Mavzu: Kirish. Integratsiya kursi va vazifalari (2 soat) Reja


Download 77.5 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1408832
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu Integ


  1. Mavzu: Kirish. Integratsiya kursi va vazifalari (2 soat)



Reja:
1.Boshlang'ich ta'limning integratsiyali pedagogikasi fanining mohiyati,maqsadi va vazifalari.
2. Integralli ta'lim kursining yo'nalishlari.
3. Integralli ta'limning sinflarga bo'linishi.
4. Ta'lim integratsiyasi fanining metodologik asoslari vaboshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch tushunchalar: integratsiya, integralli ta'lim, metodologik asos, malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo
. Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi e ’tirof etilgan vaqtda paydo bo‘ldi. O‘sha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning paydo bo‘lishi va innovatsion ta’lim nazariyasining yaratilishi to ‘g‘risida ma’lumot beruvchi manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu tushunchalar ta’lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, ta ’lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta’lim jarayonida bolaga do‘stona munosabatlarni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi. O‘tgan asrning 70-yillari oxirlarida A.M.Arseneva, K.N.Volkov, M.N.Skatkin va o ‘zbekistonlik pedagog-olimlardan bir guruhi pedagogika fani va amaliyotida muvaffaqiyatga erishish muammosini hal qilish borasida samarali g ‘oyalarni ilgari surdilar va ta’lim samaradorligini ta’minlashda o ‘qituvchining ta ’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishga tayyorgarlik darajasi asosiy o ‘rin egallashini asoslab berdilar. Shunga ko‘ra «Innovatsion o‘zgarishlarni sezish, anglash har qanday o ‘qituvchiga xos bo‘lavermaydi, - deb yozadi U.Nishonaliyev, - bu yerda eng asosiysi o ‘qituvchining o ‘zi yangilikni sezishga psixologik jihatdan tayyor bo‘ lishidir».

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling