Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


O’quvchilar bilimini baholash


Download 297.39 Kb.
bet32/36
Sana05.01.2022
Hajmi297.39 Kb.
#223237
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

O’quvchilar bilimini baholash.

Takrorlash.


Adabiyot 8-sinf

Sana:

Mavzu: 5-nazorat ishi

Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi”

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy- o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish;

b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida mehr-muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota-onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi:nazorat;

Dars uslubi:bahs,asar tahlil,reja tuzish,insho yozish;

Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.O’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rish ,kerakli izoh va tushunchalar berish hamda insho yozishga tayyorlanish;

II.O’quvchilarning insho yozish jarayonini nazorat qilish;

Darsning mustahkamlash bosqichida;

I. Mirzo Ulug`bek ilm va ma`rifat homiysi

Reja :

I.Kirish:



1.Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.

2. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi M.Shayxzodaning shoh asari.

II.Asosiy qism:

1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…”

2.Mirzo Ulug`bek kamolotida Amir Temur va Shohruhning o`rni.

3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar.

III.Xulosa:

1. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi-o`zbek dramaturgiyasi gultoji.

2.Mirzo Ulug`bek zakosi mangu ,barhayot.

Bobolardan so`zladim, ammo

Bir kalom bor so`z avvalida.

Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,

Ko`ragoniy jadvallarida.

Qotil qo`li qilich soldi mast,

Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.

Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,

U Ulug`bek ko`zidagi yosh.

Yerda qolgan o tanim manim,

O`zbekiston ,Vatanim manim.

Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.Ayniqsa,uning “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi tarix va haqiqat bilan yaqindir.Unda Mirzo Ulug’bek buyuk va adolatli shoh,xalqparvar hukmdor,ilm ahli va ma’naviy meros g’amxo’ri,buyuk olim sifatida gavdalanadi.Mirzo Ulug’bek-Amir Temurning suyukli nevarasi.U buyuk Temur saltanatini saqlay olmaganidan afsuslanadi va Temur ruhidan madad so’raydi.

O’z taxtini Abdulatifga topshirayotgan dam u xalqqa,ilm ahliga adolat qilishni,buyuk merosga ,ahli ayol nomusiga ziyon keltirmaslikni so’raydi.O’z o’g’illaridan mehr ko’rmagan Ulug’bek Ali Qushchini “farzandi arjumandim”deb ataydi.

Madrasada va rasadga yetmagay zavol!

Kutubxonam,kitoblarim saqlansin omon!..

Bugun Mirzo Ulug’bek qalblarda va tilarda mehr bilan tilga olinadi.Bugun ham “Ziji jadidi Ko’ragoniy”jadvali yulduzlar ilmi uchun muhim manba hisoblanadi.

Har tun yulduzlar nuri ila bu ulug’ siymoni yod etamiz…

Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim,

Og’ir bo’ldi qismat menga ortgan vazifa.

Men,sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand,

Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.

Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,

Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.

Uyga vazifa:Darslikdan tashqari badiiy asarlar o’qish.





Download 297.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling