Tiklashning ishlab chiqarish jarayoni deyilganda mashinalarni ishlatishda detallarning yo’qotilgan ishlash qobilyatini tiklash bo’yicha odamlar va ishlab chiqarish qurollarining birgalikdagi harakatlari majmui tushiniladi. Ta’mirlash korxonasining ishlab chiqarish jarayoni detallarining yo’qolgan ish qobilyatini tiklash ishlarining butun majmuini qamrab oladi. Texnologik jixoz deb shunday ishlab chiqarish qurollariga aytiladiki (metal qirqish stanoklari, payvandlash va eritib qoplash qurilmalari, qizdirish pechlari, sinov stendlari va boshqalar.), ularga berilgan texnologik jarayonda tiklash uchun mo’ljallangan ob’ektlar, shuningdek, texnologik uskunalar joylashtiriladi. Texnologik uskuna – texnologik jihoslash vositalaridir (asboblar yoki moslamalar ), ular tayyorlanmalarni o’rnatish va mahkamlash yoki ularga ishlov berish, tashish va hakozo ishlar uchun mo’ljallangan to’ldiruvchi jixozlardir. Moslamalarga potronlar, qisqichlar, press- qoliblar va shu kabilar shtangensirkullar, mikrometrlar, indikatorlar, skobalar (o’lchov asboblari) va hakozolar kiradi - Har qaysi detal yagona texnologiya bo’yicha tayyorlanadigan mashinalar ishlab chiqarishdan farqli o’laroq, detallarni tiklashda ta’mirlanadigan detallar juda xilma- xil bo’lganligidan va texnikaviy holatlari turlicha bo’lganligidan texnalogik jarayonlar bir nechta bo’ladi.
- Texnologik jarayonlar turli operatsiylardan iborat. Operatsiya deb
- texnologik jarayonning bitta ish o’rnida bajariladigan tugallangan qismiga aytiladi.
- Ish o’rni – korxona tuzilmasining eng oddiy birligi bo’lib, bu erga ishlarni
- bajaruvchilar, ular xizmat ko’rsatadigan ishlab chiqarish hamda transport jixozlari va mehnat buyumlari joylashtiriladi.
- Operatsiya bitta yoki bir nechta o’tishlarda bajariladi. O’tish deb o’zgarmas texnologik rejimlarda va qurilmada ayni bitta asbob bilan bajariladigan operatsiya
- qismiga aytiladi. Ba’zi hollarda o’tishlar o’tib olishlarga bo’linadi, yani ayni bitta sirt asbob o’zgartirilmagan holda bir necha bor takror ishlanadi. Ish yo’li deb ishchining operatsiyalarni, o’tish yoki o’tib olishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan (masalan; tayyorlanmalarni o’rnatish va olish asbobini o’zgartirish, nazorat uchun o’lchash) tugallangan harakatiga aytiladi
- Detallarni guruhlashda quyidagi tasniflardan foydalaniladi: korpus detallar, dumoloq sterjenlar, ichi kovak silindrlar, disklar, dumoloq bo’lmagan sterjenlar. Guruhiy TJ da bitta klassga quyidagi detallar birlashtirgan bo’lib, ularda: a) tayyorlanmalarning shaklini tashkil etuvchi ummumiy elementlar bo’ladi; b) ishlov beriladigan sirtlar ishlov berilish aniqligi va g’adur-budurligi bo’yicha o’xshash; c) bir jinsli boshlang’ich tayyorlanmalar va ishlov beriladigan materiyallar; d) o’lchamlari bo’yicha bir –biriga yaqin boshlangich tayyorlanmalar. “Tayyorlanmalar guruhi” tushunchasi “tayyorlanmalar turi” tushunchasidan kengroqdir, chunki guruhga turli shakilli, biroq bir xil elementli tayyorlanmalar kiradi. Guruhga ummumiy jihozlarga, texnologik uskunalarga, sozlashga va texnologik o’tishlarga ega bo’lgan tayyorlanmalar birlashtiriladi
- Avtomobilning asosiy parametrlarini ko’rsatilgan darajaga yetkazish
- borasidagi tuzatishga oid barcha texnikaviy ishlar majmuasi avtomobilni ta’mirlash deb ataladi.
- Avtomobilni ta'mirlashning hozirgi zamon usullari ularning uzoq vaqt
- ishlashini ta'minlaydi.
- Mamlakatimiz avtomobil transporti parkining yangi avtomobillar bilan to’lib borishi va u avtomobillarning vaqt o’tishi bilan ta'mirlash zaruriyati tug’ilishini
- hisobga olgan holda, ta'mirlash ishlarining hajmi qanchalik katta ekanligi o’zo’zidan ma'lum bo’lib qoladi. Avtomobillarni ta'mirlash asosan quyidagi turlarga bo’linadi:
- -
Do'stlaringiz bilan baham: |