Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Ta’til topshiriqlari asosida suhbat


Download 297.39 Kb.
bet34/36
Sana05.01.2022
Hajmi297.39 Kb.
#223237
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Ta’til topshiriqlari asosida suhbat:

1.Ta’tilda yod olingan darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida suhbat;

2.Darslikdan tashqari o’qilgan badiiy asarlar yuzasidan bahs-munozara.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.III chorakda o’tilgan shoir va shoiralar hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob.(Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,Oybek,Odil Yoqubov,Abdulla Oripov…)

II.Qatorlararo musobaqa: III chorakda yod olingan she’rlar asosida bahr-u bayt:Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon ,Muso Toshmuhammad o’gli Oybek,Abdulla Oripov she’rlari asosida

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Ijodiy ish:

Menga yoqqan she’r

Nafis cayqaladi bir tup na’matak,

Yuksakda shamolning belanchagida,

Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul,

Viqor-la o’shshaygan qoya labida,

Nafis chayqaladi bir tup na’matak…

Oybekning bu misralari dilga yaqin satrlar bo’lib,unda insoniylik,kamtarlik va go’zallik tuyg’ulari tarannum etiladi.Na’matak qanchalik yuksakda bo’lmasin,u o’z go’zalligini atrofdagilarga baxsh etishdan charchamaydi.Lekin bu go’zallik bilan u saslo g’ururlanmaydi,aksincha kamtarona ruhda o’zgalarga iliq tuyg’ularni baxsh etadi..

II.Bahs:Menga yoqqan adabiy qahramon

Menga Kumush Va Zebi timsollari o’zgacha taasurpt qoldirdi.Chunki bu timsollarda hozirda o’zbek qizlari orasida yoqolib borayotgan samimiylik,soddalik ,kamtarinlik,mehr-muhabbat tuyg’ulari o’zgacha ruhda talqin etiladi.Asarni o’qigan sari qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi,aksincha asar sizni o’z girdobiga tortadi.Zebi va Kumush sabr qanoati,muhabbatga sadoqati… har bir qiz uchun ibrat maktabidir…

Uyga vazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash.


Download 297.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling