Mavzu: Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari


Kimyo fanining rivojlanish davrlari


Download 85.99 Kb.
bet2/2
Sana21.11.2021
Hajmi85.99 Kb.
#176036
1   2
Bog'liq
2 5406996794938755742

Kimyo fanining rivojlanish davrlari.

Kimyo fani atigi uch asr muqaddam tarkib topgan va hozirgacha bir necha asosiy davrlarni o'tqazgan. O'rta maktab kimyo fanidan dars berishda bu davrlarni bilish lozim.

1. Tasviriy kimyo davri. XVIIIasr o'rtalarigacha bo'lgan, bunda qonun va nazariyalar bo'lmagan unda chiqqan darslik ham "demonstratziya fani" deb nomlangan.

2. Tajribaviy-nazariy kimyo davri XVIIIasrning o'rtasidan to XIX asrning o'rtasigacha bo'lgan davrdir. Bu davrda moddalar massasining saqlanish qonuni va boshqa amaliy ishlar paydo bo'ldi. Shu davrda kimyoning eksperimental nazariy xarakteri kimyo o'qitish metodlarida ham aks etdi. Ilgari qo'llanilib kelgan oddiy ko'rsatma metod o'rniga eksperimental metoddan foydalaniladigan bo'ldi. Ammo o'sha davrda, kimyo keng o'zida metodologik kurash borligi munosabati bilan, anti- materialistik g'oyalar kimyo o'qitishga ham kirib bordi. Metodik qarashlar o'ta ketgan emperizmning zararli g'oyalari bilan zaharlandi.

3. Uchinchi davr kimyoda eng buyuk nazariy umumlashtirishlar davri XIX asrning o'rtasidan to oxirigacha bo'lgan davr. Bunda Mendeleyev va Butlerov kitoblari chiqdi. D. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi va A. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi "Vvedenie k polnomu izucheniyu organicheskoy ximii" butun organik kimyo o'quv kursining asosiy prinsipi bo'lishiga qaramay uzoq vaqt rus maktablarida ham qo'llanilmay kelgan edi.

4. Kimyoda elektron tasavvurlar XIX asrning oxiridan taxminan XX asrning 20 yillarigacha bo'lgan davr atomlar tuzilishining kashf etilishi bilan bog'liq. Bu davrda moddalarning xossalari atomlar tuzilishi nuqtai nazaridan izohlab berildi: kimyoviy o'zgarishlarning mohiyati aniqlandi-oksidlanish, qaytarilish, ionlanish, elektroliz va boshqa protzesslarning mohiyati oydinlashtirib berildi: yangi atomlar, yangi sun'iy kimyoviy elementlar hosil qilindi va ishlatildi. Atomning ichki energiyasi deb atalgan g'oyat katta energiya manbai topildi.

Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar xar hil idealistik ideyalarni tomirlariga bolg'a urdi va birdan bir to'g'ri, tabiatning mohiyati hamda qonuniyatlarni aks ettiruvchi ideyalarni dialektik-materialistik ideyalarni mustahkamladi.

Adabiyotlar:

1. I. N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966y.

2. Yu. V. Pletner, V. S. Polosin. Kimyo o’qitish metodikasidan praktikum. N. 1981y.

3. I. N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966y.



4. Yosh ximik ensiklopedik lugat. T. 1990y.

5. Yu. V. Pletner, V. Polosin. Kimyo o’qitish metodikasidan praktikum. T. 1981y.
Download 85.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling