Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Download 297.39 Kb.
bet16/36
Sana05.01.2022
Hajmi297.39 Kb.
#223237
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Nazariy ma’lumot:O`zbek mumtoz she`riyatida she`riy shakllarni shakllantirishga xizmat qiladigan “musammat” degan tushuncha ham bor.Bu arabcha so`z lug`aviy jihatdan “ipga terilgan marvarid” degan ma`noni anglatadi.Uning istilohiy ma`nosi ham shundan kelib chiqadi.Ya`ni bu tushuncha she`r baytlarining baytdan tashqari turlarini anglatuvchi ilmiy atama hisoblanadi.

Musammatlar yaratilishiga ko`ra 2 xil bo`ladi:

1.Mustaqil(ta`bi xud)musammatlar;

2.Tazmin(biror g`azal asosida –zaminida yaratilgan musammatlar)

Musammatlarning turlari quyidagicha bo`ladi:

1.Musallas-har bandi 3 misradan iborat

2.Murabba`-har bandi 4 misradan iborat

3.Muxammas- har bandi 5 misradan iborat

4.Musaddas-har bandi 6 misradan iborat

5.Musabba`-har bandi 7 misradan iborat

6.Musamman-har bandi 8 misradan iborat

7.Mustasne`-har bandi 9 misradan iborat

8.Muashshar yoki mashru`-har bandi 10misradan iborat

III.Test sinovi:

1.Nodiraning forsiy devoni

A.”Devoni Maknuna” C.”Devoni Komila”

C.”Firoqnoma” D.”Devoni forsiy”

2.”Firoqnoma”musammatning qaysi janrida yozilgan?

A.Musamman B.Musabba’

C.Murabba’ D.Muxammas

3.Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,

Poymoli xayli mo’r o’ldi Sulaymon oqibat.

Baytda qanday san’at qo’llanilgan?

A.Irsoli masal B.Tazod C.Talmeh D.Tashbih

4.Vasl uyin obod qildim,buzdi hijron oqibat,

Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.

Baytda qanday san’at qo’llanilgan?

A.Tanosub B.Talmeh C.Tazod D.Tashbih

5.Musamman…

A.Har bayti 5 misradan iborat she’riy janr

B.Har bayti 10 misradan iborat she’riy janr

C.G’azalning bir korinishi

D.Har bandi 8 misradan iborat she’riy janr

Javoblar:1.A 2.A 3.C 4.C 5.B

Uyga vazifa:Mustaqil o’qish uchun berilgan g’azallar ustida ishlash va g’azallardan birini yod olish.

O’quvchilar bilimini baholash.





Download 297.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling