Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo


Turli xossali tuzlarning suvli eritmalarida elektroliz hodisalari


Download 451.95 Kb.
bet26/52
Sana28.10.2023
Hajmi451.95 Kb.
#1732194
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org

Turli xossali tuzlarning suvli eritmalarida elektroliz hodisalari

U – simon nay olib, unga CuCl eritmasidan quyamiz. Mis (II)- xlorid tuzi suvda eriganda mis va xlorid ionlariga ajraladi: CuCl Cu +2Cl-

U – simon nayga ikkita elektrod tushiramiz va ularni o`zgarmas tok manbaiga ulaymiz. Bunda elektrodlarning manfiy qutbi katod (K), musbat qutbi esa anod (A) vazifasini o`taydi. O`zgarmas tok manbai go`yoki «elektron nasos» vazifasini bajaradi (akkumulyator yoki o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tok manbaiga aylantirib beruvchi to`g`rilagich). Elektrodlar

o`zgarmas tok manbaiga ulangunga qadar eritmadagi mis va xlorid ionlari tartibsiz harakatda bo`ladi. Elektrodlar tok manbaiga ulangach, ionlarning tartibsiz harakati to`xtab, mis ionlari katod atrofiga, xlorid ionlari esa anod atrofiga to`planadi. Elektronini yo`qotgan mis ionlari elektronning kuchli oqimi ta`sirida katodda elektron qabul qilib qaytariladi:


katodda: Cu +2e-→ Cu (qaytarilish)
Agar eritmadan bitta mis ioni katoddan ikkita elektron qabul qilib qaytarilsa, eritmada ikkita xlorid ionlari zaryadi hisobiga ikkita elektron ortiqcha bo`lib qoladi va ikkita xlorid ioni ikkita elektronni anodga beradi va oksidlanadi:

anodda:
2Cl  2eCl


(oksidlanish)

2
Shunday qilib, tok manbaidan chiqib kelgan elektrodlar yana tok manbaiga (akkumulyator yoki tok to`g`rilagichga) qaytib ketadi, buni uzatgichlarga qo`yilgan ampermetr ham ko`rsatib turadi. Agar elektrodlar tok manbaidan uzib qo`yilsa anodda gaz ajralishi to`xtaydi. Demak, katodda misning qaytarilishi, anodda esa xlorning oksidlanishi



sodir bo`lmaydi. Agar sistemaga yana tok manbaiga ulansa katadda qaytarilish, anoda esa oksidlanish davom etadi.


Elektr toki ta`sirida boradigan oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari - elektroliz deyiladi.

Mis (II) – xlorid tuzini elektrolizning birinchi holi deb qaraylikda moddani tashkil qiluvchi zarrachalarni tahlil kilib ko`raylik – mis metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorida vodoroddan keyinda turadi:


Li K Ca Ba Na Mg Al Mn Zn Fe Cd Co Sn Ni Pb (H) Sb Bi Cu Ag Hg Au
Shunga ko`ra mis elektronini aktiv metallarga nisbatan qiyinlik bilan yo`qotadi va imkon bo`lganda yo`qotgan elektronini osonlik bilan qaytarib oladi. Xlorid ioni esa kislorodsiz kislotaning qoldig`i bo`lib, uning oksidlanishi hakida keyingi hollarda Yana to`xtab o`tamiz va elektroliz jarayonining I – xoli to`g`risida quyidagicha xulosa chiqaramiz:

Download 451.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling