
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma`ruza

joriy ta'mirlash- bu avtomobillarning va uning agregatlarini
  • ekspluatatsiya jarayonida texnikaviy holati o’zgarishi, buning natijasida yuzaga kelgan mayda nosozliklarni avtomobil xo’jaligining o’zida tuzatish ya'ni ularning
  • ishlash imkoniyatini qayta tiklashdir.
    • avtomobillarni to’liq ta'mirlash- bu esa avtomobillar yoki uning biror-bir agregatining ishlash samaradorligi pasayib ketishi yoki uning asosiy qismi ishdan chiqib bu qismni almashtirish uchun uni to’la qismlarga ajratish zaruriyati tug’ilgandagi to’liq ta'mirdir. Bunda avtomobillar ta'mirlash uchun maxsus ta'mirlash korxonalarda olib boriladi
    • Ta'mirlashning iqtisodiy samaradorligi va chet el tajribalari
    • Avtomobillar va agregatlarning qismlarini saralash jarayonida ishga
    • yaroqsiz sifatida ajratilganlarining 75%ga yaqinining ishlash qobiliyatini tiklash mumkin. Shu sababli ishlatilgan qismlarni ta'mirlash yo’li bilan tiklash va ulardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Tajribalar ko’rsatishicha ko’pgina yaroqsiz deb hisoblangan qismlar o’zining massasini faqatgina 1-2% nigina yo’qotadi va bunda ular o’zlarining mustahkamligini saqlab qoladi, ularning ko’pchilik qismining ishlash qobiliyatini har xil yo’llar bilan tiklash mumkin.
    • Avtomobil qismlarining ishlash qobiliyatini tiklash bir tamondan moddiy
    • resurslarni tejashga (materiallarni va ishlab chiqarish xarajatlarini tejash natijasida) yordam bersa, ikkinchi tarafdan ishlab chiqarish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi. Shu sababli hozirgi paytda avtomobillarni ta'mirlash jarayonida ko’pgina ishlash qobiliyati tiklangan qismlar yangilariga qaraganda bir muncha ko’proq ishlatilmoqda. Masalan: ishlash qobiliyati tiklangan silindrlar bloki 2,5; tirsakli
    • vallar 1,9; uzatmalar qutisi karterlari 2,1 marta ko’proq foydalanilmoqda. Chunki ishlash qobiliyati tiklangan qismlarga ketgan materiallar sarfi 15-20 barobarga kam bo’lishi bilan birga ularning tannarxi yangi qismlar tannarxining 75%dan oshmaydi.
    • Hozirgi paytda chet el mamlakatlarida ham qismlarning ishlash qobiliyatini
    • tiklash texnologiyalarini joriy qilishga katta e'tibor berilmoqda. Yuqori rivojlangan
    • AQSh, Angliya, Yaponiya va Germaniya mamlakatlarida qismlarning ishlash
    • qobiliyatini tiklash, avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavodlarning o’zida amalga
    • oshiriladi. Bundan tashqari AQShda 800 ga yaqin firma va kompaniyalar
    • qismlarning ishlash qobiliyatini tiklash bilan band bo’lib, ular tiklayotgan qismlar
    • avtotransport vositalarida foydalanilayotgan ehtiyot qismlarning 25% ni tashkil
    • qiladi.
    • Qayta ta'mirlanayotgan avtomobillar va ularning agregatlari sifatiga bo’lgan
    • zamonaviy talablar, ishlash qobiliyati tiklanayotgan qismlarning sifatiga ham
    • yuqori talablarni qo’yadi, bu esa o’z navbatida tayyorlanayotgan mutaxassislar bu
    • borada mustahkam bilimlarga ega bo’lishni taqazo qiladi.
    • Bizning respublikamizda ham o’nlab zavodlar avtomobillarni qayta
    • ta'mirlash (to’liq ta'mir) va ularning ishdan chiqqan qismlarining ishlash
    • qobiliyatini tiklash bilan shug’ullanadi. Bu borada Toshkent, Jizzax, Samarqand,
    • Do’stlik, Namangan va boshqa shaharlarning ta'mirlash zavodlari yangi texnika va
    • texnologiyalar bilan jihozlanmoqda.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling